YUGURISH TURLARIGA XAKAMLIK QLISH .
YUgurish va yurish bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazish uchun starterlar: marradagi hakamlar, vaqt o‘lchovi hakamlar masofadagi hakamlar, sportcha yurish texnikasi bo‘yicha hakamlar guruxlari tashkil etiladi.
Startda ishlash uchun hakamlar tuzilib, ularning tarkibidan har bir masoqa startiga asosiy starter, 200,400, barerlar osha 400 masofalarga faletartlar bo‘yicha bir yoki bir necha qo‘shimcha hakamlar, 4 x 100, 4 x 200, 4 x 400 estafetali yugurishda – ikki nafardan kam bo‘lmagan shunday hakamlar, bir yoki bir necha starter yordamchisi belgilanadi.
Asosiy starterning vazifasi shunday start berishdan iboratki, bunda ishtirokchilarning hech biri start signalidan avval yugurishini boshlamasin. U:
- hamma startdagilar o‘ziga yoqqan ko‘rinadigan, o‘zi esa vaqt o‘lchovchi hakamlarga eng yaxshi ko‘rinadigan joyni tanlashi;
- har bir startdan avval marradagi, fotomarradagi hakamlar va vaqt o‘lchovchilarning tayyorgarligiga ishonch hosil qilishi;
- ishtirokchilar start joyini tayyorlashga qoidadagidan (2 daqiqa) ortiq vaqt sarf qilmasliklarini kuzatib turishi;
- ishtirokchilarning startda to‘g‘ri holatda turganliklarini tekshirish;
- start komandalari va yugurishni boshlash uchun to‘pponchadan otib yoki ovoz bilan berilgan signallarni bayoroqni sikitish bilan borobar berishi kerak.
Alohidan yo‘lkalardan sportchilarga komanda berish uchun har bir alohida yo‘lkachada ovoz kuchaytirilgan ma’qulroq.
Start bilan bog‘liq barcha masalalarni starterning o‘zi shaxsan hal qiladi, falstart holatida qo‘shimcha qo‘shimcha starter tomonidan yugurishning to‘xtatilishi bundan mustasno (agar yugurishning qaytishi haqidagi signal asosiy starter tomonidan berilmagan bo‘lsa).
Asosiy starter o‘z kiyimining rangi bilan boshqa hakamlardan ajralib turishi hamda startda yuguruvchi guruxlar hakamlarlariga yaqqol ko‘rinib turishi zarur.
Agar ishtirokchidan birortasi start signalidan avvalroq start olgan bo‘lsa, asosiy starter va qo‘shimcha starterlardan biri ularga to‘xtash va avvalgi joyiga qaytish uchun signal berishi lozim.
Qo‘shimcha starter (falstartlar bo‘yicha) startdagi ishlarni tashkil qilishga yordam beradi, sportsining startda to‘g‘ri holatda turishlarini tekshiradi, vaqtdan oldin start olish (falstart) holati yuz berganda, agar asosiy starter signal bermagan bo‘lsa, o‘q otib yoki ovoz bilan o‘zi signal beradi.
Startyor yordamchisi
- startdagi zarur bo‘lgan jihoz va uskunalarning (start kolodkalari yoki stanoklari, estafeta tayoqchalari va b.) mavjudligini avvldan tekshirib qo‘yadi;
- poyga qatnashchilarining kelgan kelmaganligini, ism – shariflarini solishtirib, raqamlarni to‘g‘ri joylashtirilganliklarini – birini ko‘prikka, birini orqaga qadash kerak – ko‘rib aniqlaydi va start bayonnomasiga kelganligi haqida belgi qo‘yadi.
Zarur bo‘lganda, poyga ishtirokchilari orasida startdagi joyni yoki yo‘lakni aniqlash uchun qur’a tashlash o‘tkaziladi.
Start berilguniga qadar marraga, fotomarraga ishtirokchining kelmaganligi haqida xabar beradi. Har bir ishtirokchini chaqirib, kerakli yo‘lakchaga yoki yig‘ioish chizig‘iga yo‘llaydi.
Start bayonnomasi yozib boradi unda starterning ishtirokchilar tomonidan nizom buzilganligi haqidagi barcha ogoxlantirishlar va qarorlari aks etadi; musaboqa vaqtida yoki navbatdagi turning so‘nggi startidan keyin esa darhol start guruxning hamma a’zolari imzolagan start bayonnomasini kotibga topshiradi.
Starter yordamchisi bo‘lmagan hollarda uning vazifasini qo‘shimcha starter bajaradi.
Asosiy va qo‘shimcha starterlar, odatda, starterlar hay’ati tarkibidagi haqamlardan tayinlanadi.
YENGIL ATLETIKA MUSOBAQALARINI TASHKIL ETISH VA O’TKAZISH
REJA:
1. Yengil atletika musobaqalari haqida umumiy qoidalar.
2. Musobaqada qatnashuvchilar.
3. hakamlar hay`ati.
4. YUgurish va yurish musobaqa qoidalari.
5. Sakrash musobaqasi bo’yicha musobaqa qoidalari.
6. Uloqtirish musobaqasi bo’yicha musobaqa qoidalari.
7. Ko’pkurashlar bo’yicha musobaqa qoidalari.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. R. Islomov. «Yengil atletika musobaqa qoidalari» o’zdavnashr. Toshkent 1961 yil.
2. V. I. Laxov. «Organizatsiya i sudeystvo po legkoy atletike», «FIS» Moskva 1989 yil.
3. N. G. Ozolin, V. I. Voronkina. «Legkaya atletika». Moskva 1989 yil.
Yengil atletika musobaqalarini quyidagi tashkilotlar tashkil qilishi va o’tkazishi mumkin. Davlat tomonidan (jismoniy madaniyat sport qo’mitalari, sport maktablari, matbuot uyushmalari va muassasalar tomonidan). Jamoatchilik tomonidan (sport klublar, havaskorlik sport jamiyatlari va sport uyushmalari tomonidan). Bu musobaqalar yillik taqvim (kalendar) rejalardan kelib chiqqan, yuqori tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan jismoniy madaniyat va sport tadbirlari o’tkaziladi.
Musobaqa o’tkazuvchi tashkilot, (MUT, OPS) musobaqa nizomini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Ularni o’tkazish sharoiti, joyi va vaqtini aniqlaydi.
Nizom ishlab chiqilib, bir qancha yosh yillik davrda bo’ladigan taqvim musobaqalar bilan qiziqadigan tashkilotlarga musobaqalarning tayyorgarligini va uzluksiz o’tkazilishini topshirishi mumkin. Masalan, Davlat sport qo’mitasi, musobaqalarni rejalashtirgan holda viloyat sport qumitalariga ularning tayyorgarligi va o’tkazilishini topshirish mumkin: Viloyat sport qo’mitasi - shaharlar sport ko’mitasiga hokazo. Sport qo’mita yoki viloyat jamoatchiligi MUT nomidan chiqib musobaqalar boshlangunga qadar tayyorgarliklarni ko’radi: musobaqalarni o’tkazilishida javobgar shaxslar tayinlanadi, yuqori darajadagi musobaqalar uchun esa tashkiliy qo’mitalar tuziladi. Ko’p hollarda tashkiliy qo’mita mahalliy hokimiyat o’rinbosari vasifasini boshqaradi. Xizmat qilish va tashkillashtirishda har xil vakillar uning tarkibiga kiradi. Sport bazalarini tayyorlanishiga javobgarlik tibbiy xizmat ko’rsatish uchun javobgarlik, mahalliy transport vositalaridan va ovqatlanish bilan ta`minlash, temir yo’l va avia chiptalari, ishtirok etuvchilarning joylashishi, ma`naviy-ma`rifiy va targ’ibot tadbirlari va hokazo.
Tashkiliy qo’mitaning tarkibida ichki ishlar nazorati va bosh xakam faoliyat ko’rsatishi shart. Musobaqa boshlanishidan bir necha oy oldin bosh hakam tayyorgarlik ishlarini boshlaydi. Bosh hakam nomzodligini hakamlar kollegiyasi prezidiumi tavsiya qiladi: u jismoniy madaniyat va sport qo’mitasi tomonidan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Bosh hakam milliy kollegiya prezidiumi bilan hamkorlikda bosh hakamlar tarkibini BXT (GSK) aniqlaydi va tasdiqlaydi, bir oz o’tib musobaqa o’tkazuvchi va taalluqli bo’lgan hamma hakamlar tarkibini aniqlab tasdiqlaydi.
Musobaqaning tayyorgarlik jarayonida BXT qoidasiga muvofiq MUT bilan hamkorlikda qatnashuvchilarni mandat tarkibidan va hakamlarning yuqori pog’onadagi musobaqalarda esa Doling nazorati o’tkazish amallarga oshiriladi. Bu holatlarda MUT tashkiliy va xo’jalik ishlarini: texnik vositalaridan foydalanish va jihozlash, aloqa bo’limi, hujjatlarni pechat qilish va ko’paytirish hamda transport vositalaridan foydalanishni o’z zimmasiga oladi.
MUT BXT bilan hamkorlikda musobaqaning tantanali ochilishini va yopilishini, yakka va komanda g’oliblarini taqdirlash, ularga jeton, medal, yorliq va diplomni taqdirlovchi (urush veterani, xizmat ko’rsatgan jismoniy madaniyat xodimi) «xizmat ko’rsatgan xakam», «xizmat ko’rsatgan sportchi» va xokazo shaxslarni tayyorlash.
hakamlar tarkibi bilan MUT hamkorlikda sport bazalarining tayyorgarligini nazorat ostiga olib va musobaqani o’tkazishdan oldin sport jihozlarini tayyorgarligini tekshiradi.
Sportchilarni tibbiy ko’rik nazoratini mahalliy tbbiy qo’rik tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil qilishni amalga oshirish lozimdir. Tomoshabin va ishqibozlarni jalb qilish maqsadida MUT targ’ibot va tashviqot ishlarini o’tkazadi: rangli afishalar, maxsus oynomalarda chop etilish, radio va televideniyada e`lon qilish, dasturlarni tarqatish, xotirali znachok, vempel, har xil suvenirlarni (shu bilan birgalikda savdo tarmoqlarida realizatsiya qilish) chiqarish.
MUSOBAQA HAQIDAGI NIZOM
har bir musobaqa shu musobaqani o’tkazayotgan tashkilot tomonidan
tuzib tasdiqlangan nizomga muvofiq o’tkaziladi.
Nizom musobaqada qatnashuvchi tashkilotlarga o’z vaqtida yuborilishi
lozim, toki bu tashkilotlar musobaqada qatnashish uchun zarur
tayyorgarlik ko’rish imkoniyatiga ega bo’lsin.
Musobaqa haqidagi nizom turlicha talqin etilmasligi uchun mukammal
bayon qilinib, quyidagi bo’limlarni o’z ichiga olishi lozim:
a) musobaqaning maqsad va vazifalari;
b) musobaqa o’tkaziladigan joy va vaqt;
v) musobaqaga rahbarlik qilish;
g) qatnashuvchi tashkilotlar va musobaqa ishtirokchilari;
d) programma;
e) shaxsiy va komanda birinchiligini belgilash tartibi va shartlari
(zachyot va baxolash sistemasi);
j) mukofotlash;
z) tashkilot va ishtirokchilarni qabul qilish shartlari;
i) zayavkalarni topshirish muddati va shartlari.
4. Nizomda ko’rsatilgan talablar musobaqa qodalariga zid bo’lmasligi kerak.
MUSOBAQALAR XUSUSIYATI
Musobaqalar o’z xususiyatlariga qarab shaxsiy musobaqalar, komanda
musobaqalari va shaxsiy-komandalar musobaqalariga bo’linadi.
Agar musobaqaning texnik natijalari har bir ishtirokchi (yoki
estafeta komandasi yoki patrullar komandasi) hisobiga kiritilib va
shu musobaqada uning o’rni belgilansa, bunday musobaqani shaxsiy
musobaqa deyiladi.
Ayrim ishtirokchilarning va estafeta komandalarining texnik
natijalari yaxlit komanda hisobiga kiritilib va bu musobaqada
komandaning o’rni belgilansa buni komanda musobaqasi deyiladi.
Agar texnik natijalar har bir ishtirokchi hisobiga alohida, hamda
yaxlit komanda xisobiga kiritilsa va bu komandaning musobaqadagi
o’rni belgilansa, uni shaxsiy - komanda musobaqasi deyiladi.
har bir musobaqaning xususiyati ana shu musobaqa haqidagi nizomda
ko’rsatiladi.
MUSOBAQA TURLARI
Musobaqalar klassifikatsiya, razryad, tenglashtirish (gandikap) musobaqalari sifatida o’tkazilishi mumkin.
1. Klassifikatsiya musobaqasi sportchilarga razryad normativlarini
bajarish, sport razryadini tasdiqlash yoki ko’tarish imkoniyatlarini
berish maqsadida o’tkaziladi.
ESLATMA: Ishtirokchilar klassifikatsiyasi ularning har qanday musobaqalarda erishgan natijalariga qarab ham belgilanishi mumkin.
2. Razryad musobaqasi muayyan sport razriyadiga ega bo’lgan sportchilar uchun
o’tkaziladi. Razryad musobaqasi o’tkazilayotganida:
a) ishtirokchilarning razryadi butun ittifoq yagona sport
klassifikatsiyasiga muvofiq musobaqa o’tkazilayotgan yilning 1 yanvariga
belgilanadi;
b) yuqori razryadli yengil atletlarga qo’yi razryadli yengil atletlar
musobaqalarida qatnashishga ruxsat etilmaydi;
v) qo’yi razryadli yengil atletlar esa razryadi o’zidan biroz yuqori bo’lgan yengil atletlar musobaqalarda qatnashishlari mumkin. Masalan, 3 razryadlilar 2 razryadli sportchilar musobaqalarida qatnasha oladilar.
3. Tenglashtirish (gandikal) musobaqalari kuchlari turlicha bo’lgan ishtirokchilar uchun ularning imkoniyatlarini bir-biriga moslab o’tkaziladi. «Tenglashtirish» musobaqalari o’tkazilayotganda:
a) musobaqaning shu nomerida kuchliroq bo’lgan ishtirokchilar
kuchsizroq ishtirokchilarga qandaydir baravarlashtirish (fora)
beradilar. Berilga fora kuchsizroq ishtirokchilarning g’alabaga erishishi
imkoniyatini boshqalarniki bilan taxminan tenglashtirishi lozim:
b) yugurish va yurish musobaqalarida tenglashtirish bir necha metr
(uzunroq distantsiyalarda tenglashtirish bir necha sekund va minutlar
yuzasidan) amalga oshirilib, kuchsizroq ishtirokchi bosib o’tadigan
distantsiya qisqartiladi. Masalan, 100 metrga yugurish musobaqasida
kuchliroq ishtirokchilar bu distantsiyani to’la bosib o’tadilar,
kuchsizroqlar esa undan kamrog’ini (bittasi 95 metr, ikkinchisi 92 metr
va hokazo) bosib o’tadilar. Bunda hamma ishtirokchilar o’zlari uchun
(tenglashtirishga muvofiq) belgilangan joydan ayni bir vaqtda start
qiladilar:
v) sakrash va uloqtirish musobaqalarida tenglashtirish (fora) biroz
kuchsizroq ishtirokchilarga bir necha santimetr yoki metrdan berilib
ishtirokchining musobaqada erishgan ko’rsatkichlariga qo’shiladi.
Erishilgan natija va foradan iborat yig’indi so’nggi shartli natijani
ko’rsatadi. Musobaqa ishtirokchilarining olgan o’rni shunga qarab
belgilanadi;
g) har bir ishtirokchi uchun tenglashtirish miqtsori musobaqada bir
kun oldin, hakamlar kollegiyasi tomonidan belgilanadi. Bunda shu yilgi
mavsum musobaqalarda qatnashuvchilar erishgan zayavkada ko’rsatib
qo’yilgan yutuq natijalariga amal qilinadi;
d) musobaqa kuni har bir qatnashuvchi uchun belgilangan
tenglashtirish chegini o’zgartirib bo’lmaydi;
e) agar ikki va undan ko’proq qatnashuvchining musobaqada erishgan
so’nggi natijalari bir xil bo’lib qolsa, tenglashtirish miqdorn
kamroq bo’lgan sportchi eng yaxshi o’rinni egallagan qisoblanadi.
4. YUqori pog’onadagi musobaqalarda eng kuchli sportchilarni tanlab olib asosiy musobaqalar qatnashuvchilari safiga qo’shishi va ularning har birini shaxsiy birinchilikda egallagan o’rnini belgilash maqsadida kvalifikatsiya musobaqalari o’tkaziladi.
Asosiy (keskin) musobaqalarda ishtirok etganlarning kvalifikatsiya
musobaqalarda erishgan natijalari (shu jumladan balandlikka sakrash
hamda shest bilan sakrash natijalari ham) shaxsiy birinchilikni belgilashda hisobga olinmaydi.
Eng kuchli qatnashuvchilar safiga kirmay qolgan sportchilar orasida (komanda hisobi uchun) o’rinlar klassifikatsiya musobaqalari natijalariga qarab belgilanadi. Kvalifikatsiya musobaqalari faqat sakrash va uloqtirishdan o’tkaziladi.
Kvalifikatsiya musobaqalari qatnashuvchilaridan shu musobaqa
nizomiga muvofiq kvalifikatsiya normasini bajargan ishtirokchilargina yoki nizom shartiga muvofiq miqdordagi qatnashuvchilargina asosiy musobaqalarga kiritiladi.
ESLATMA: Balandlikka sakrash va shest bilan sakrash bo’yicha kvalifikatsiya musobaqalari o’tkazilayotganida kvalifikatsiya normasi shu musobaqani o’tkazayotgan tshkilot tomonidan belgilanadi. Kvalifikatsiya musobaqasida ham, shuningdek, asosiy musobaqada bosh hakami tomonidan belgilanadi va ishtirokchilarga oldindan e`lon qilinadi. qatnashuvchilar belgilangan normativni bajarishlari bilanoq kvalifikatsiya musobaqasi tuxtatiladi. Ishtirokchilardan birortasi ham kvalifikatsiya musobaqalaridan ozod qilinmaydi.
MUSOBAQA NATIJALARINI BAHOLASH
SHaxsiy - komandalar musobaqalarini o’tkazganda komandalarning
olgan o’rnini aniqlash uchun (shuningdek ko’pkurash bo’yicha
o’tkaziladigan musobaqalarda ham) ayrim ishtirokchilarning erishgan
natijalari programmaning har bir nomeriga qarab baholanadi.
Erishilgan natijalarni baholash yengil atletika joriy jadvali
bo’yicha odatda ochkolar bilan baholansa-da, baholashda boshqa
sistemalardan foydalanish (masalan, egallangan o’rinlar) ga qarab
boshlash ruxsat etiladi.
har bir musobaqa nizomida qanday baholash sistemasi qabul qilinishi albatta ko’rsatilishi lozim.
SHaxsiy-komandalar musobaqalarida natijalar jadvali bo’yicha baholaganda erishilgan eng yaxshi natijalar komanda birinchiligi uchun sinov hisoblanadi. Garchi bunday natija klassifikatsiya musobaqalarida dastlabki musobaqalarda yoki final musobaqalarda ko’rsatilgan bo’lsa ham hisobga olinaveradi.
Komandalar musobaqalarida va match uchrashuvlarida bir xil natijalarga erishilsa va bu natijalar o’rinni belgilash uchun qo’shimcha musobaqalar o’tkazishni talab qiladigan darajada bo’lsa ham (qaytadan yugurish, sakrash va hokazo) qo’shimcha musobaqalar o’tkazilmaydi va o’rtadagi o’rinlar ochkolar teng bo’linadi.
MUSOBAQALARNI BEKOR QILISH
1. Musobaqa o’tkazayotgan tashkilot musobaqaning bir yoki bir necha turni, yoki programmaning hammasini bekor qilishga haqli.
ESLATMA: musobaqa o’tkazuvchi tashkilot o’z fikrini bosh hakamga yozma hoda bildirishi kerak.
2. Musobaqani bekor qilish, uning boshlanishini kechiktirish. Boshlangan musobaqani to’xtatish yoki vaqtincha tanaffus e`lon qilish musobaqa bosh hakamining ixtiyorida bo’ladi va qo’yidagi hollarda amalga oshiriladi:
a) agar musobaqa o’tkaziladigan joy noqulay yoki tayyorlanmagan
bo’lsa;
b) agar asbob-anjomlar yoki invertar bo’lmasa, yoki bunday narsalar
yo buzilgan bo’lsa;
v) agar musobaqalarning o’tkazilishiga ob-havo sharoiti imkon
bermasa, qorong’i tushib qolsa yoki musobaqaning normal borishiga xalal
beradigan boshqa sabablar bo’lsa;
g) agar meditsina xodimlar bo’lmasa;
d) agar programmaning ayrim nomeri bo’yicha o’tkaziladigan
musobaqa startiga zayavkada ko’rsatilgan qatnashuvchilardan faqat
bittasigina chiqqan bo’lsa.
ESLATMA: Agar programmaning bu nomeri komanda birinchiligi uchun sinov hisoblansa, qatnashuvi bitta bo’lganida ham musobaqa o’tkazilaveradi. Bunday holda qatnashuvchi erishgan natija komandaga hisoblanib, shaxsiy birinchilik o’ynalgan hisoblanmaydi.
ARIZA VA SHIKOYATLAR
qatnashuvchilar yoki komanda vakillarida musobaqalarning to’g’ri olib
borilayotganiga shubha yo biron savol tug’ilsa, shuningdek qatnashuvchilar
yoki vakillarning fikricha, ayrim hakamlarning qarorlari noto’g’ri deb
topilsa, komanda vakillari hakamlar kollegiyasiga ariza va
shikoyatlar bilan murojaat qilishlari mumkin.
Vakil arz qilishga sabab bo’lgan hodisani musobaqa davomida
hodisadan keyingi 15 minut mobaynida og’zaki tarzda bildiradi. Ariza
bilan bosh hakamga yoki uning o’rinbosarlariga murojaat qilishi
lozim. Ariza agar og’zaki arz darhol hal qilinmasa yoki bu masalani
qo’shimcha ravishda ko’rib chiqilishi lozim bo’lsa, vakil o’zining
shikoyatini yozma holda dalillar bilan asoslab topshirishi kerak.
3. SHikoyatlar musobaqalarning shu turi tamom bo’lganidan keyingi bir soat mobaynida shu kungi musobaqa natijalarini hal qiladigan hakamlar kollegiyasi majlisi boshlanmasdan topshirilishi lozim.
4. hakamlar kollegiyasi og’zaki bayonotni tezlik bilan hal qilishi lozim. YOzma shikoyatni darhol hal qilish imkoni bo’lmasa, majlisda muhokama qilishi mumkin.
ESLATMA: YAkkama-yakka yugurish yoki yarim final o’yinlari o’tkazilishi haqida arz yoki shikoyatlar tushsa, uni keyingi davra boshlanguncha hal qilmoq lozim. Agar masalani darhol hal qilish imkoniyati bo’lmasa, shikoyat topshirgan qatnashuvchilar kelgusi musobaqaga shartli ravishda qo’yilishi mumkin. SHikoyat bo’yicha hal qilingan masala bosh hakamning yo uning o’rinbosarining yozma qarori yoki hakamlar kollegiyasi majlisining protokoli bilan rasmiylashtiriladi.
5. Sportchining musobaqada qatnashish huquqiga yo uning u yoki bu komandaga mansub ekanligi masalasiga oid arz va shikoyatlar mandat komissiyasiga yoki shu musobaqa o’tkazayotgan tashkilotga berilishi kerak.
MUSOBAQADA QATNASHUVCHILAR.
qatnashuvchilarning yoshi.
1. Musobaqada qatnashuvchilar yoshiga qarab qo’yidagi gruppalarga bo’linadi:
o’spirinlar gruppasi
(13 va 14 yoshdagi qiz va o’g’il bolalar)
kichik yoshdagi usmir va qizlar gruppasi
(15 va 16 yoshdagi qiz va o’smirlar)
katta yoshdagi yigit va qizlar gruppasi
(17 va 18 yoshdagi qiz va yigitlar)
Kattalar gruppasi
Asosiy gruppa
19 dan 35 yoshgacha bo’lgan ayollar
19 dan 40 yoshgacha bo’lgan erkaklar
Katta yoshdagilar gruppasi
36 yoshda va undan katta bo’lgan ayollar.
41 yoshda va undan katta bo’lgan erkaklar.
Bolalar va o’smirlar gruppalaridagi qatnashuvchilarning yoshi tug’ilgan
yiliga qarab (tug’ilgan kuni e`tiborga olinmaydi) belgilanadi.
Katta yoshdagi yigit va qizlar musobaqalarida kichik yoshdagi qiz va
o’smirlar gruppasiga, shuningdek kichik yoshdagi usmir va qizlar
musobaqalarida katta yoshdagilarga qatnashish ruxsat etilmaydi.
Ayrim hollarda vrach, trener va musobaqa o’tkazayotgan tashkilot
rahbarlarining ruxsati bilan kichik yoshdagi qiz va o’spirinlar katta
yoshdagi qiz va yigitlar musobaqalarida va shuningdek katta yoshdagi qiz
va yigitlar kattalarning musobaqalarida qatnashishlari mumkin.
Katta yoshdagi erkak va ayollarning asoaiy gruppa sportchilarining
musobaqalarida katnashishga ruxsat etiladi. Bunday hollarda
erishilgan natijalar faqat asosiy gruppa komanda birinchiligi
hisobiga o’tadi. (Bunda ular katta yoshdagilar gruppasida shaxsiy
birinchiligi uchun kurushish xuquqini yo’qotmaydilar. )
QATNASHUVCHILARNI MUSOBAQALARGA QO’YISH VA TALABNOMALAR
1. Katnashuvchilar musobaqalarga musobaqa nizomida belgilangan muddatlarda ishtirokchi tashkilotlar topshirgan talabnomalar asosida quyiladi.
Talabnomalar musobaqalar to’g’risidagi nizomga va ushbu qoidalarning
talablariga moslashtirib yozilishi kerak.
SHaxsiy talabnoma formasiga (3-ilovaga qarang) binoan hamma
grafalar to’lg’azilishi shart. Bu shartga rioya qilinmasa hay`atlar
kollegiyasi talabnomalarni qabul qilmasligi kerak.
Musobaqalarga yangi qatnashuvchilarni qo’yishni nazarda tutadigan
qo’shimcha talabnomalar shaxsiy talabnoma formasida (3-ilovaga
qarang) topshiriladi.
Talabnomaga kiritilgan musobaqa qatnashuvchilari o’rtasida
taqsimlangan programma nomerlarining joylashish tartbini
o’zgartirish lozim bo’lib qolgan taqdirda alohida formada yangidan
talabnoma qilinadi. (4-ilovaga qarang).
qo’shma va yangidan talabnoma programmaning shu nomeriga oid
musobaqalar boshlanishidan kamida 1 soat oldin topshirilishi lozim.
ESLATMA: Bosh hay`atga musobaqalar boshlanguncha qo’shimcha talabnoma va yangidan talabnomalar berish muddatlarini belgilash huquqi beriladi.
Musobaqalarga zarur tayyorgarlikni o’tgan vrach - fizkul’tura
dispanserlari, vrach kontroli kabinetlari yoki boshqa davolash
profilaktika musobaqalarining meditsina nazorati ostida bo’lgan
kishilargini qatnasha olishi mumkin.
Musobaqa qatnashchilari musobaqalarda ishtirok etishi uchun vrachdan
ruxsat olishi kerak. SHaxsiy talabnomaning har bir qatnashuvchi
familiyasi qarshisiga qo’yilgan vrach imzosi va pechati bo’lishi yoki
belgilangan nusxada shaxsiy spravka vrach ruxsatini tasdiqlovchi
hujjat hisoblanadi.
MUSOBAQA QATNASHCHILARINING VAZIFALARI
VA HUQUQLARI
qatnashuvchi o’zi qatnashayotgan musobaqa to’rini o’tkazish qoidalari,
nizomi va barcha shartlarini bilishi lozim.
qatnashuvchi nizomni buzsa va adabsizlikka yo’l qo’ysa
ogohlantiriladi. Agar bunday hol qaytarilsa, qatnashuvchi musobaqadan
chiqarilib yuborilishi mumkin. qatnashuvchi qo’pol va noo’rin
harakatlar qilganda ogohlantirilmasdan musobaqadan chiqarilib
yuboriladi.
Musobaqa qatnashuvchisining yengil atletikaning biror turidan
texnik jihatdan tayyorgarlik ko’rmagani ayon bo’lsa, shu sport to’rining
bosh hay`ati yoki katta hay`at qarori bilan u musobaqadan chiqarilib
yuboriladi.
Musobaqalar bo’ladigan joy qatnashuvchilar hay`at rahbarligida
gruppa-gruppa bo’lib, uyushgan holda keladilar. Musobaqalar
tugagandan keyin ham shu yo’sinda chiqib ketadilar. Agar dastlabki
musobaqa va final musobaqalari ketma-ket o’tsa, dastlabki musobaqalardan tushib qolgan qatnashuvchilar darhol (final boshlangunicha) maydondan chiqib ketishlari kerak.
Musobaqa qatnashchilari hay`atlar chaqirilgan chog’ida qatnashishga
tayyor turishlari lozim. qatnashuvchi sakrash va uloqtirish
musobaqalarida tayyor bo’lib turmasa, navbatdagi chiqishda mahrum
qilinishi mumkin.
qatnashuvchi yugurish va sakrash yo yugurish va uloqtirish
musobaqalarida qatnashishga talabnoma bergan bo’lsa va bu musobaqalar
programmaga muvofiq aynan bir vaqtda o’tkazilayotgan bir vaqtda
o’tkazilayotgan bo’lsa, qatnashuvchi dastavval yugurish musobaqasida
jadvalda berilgan muddatda ishtirok etishi lozim. Sakrash yoki
uloqtirish musobaqalarida qatnashish uchun hakamlar kollegiyasi
qatnashuvchining oldindan bergan arizasiga muvofiq unga shu turning
grafigi asosida boshqa vaqtni belgilaydi.
ESLATMA: Balandlikka sakrash va shest bilan sakrash musobaqalarida, qatnashuvchi shu musobaqalarga kelgan vaqtida, boshqa qatnashuvchilar qaysi balandlikdan sakrayotgan bo’lsa, u ham o’sha erdan boshlaydi.
Ayrim musobaqa turlari final bilan o’tkazilayotgan hamma hollarda finalga chiqqan qatnashuvchi shu sport turi bo’yicha o’ziga muvofiq o’rinni egallash uchun finalda qatnashishi lozim.
Ba`zi hollarda bosh hakam sakrash va uloqtirish musobaqalarida shaxsiy o’rinni olish uchun finalda qatnashmaslikka sportchiga ruxsat etadi. Sportchi kasal bo’lib (masalan, shikastlanib) qolib finalga qatnasha olmasa unga yo’l qo’yiladi. Bunday ruxsat faqat shu musobaqa vrachining yozma xulosasiga. asoslanib beriladi. Finalda bo’shab qolgan o’rinni qatnashuvchilardan birortasi band qilishi mumkin emas.
8. Musobaqaning ma`lum nomerini o’tkazishga oid masalani hal qilib berish uchun qatnashuvchisi shu nomerni o’tkazayotgan katta hakamga murojaat qilishi mumkin. Bu holda masalani katta hakamning o’zi hal qiladi yo musobaqa qatnashuvchisiga bosh hakam yoki uning o’rinbosarlariga murojaat qilishga ruxsat etiladi. Musobaqa o’tayotgan vaqtda faqat vakil yoki komanda kapitaniga e`tiroz berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |