Obyektga yo’naltirilgan dasturlash.
Visual dasturlash muhiti (Vizual Basic, VBA, Delphi, C++)
Reja
1. Obyektga yo’naltirilgan dasturlash
2. Obyektning metod, xususiyat va hodisalari
3. Visual Basic haqida
80-yillarning o’rtalarida dasturlashda obyekt tushunchasiga asoslangan
yo’nalish paydo bo’ldi. Bungacha katta tizimlarni yaratish imkoniyatlariga
berilganlar va ularni qayta ishlash metodlari umumlashmaganligi chegara qo’yar
edi.
Atrofimizdagi real obyektlar uchta asosiy xarakteristikaga ega: xusuiyatlar,
turli metodlar bilan ushbu xusuiyatlarni o’zgartirish va hodisalarga javob
qaytarish. Dasturlash tillarida ham obyektlar xususiyatlar, ularni qayta ishlash
metodlari va xususiyatlarini o’zgartirishga imkon beradigan hodisalarga ega
ko’rinishda tashkil etiladi.
Obyekt – obyekt ega bo’lishi mumkin bo’lgan xusuiyatlar, ularni va
hodisalarni qayta ishlash metodlari jamlanmasidir.
Xususiyat –obyektni boshqa obyektlardan ajratib turuvchi tavsifidir.