27 вариант
1.
O‘quv motivlari.
2.
Rivojlanuvchi ta’limning psixologik asoslari.
3.
Dars jarayonida o‘quvchilarni boshqarish texnikasi va usullari
JAVOBLAR
1.
O‘quv motivlari
Psixologik ma’lumotlarga ko‘ra, har qanday faoliyat muayyan motivlar ta’sirida
vujudga keladi va yetarli shart-sharoitlar yaratilgandagina amalga oshadi. Shuning
uchun ham ta’lim jarayonida o‘zlashtirish, egallash va o‘rganishni amalga oshirishni
ta’minlash uchun o‘quvchilarda o‘quv motivlari mavjud bo‘lishi shart.
Bilish motivlari shaxsning (sub’ektning) gnoseologik maqsad sari, ya’ni bilish
maqsadini qaror toptirishga, bilim va ko‘nikmalarni egallashga yo‘naltiriladi.
Odatda bunday turdosh va jinsdosh motivlar nazariy ma’lumotlarning
ko‘rsatishicha, tashqi va ichki nomlar bilan atalib, muayyan toifani yuzaga keltiradi.
Tashqi motivlar jazolash va taqdirlash, xavf-xatar va talab qilish, guruhiy tazyiq,
ezgu niyat, orzu-istak kabi qo‘zg‘atuvchilar ta’sirida vujudga keladi. Bularning
barchasi bevosita o‘quv maqsadga nisbatan tashqi omillar, sabablar bo‘lib
hisoblanadi. Mazkur holatda bilimlar va malakalar o‘ta muhimroq boshqa, hukmron
(etakchi) maqsadlarni amalga oshirishni ta’minlash vazifasini bajaradi (yoqimsiz
holat va kechinmalar yoki noxush, noqulay vaziyatdan qochish, ijtimoiy yoki
shaxsiy muvaffaqiyatga erishish; muvaqqat erishuv muddaosi mavjudligi va
hokazo). Bu turdagi yoki jinsdagi tashqi motivlar ta’sirida ta’lim jarayonida bilim
va ko‘nikmalarni egallash (o‘zlashtirish)da qiyinchiliklar kelib chiqadi va ular
asosiy maqsadni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladi. Masalan, kichik maktab
yoshidagi o‘quvchilarning asosiy maqsadi o‘qish emas, balki ko‘proq o‘yin
faoliyatiga moyillikdir. Mazkur vaziyatda o‘qituvchining o‘qishga ularni jalb qilish
niyati o‘quvchilarning o‘yin maqsadining ushalishiga halaqit berishi mumkin, lekin
izoh talab dalillar yetishmaydi.
Motivlarning navbatdagi toifasiga, ya’ni ichki motivlar turkumiga individual
xususiyatli motivlar kiradiki, ular o‘quvchi shaxsida o‘qishga nisbatan individual
maqsadni ro‘yobga chiqaruvchi qo‘zg‘alish negizida paydo bo‘ladi. Chunonchi,
bilishga nisbatan qiziqishning vujudga kelishi shaxsning ma’naviy (madaniy)
darajasini oshirish uchun undagi intilishlarning yetilishidir. Bunga o‘xshash motiv-
larning ta’sirida o‘quv jarayonida nizoli, ziddiyatli holatlar (vaziyatlar) yuzaga
kelmaydi. Albatta bunday toifaga taalluqli motivlar paydo bo‘lishiga qaramay,
ba’zan qiyinchiliklar vujudga kelishi ehtimol, chunki bilimlarni o‘zlashtirish uchun
irodaviy zo‘r berishga to‘g‘ri keladi. Bunday xossalarga ega bo‘lgan irodaviy zo‘r
berishlar tashqi halaqit beruvchi qo‘zg‘atuvchilar (qo‘zg‘ovchilar) kuchi va im-
koniyatini kamaytirishga qaratilgan bo‘ladi. Pedagogik psixologiya nuqtai nazardan
ushbu jarayonga yondashilganda to‘laqonli vaziyatgina optimal (oqilona) deyiladi.
Ta’lim jarayonida bunday vaziyatlarni yaratish o‘qituvchining muhim vazifasi
hisoblanib, uning faoliyati ichki anglanilgan motivlar o‘quvchilar xulq-atvorini
shunchaki boshqarish bilan cheklanmasdan, balki ular shaxsini shakllantirishga,
ularda maqsad qo‘ya olish, qiziqish uyg‘otish va ideallarni tarkib toptirishga
qaratilgan bo‘ladi.
Aniq narsalar, hodisalar va xatti-harakatlar insonning faolligi muayyan manbalar
bilan uzviy bog‘lanishga ega bo‘lsa, uyg‘unlashib borsa faoliyat motivlari darajasiga
o‘sib o‘tadi. Psixologiyada manbalar o‘z mohiyatiga ko‘ra turkumlarga ajratib talqin
qilinadi.
