O‘zbeкiston respubliкasi


Fe’lda so‘zshaklning turlari



Download 0,83 Mb.
bet172/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

Fe’lda so‘zshaklning turlari. Fe’lda ham, boshqa turkumda bo‘lgani kabi, so‘zshakllar nol shaklli, sintetik, sintetik-analitik, takroriy ko‘rinishda bo‘ladi.
Nutqda fe’lning moddiy (nol ko‘rsatkichdan boshqa) grammatik shakldan xoli qilingan qismi har doim kelasi zamon, buyruq mayli, aniq nisbat, ikkinchi shaxs, birlik ma’nosini ifodalaydi: bor, kel, o‘qi, yoz, sev, ayt, ishon kabi. Bunday so‘zshakllar nol shaklli deyiladi. Yuqorida aytilganidek, nol shakl masalasi o‘zbek tilshunosligida o‘z yechimini kutayotgan muammolardan.
Grammatik shakli qo‘shimcha tusida bo‘lgan fe’l sintetik shaklli so‘zshakl deyiladi: o‘qiyman, bordim, kelyapman, yozayotirman, shoshib, kelgach, kelgan kabi. Bunda grammatik shakl fe’l o‘zak-negiziga «yopishgan» holda bo‘ladi.
Fe’llar nomustaqil fe’l bilan shakllanganda, albatta, sintetik-analitik ko‘rinishda bo‘ladi. Masalan, o‘qib chiqdi, ayta boshladi, borgan ekan kabi. Bunda ham «yopishgan», ham «ajralgan» grammatik shakl yaxlitlikni tashkil qilganligi uchun u sintetik-analitik shakl atamasi bilan yuritiladi.
Takroriy shakllarni faqat takroriy deyish unchalik to‘g‘ri emas. Chunki bunda takrorlanayotgan fe’l avval sintetik shakl qiyofasiga kiradi, so‘ngra takroriy shaklga aylanadi. Masalan, aytdi-aytdi, o‘qidi-o‘qidi, bordi-bordi kabi. Misol: aytib-aytib charchadi, chopib-chopib o‘ynadi va h.k. Bunda takrorlanuvchi fe’l nisbat, o‘zgalovchi, kesimlik shaklini olgan va undan keyin takrorlangan.
Ayrim manbalarda fe’lning juft so‘zshakl turi ham ajratilib, unga aytdi-qo‘ydi, topshirdi-qo‘ydi tipidagi misol kiritiladi. Bunga qo‘shilib bo‘lmaydi. Chunki juftlanayotgan fe’lning ikkalasi ham mustaqil bo‘lsa va ularning juftlanishidan yangi grammatik ma’no o‘qilsagina, uni so‘zshakllarning juftligi deyishga asos bo‘lar edi. Bunda esa juftlikning ikkinchi qismi ko‘makchi fe’l sifatida grammatik ma’no ifodalash uchungina xizmat qilmoqda.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish