Bog'liq 26 Zhismoniy madaniyat tarihi va sportni bosharish Zhumanov O S 2
Pifiya o‘yinlari Delfa shahrida Apollon xudosiga bag‘ishlab
o‘tkazilgan. Apollon sozanda, raqqos va xofizlar raxnamosi bo‘lganligi
uchun, dastlab o‘yinlar dasturiga musiqa musobaqalari kiritilgan.
Tarixiy ma’lumotlar asosida miloddan avvalgi 586-yilda yunon
shaharlari o‘rtasidagi urushlar qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan ot arava
poygalari ilk bor o‘tkazilganligi aniqlangan. Delfa shahridagi mahalliy
bayramlar miloddan avvalgi 582-yildan boshlab umumyunon o‘yinlarga
aylangan. Pifiya o‘yinlari g‘oliblari Apollon xudosiga bag‘ishlab ekilgan
87
daraxtdan uzib olingan olmalar bilan taqdirlangan, keyinchalik esa lavr
daraxti novdalaridan yasalgan gulchambar berilgan.