A) Inson ehtiyojlari bilan belgilanuvchi ichki manbalar. Organizmning tabiiy
ehtiyojlarini namoyon qiluvchi tug‘ma xususiyatli va jamoada shakllanuvchi
ijtimoiy ehtiyojlarni vujudga keltiruvchi orttirma xususiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Tug‘ma ehtiyojlar orasida o‘qishga nisbatan ma’no kasb etuvchi alohida ahamiyatga
ega bo‘lgan faollikka nisbatan ehtiyoj va axborot, ma’lumot, xabarlar olishga ehtiyoj
muhim rol o‘ynaydi.
Motivga genetik yondashilganda shu narsani alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, bola
tug‘ilganidan e’tiboran bevosita faollik ko‘rsatishga moyillik hukm suradi: u kuladi
(noverbal muomala shakli), qimirlaydi (fazoda o‘rin almashish), qo‘l va oyoqlarini
harakatlantiradi (moslashish), o‘ynaydi (muhit-bola munosabati), gaplashadi
(shaxslararo munosabatga kirishish), savollar beradi (dialogik muloqot va
boshqalar). Bunga o‘xshash xatti-harakatlarning o‘zi ularni qoniqtiradi, voqelikni
insonning axborotlarga nisbatan ehtiyojini tajribalarda ko‘rsatish mumkin: agar
tekshiriluvchini ma’lum vaqtga tashqi olamdan ajratib qo‘yilsa, natijada uning
irodasida, hissiyotida, intellektida buzilish sodir bo‘lishi, zerikishi, irodaviy akt ti-
zimi yo‘qolishi, fikr yuritish jarayoni parchalanishi, illyuzion, gallyutsional holatlar
uchrashi mumkin.
Ijtimoiy turmush sharoitida faollik va informatsion taqchillik odamlarni salbiy his-
tuyg‘u va kechinmalarga olib keladi, faoliyat tuzilishi va uning dinamikasiga putur
yetkaziladi. Ijtimoiy turmushda shakllanuvchi ehtiyojlar orasida o‘quv faoliyatida
muhim rol o‘ynovchi va uni kuchaytiruvchi ijobiy xususiyatli sotsial va gnostik ehti-
yojlar alohida ahamiyat kasb etadi, shaxsni kamol toptirish jarayonida hukmron
voqelikni egallaydi. Ularning turkumiga bilimlarga nisbatan ehtiyoj, jamiyatga
foyda keltirishga intilish, umumbashariy yutuqlarga erishishga intilish kabilar
kiritiladi.
B) Inson hayoti va faoliyatining ijtimoiy sharoitlarida aniqlanuvchi tashqi manbalar.
Bunday manbalarni talabchanlik, orzu (kutilma) va imkoniyatlar tashkil
qiladi. Jumladan, talabchanlik insonga faoliyat va xulq-atvorning muayyan turini
hamda shakli (ko‘rinishi)ni taqozo etadi. Mazkur holatni quyidagi mulohazalar
yordamida izohlash mumkin: ota-ona boladan ovqatni qoshiqda yeyishni, stulda
to‘g‘ri o‘tirishni, «rahmat» deyishni talab qilsa, maktab o‘quvchidan ma’lum
belgilangan vaqtda darsga yetib kelishni, o‘qituvchilarga quloq solishni, berilgan
vazifalarni bajarishni qat’iy belgilaydi. Jamiyat esa xulq, fe’l-atvor orqali ma’lum
axloqiy normalar va qoidalarga rioya qilishni, shaxslararo muomalaga kirishish
shakllari (vositalari)ni egallashni hamda aniq vazifalarni bajarishga amal qilishlarini
o‘z fuqarolariga o‘rgatadi.
Psixologiya fanining atamalari mohiyatida orzu yoki kutish jamiyatning shaxsga
nisbatan munosabatini ifodalanish mexanizmi yotadi. Etnopsixologik stereotiplarda
uyg‘unlashgan xulq-atvor belgilari va faoliyatning shakllari o‘ziga xoslikka ega.
Odatda odamlar bir yoshli bola tik yurishi kerak, deb hisoblaydilar va ular bu tuhfani
boladan kutganligi tufayli unga alohida munosabatda bo‘ladilar. Psixologiyada
kutilma tushunchasi talabdan farqli o‘laroq, faoliyat yuzaga kelishi uchun umumiy
muhit yaratadi.
Imkoniyatlar to‘g‘risida fikr yuritilganda ma’lum faoliyatning kishilar irodasi bilan
bog‘liq (iroda akti, sifati, prinsipi) ob’ektiv shart-sharoitlarni o‘zida aks ettiradi.
Agarda odamlarning shaxsiy kutubxonasi boy bo‘lsa, ularning o‘qish imkoniyati
yuqori darajaga ko‘tariladi. Kishilarning xulq-atvori psixologik nuqtai nazardan
tahlil qilinganda, ko‘pincha ularning ob’ektiv imkoniyatlaridan chiqib, unga
yondashiniladi. Agarda bola qo‘liga tasodifan biologiya kitobi tushib qolsa, uning
shu predmetga nisbatan qiziqishi ortishi kuzatiladi.
V) Shaxsiy manbalar – odamlar qiziqishlari, intilishlari, ustanovkalari va
dunyoqarashlari jamiyat bilan munosabatini aks ettirishdan iboratdir. Inson faolligi-
ning manbai - qadriyat orqali ifodalanib, shaxs statusi (roli)da egallana boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |