O‘zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/176
Sana08.02.2022
Hajmi2,55 Mb.
#435907
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   176
Bog'liq
26 Zhismoniy madaniyat tarihi va sportni bosharish Zhumanov O S 2

Istmiya 
o‘yinlari
dengiz 
hukmdori 
Poseydon 
xudosiga 
bag‘ishlangan. Bu o‘yinlar miloddan avvalgi 572-yildan boshlab har ikki 
yilda bir marta – olimpiada yilining birinchi va uchinchi yillari – bahorda 
Korinfda o‘tkazilgan. Istma o‘yinlari dasturi yugurish, kurash, qo‘l jangi, 
pentatlon, pankration, ot arava poygalari va ot poygalari bo‘yicha 
musobaqalardan iborat bo‘lgan. Bundan tashqari musiqa dasturi bo‘yicha 
nay va kifara cholg‘u ijrochilarning chiqishlari namoyish qilingan. Korinf 
shahri boy va badavlat bo‘lganligi sababli Istma bayramlari katta tantanalar 
bilan tashkil qilingan. Istma o‘yinlari g‘oliblari qarag‘ay daraxti 
novdalaridan yasalgan gulchambar bilan taqdirlangan va she’rlarda 
sharaflangan. Miloddan avvalgi 228-yildan boshlab O‘yinlarda rimliklar 
ham ishtirok etgan. 
Qadimgi olimpiya o‘yinlarining ta’qiqlash sabablari xristian dinining 
vujudga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan. 394-yilda Rim imperatori Feodosiy I 
xristianlikni majburiy joriy etib, ko‘p xudoliklar bayramlarini man etish 
to‘g‘risida farmon chiqargan. Feodosiy II muqaddas Olimpiya shahriga o‘t 
qo‘yib, yondirib yuborishga buyruq bergan. Qadimgi davrda jami 293 ta 
olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan. Olimpiya o‘yinlari 12 asr davom etgan. 
“Qadimgi Olimpiya o‘yinlari to‘rt yilda bir marta ming yildan ortiq 
muddat davomida (eramizdan 776 yil avval va eramizning 260-yillari 
oralig‘ida) Elidaning Olimpiya shahrida o‘tkazilgan. Ular, ayrim tanaffuslar 
bilan eramizning 393-yiliga qadar, xristian diniga mansub bo‘lgan 
imperator Feodosiy boshqa bayramlarni, jumladan O‘yinlarni man 
qilguniga qadar davom etgan. Ular, qadimgi Yunonistonda yagona 
bo‘lmagan, u yеrda Pifiya o‘yinlari, Nemeya o‘yinlari va Istmiya o‘yinlari 
hamda kichik tadbirlar o‘tkazilgan, lekin Olimpiya o‘yinlari eng asosiy va 
davomiyligi bo‘yicha uzoq muddatli bo‘lgan. Ushbu o‘yinlarning barchasi, 
xarakteri bo‘yicha ilohiy va diniy hisoblangan, Apollon va Poseydon kabi 
xudolarga ma’qul bo‘lish uchun o‘tkazilgan, Olimpiya o‘yinlari esa, Zevs 
xudosiga bag‘ishlangan. Ular, Qadimgi dunyo mo‘jizalaridan biri 
hisoblangan, oltindan, kumushdan va fil suyagidan ishlangan 40 futlik 
haykali o‘rnatilgan Zevs ibodatxonasi oldidagi joyda o‘tkazilgan. 
Musobaqalar ishtirokchilari, ularning murabbiylari va hakamlar haykal 
oldida turib barcha o‘rnatilgan qoidalarga rioya qilishga qasamyod 


88 
qilishgan. Haykal oldida buqalarni qurbonlik qilishgan va g‘oliblar 
taqdirlangan. O‘yinlarni minglab tomoshabinlar ko‘rgan. 
16 
Dastlab, 190 metrga bir martalik yugurish tashkil qilingan, lekin sekin-
asta dastur kengaytirilgan va sportning ko‘proq turlarini o‘z ichiga olgan: 
yugurishdagi bellashuvlar, boks, kurash, pankration (qurolsiz qo‘l jangi) va 
beshkurash (disk uloqtirish, nayza uloqtirish, sakrashlar, yugurish va 
kurash). Mifologik sport turlaridan farqli ravishda jamoaviy o‘yinlar 
bo‘lmagan. O‘n to‘qqizinchi asrda O‘yinlar havaskorlik xarakteriga ega 
bo‘lmagan – qadimgi rimliklar bunday konsepsiya to‘g‘risidagi 
tushunchaga ega bo‘lmaganlar. G‘oliblarga beriladigan mukofotlar katta 
miqdorda berilgan. Pullik taqdirlashlar, subsidiyalar va sovg‘a-salomlar 
odatiy bo‘lgan va Olimpiya o‘yinlarida g‘alaba qozonish siyosatda kar'erani 
muvaffaqiyatli boshlash uchun platforma bo‘lib xizmat qilishi mumkin 
bo‘lgan.
Ekspertlarning fikrlari, O‘yinlardagi g‘alaba uchun moddiy rag‘batlar 
masalasida har xil bo‘lgan. Agarda, bevosita mukofotlar oliva daraxti 
gulchambari bilan chegaralangan bo‘lsa, g‘oliblar uylariga qaytishganida 
naqd pul va imtiyozlar bilan taqdirlanishgan, deb hisoblash qabul qilingan. 
Yang kabi ayrim tadqiqotchilar, barchasi konkret holatga bog‘liq bo‘lgan, 
deb hisoblashadi, Pleket kabi boshqa mutaxassislar Eesa, qadimgi 
O‘yinlarning ancha keyingi Eerasida mumkin bo‘lganligini ta’kidlashadi.
Uchinchilari, o‘sib borayotgan professionalizmni Rimga taalluqli 
deyishadi. Dalillar chegaralangan va kam. Ayrim bellashuvlar bizga o‘ta 
qattiqdek tuyuladi. Kurash, ko‘pincha ishtirokchining birini o‘limiga qadar 
davom etgan. 
Musobaqalar Qadimgi Gretsiyadagi harbiy va jangovar madaniy 
muhit kontekstida harbiy tayyorgarlikning oqibati sifatida yuzaga kelgan. 
O‘yinlar qancha davom etishi kerak bo‘lsa, shuncha davom etgan, xuddi 
qadimdagidek, olimpiya tinchligi tamoyili bilan urushlar to‘xtatilgan paytda 
o‘tkazilgan. Buni, musobaqalar ishtirokchilari va tomoshabinlarni xavfsiz 
harakat qilishlari talab qilgan. Tinchlik tamoyili O‘yinlar davom etguniga 
qadar, boshqa mamlakatlarni Elidaga hujum qilishi man etilgan. Shu usulda, 
Elida qo‘shni mamlakatlar hujumidan himoya qilingan. Tinchlik urushlarni 
oldini olmagan, lekin u, Olimpiya o‘yinlarini urushning buzg‘unchilik 
kuchidan himoya qilgan.
17 
16
John Horne, Garry Whannel. Understanding the Olympics. Taylor-Francis Group. London-New 
York, 2012.- 67 p. 
17
John Horne, Garry Whannel. Understanding the Olympics. Taylor-Francis Group. London-New 
York, 2012.- 67 p. 


89 
Yunon shahar-davlatlarining iqtisodiy va siyosiy tizimi quldorlikka va 
patriarxal tuzumga asoslangan. Ular, uncha katta bo‘lmagan, hokimiyati va 
gullab-yashnashi tutqun mehnatga asoslangan, zodagon erkaklar guruhi 
tomonidan boshqarilgan.
Ko‘pchiligi qul bo‘lgan ayollar siyosiy huquqqa ega bo‘lishmagan. 
Hattoki, Afinada eng sezilarli bo‘lgan demokratiyaning murakkab shakllari 
rivojlana boshlaganda ham tutqunlik mehnatiga tobe’lik davom etgan. 
O‘yinlarda faqatgina erkin erkaklar ishtirok etgan, ayollarning tomoshabin 
bo‘lishi ham man etilgan.. Shunga qaramasdan, Gera xudosiga 
bag‘ishlangan ayollar musobaqalari ham o‘tkazilgan.
18 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish