Reja: Yer osti suvlari planetamizdagi mavjud ichimlik suvining asosiy qismini tashkil etadi. V.V.Vernadskiyning taxminicha, yer qobig‘idagi (yer sathidan 16 km chuqurlikdagi) yer osti suvlarining miqdori 460 mln km3 ni tashkil etadi. Golland olimi Vonxonsning ta’kidlashicha, yer qobig‘idagi yer osti suvlarini Yer shari yuzasiga chiqarilsa, 90 m qalinlikdagi suv qatlami hosil bo‘ladi. Fransuz mutaxassisi Rene Koyanining ko‘rsatishicha, yer bag‘riga qazib tushilgan burg‘i quduqlarining chuqurligicha bo‘lgan tog‘ jinslarining g‘ovaklarida 8 mln km3 hajmdagi suv mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |