O‘zbeкiston respubliкasi



Download 0,83 Mb.
bet184/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

O‘zgalovchi kategoriyasi. Fe’lga xos shunday grammatik shakllar borki, ular fe’lni kesimlikdan boshqa turkumga (-(a)y, -(i)b, -gach, -guncha, -gancha, -ganda, -gani, -may/masdan shakllari ravishga, -gan, -ayotgan, -adigan/ydigan sifatga, -moq, -ish, -uv otga) xos vazifalarga moslaydi. Shunga ko‘ra, ular uch guruh – ravishdosh, sifatdosh va harakat nomi shakllariga ajratiladi. Bu shakllar fe’lga nutqda o‘zga turkum xossalarini «yopishtirganligi» uchun bir butun holda o‘zgalovchi kategoriyasi atamasi bilan nomlanadi.
Ma’lumki, o‘zgalovchi, garchi bunga o‘zbek tili qurilishida yetarli asos va ehtiyoj bo‘lishiga qaramay, alohida kategoriya sifatida ajratilmagan. Biroq ularning tarkibiy qismlari, ichki shakllari bo‘lgan ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi ayrim manbalarda kategoriya sifatida qaraladi. Shuning uchun turkiyshunoslikda «harakat nomi kategoriyasi», «sifatdosh kategoriyasi», «ravishdosh kategoriyasi» kabi atamani uchratish mumkin. Haqiqatan ham, o‘zgalovchining turlari bo‘lgan bu «kategoriya»lar ma’lum bir umumiy ma’no (ravishdoshda «fe’lni fe’lga bog‘lash va unga ravishlik xususiyatini berish», sifatdoshda «fe’lni otga bog‘lash va unga sifatlik xususiyatini berish», harakat nomida «fe’lga otlik sintaktik va semantik xususiyatlarini berish») va ularning parchalanishini ko‘ramiz. Chunki an’anada grammatik kategoriya «ikki yoki undan ortiq, o‘zaro zidlanuvchi, bir-birini taqozo va o‘z o‘rnida, inkor qiluvchi, bir grammatik ma’no tagida birlashadigan grammatik shakllar tizimi» sifatida ta’riflab kelindi. Bu ta’rifga muvofiq, boshqa kategoriyalar shakllari kabi harakat nomining kamida uchta (-moq, -ish, -uv), sifatdoshning ba’zan uch, ba’zan besh (-gan, -ayotgan, -adigan, -uvchi, -ar), ravishdoshning oltita (-ib, -a/y, -gach, -guncha, -gani, -gach) shakli ajratiladi. Xo‘sh, bular haqiqatan ham tom ma’noda harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh shakllarimi? Buning uchun ular faqat shu turlarga xos UGMni xususiylashtirish, juz’iylashtirish lozim. Masalan, harakat nomi shakllari alohida ko‘rinishlarda uning «ot turkumiga xos bo‘lgan sintaktik va ma’noviy vazifalarni bajarish» UGMsini xususiylashtirganda edi, uni alohida kategoriya sifatida ajratish mumkin bo‘lar edi. Agar ravishdosh, sifatdosh, harakat nomining ma’noviy va vazifaviy jihatlari o‘zlari mansub kategoriyalar (ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi) ning umumiy ma’nosi va sintaktik imkoniyatiga mansub xususiylashma bo‘lmasa, shu bilan birgalikda, o‘z mohiyatiga xos xususiyat bilan emas, balki boshqa, kategoriya ma’nolari tajallisi asosida bir-biridan farqlansa, unda ularning alohida kategoriya ekanligi xususida so‘z yuritish maqbul emas. Chunonchi, sifatdosh shakllari bir-biridan zamon kategoriyasi ma’nosi asosida farqlansa, demak, qayd qilingan shakllar uning alohida shakli emas, balki bir sifatdoshning zamon kategoriyasi ma’nolari asosida farqlanuvchi ko‘rinishi – varianti. Bunday holni ravishdosh shakllarida ham kuzatish mumkin. Chunki ravishdosh shakllarining bir-biridan zamon, tasdiq/inkor, payt, maqsad kabi qator ma’no bilan farqlanishi zamon, tasdiq/inkor, mayl kategoriyalari ma’nosining tajallilanishi evaziga sodir bo‘ladi. Bunday holni boshqa kategoriyalarda ham ko‘rish mumkin. Masalan, (yozay), (yozgin), (yozsin) kabi so‘zshakllardagi grammatik ko‘rsatkich buyruq-istak maylining turli shakllarimi yoki bir shaklning shaxs/son kategoriyasi ma’nosi bilan farqlanuvchi variantlarimi, degan savolga javob aniq. Demak, ayonki, garchi buyruq-istak mayli shakllari qatorida olti va undan ko‘p shakl, aniqrog‘i, ko‘rinish mavjud bo‘lsa ham, ularning har biri mayl umumiy ma’nosini xususiylashtirishga emas, balki uni shaxs-son kategoriyasi ma’nosi bilan murakkablashtirgan holda voqelantirishga xizmat qilayotganligi uchun, aniqrog‘i, shakllar bu mayl uchun substansial bo‘lmagan ma’no asosida farqlanayotganligi uchun buyruq-istak mayli alohida kategoriya sifatida qaralmaydi.
Кo‘rinadiki, ravishdosh, sifatdosh va harakat nomi o‘zaro o‘zgalovchi kategoriyasining «fe’lni boshqa so‘zlarga bog‘lash va fe’lga otga xos vazifalarini berish» UGMsini «fe’lni fe’lga bog‘lash» (ravishdosh), «fe’lni otga bog‘lash» (sifatdosh) va «fe’lga ot vazifasini berish» (harakat nomi) tarzida xususiylashtiradi. Ularning ichki shakllari esa boshqa kategoriyalar ma’nolari asosida farqlanadi va bu tizim (paradigma)lar kategorial ahamiyatga ega emas.
Demak, o‘zbek tilida ravishdosh, sifatdosh va harakat nomi kategoriyalari emas, balki turli ko‘rinishlarga ega bo‘lgan uch shakldan iborat bitta o‘zgalovchi kategoriyasigina mavjud.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish