O‘zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Olimpiya o‘yinlarining qayta tiklash g‘oyalarining rivojlanishi



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/176
Sana08.02.2022
Hajmi2,55 Mb.
#435907
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   176
Bog'liq
26 Zhismoniy madaniyat tarihi va sportni bosharish Zhumanov O S 2

Olimpiya o‘yinlarining qayta tiklash g‘oyalarining rivojlanishi.
“O‘yinlarning vujudga kelishi va qayta tiklanishi. “Tabiiyki, qadimgi 
Olimpiya o‘yinlarini insoniyat xotirasidan o‘chirib bo‘lmas edi. 1419-yilda 
Olimpiya o‘yinlari to‘g‘risida ko‘pjildlik kitob nashr qilingan. Olimpiya 
o‘yinlari to‘g‘risida Shekspir va Milton, Gyote, Russo va Bayron o‘z 
asarlarida eslatganlar. Volter “Jeux olympiques”, Flober va Gayd – olimpik 
so‘zidan sportga doir bo‘lmasa-da, foydalanganlar. Lekin aynan uyushgan 
sportning zamonaviy shaklda paydo bo‘lishi va rivojlanishi bilan birga o‘n 
sakkizinchi asrdan boshlab va keyingi davrlarda “olimpiya” tushunchasi 
keng foydalanilgan. yеvropada o‘rta asrlardan buyon sport tadbirlari bilan 
o‘tkaziladigan bayramlar odatiy hol bo‘lgan. 
O‘n yеttinchi asrda Robert Dover “Kotsvold Olimpiya o‘yinlarini 
tashkil qilgan va ayrim uzilishlar bilan keyingi 250 yil davomida 
o‘tkazilgan. Robert Dover Norfolkda 1575 va 1582-yillar oralig‘ida 
tug‘ilgan va 1652-yilda vafot etgan. Robert Dover Kotsvold o‘yinlarining 
asoschisi bo‘lganligi to‘g‘risida dalillar yo‘q va uning ishtiroki 1612-yildan 
boshlangan. O‘yinlar paydo bo‘lishi o‘rta asrlarda Angliyada bayramlar 
o‘tkazish an’anasi bilan bog‘liq. Ularga rapirada qilichbozlik, yakkakurash, 
qo‘l jangi, dubulg‘a bilan jang, raqslar, qoplarda sakrash, oyoqlari 
boylangan holda kurash bo‘yicha musobaqalar kiritilgan. 
19 
XVIII asrda Olimpiya shahrida birinchi arxeologik qazilmalar olib 
borilgan. yеvropa arxeologlarining diqqat-e’tiborini qadimgi Olimpiada 
o‘yinlarining o‘rni o‘ziga jalb etgan edi. 1723-yilda fransuz olimi Don 
Bernar de Monfokon qadimgi Olimpiya shahrida arxeoligik qazilmalarni 
olib borishni tavsiya qilgan. Biroq bu ekspeditsiya ishlari amalga 
18
John Horne, Garry Whannel. Understanding the Olympics. Taylor-Francis Group. London-New 
York, 2012.- 67 p. 
19
John Horne, Garry Whannel. Understanding the Olympics. Taylor-Francis Group. London-New 
York, 2012. – 75 p. 


90 
oshirilmagan. 1766-yilda Oksford olimi Richard Chandler arxeologik 
ishlarini olib borishga harakat qilgan.
1824-yilda lord fon Stankof Olimpiya shahrida arxeologik 
qazilmalarni olib borgan va uning chizmasini tuzgan. Bu esa Olimpiya 
o‘yinlarini tiklash g‘oyasini rivojlantirishga turtki bo‘lgan.
1874-1881-yillarda nemis arxeologi Ernst Kursius (1814-1896) 
boshchiligida o‘tkazilgan arxeologik qazilma ishlari ancha muvaffaqiyatli 
bo‘lgan. Ekspeditsiya natijasida Olimpiya shahrida ko‘p sonli arxitektura 
inshootlari va haykallarning qoldiqlari topilgan. 1887-y. arxeologik qazilma 
ishlarining natijalari matbuotda e’lon qilingan edi.
“Qadimgi Gretsiyaga va umuman Olimpiya o‘yinlariga ortib 
borayotgan qiziqish, xususan arxeologik qazishlar va bir qator joylarda, 
jumladan Troyada, Mikeni va Olimpiyada amalga oshirilayotgan yеr qazish 
ishlari tomonidan qizitilib turadi. Qadimgi Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan 
joylarda yеr qazish ishlarini amalga oshirish g‘oyasi o‘n sakkizinchi asrda 
bahslarning asosi bo‘lgan va 1766-yilda qazishlar paytida, ular o‘tkazilgan 
joy aniqlandi, qo‘shimcha ishlar 1787-yilda amalga oshirilgan. Qazish 
ishlari 1829-yili fransuzlar tomonidan amalga oshirilgan, 1852-yilda esa, 
nemis arxeologlari haqiqiy yangilik yaratishdi, shunga qaramasdan, 1875-
yilga qadar keng masshtabli yеr qazish ishlari o‘tkazilmagan va keng 
masshtabli tadqiqotlardan o‘n yildan keyin 1886-yilda Olimpiya o‘yinlari 
o‘tkazilgan joyda Arxeologik muzey ochilgan. Parijda 1889-yilda bo‘lib 
o‘tgan «exposition Universelle» ko‘rgazmada artefaktlarning namunalari 
namoyish qilingan.
20 
Qadimgi Olimpiya qishlog‘ini arxeologik qazilmalar natijasi muhim 
ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu esa qadimgi olimpiya o‘yinlariga bo‘lgan 
qiziqish va havasni oshirib yubordi. Shu asosda jamoatchilik doirasida 
olimpiya harakatini tiklash g‘oyalari paydo bo‘lgan. 
“O‘n to‘qqizinchi asrning oxirida XOQning ta’sis etilishi va 
zamonaviy Olimpiya o‘yinlarini bog‘liq holda ko‘rish zarur. O‘n 
sakkizinchi asrning oxiri va o‘n to‘qqizinchi asr mobaynida Gretsiya, 
Skandinaviya, Shimoliy Amerika va Birlashgan Qirollikda turli shakllardagi 
sport bayramlari rivojlangan. Shotlandiyada 1820-yillarda qayta tiklangan 
o‘yin an’analari 1850-yillarda Amerikada tarqalgan. Parijda 1820-yillarda 
va Nyu-Yorkda 1850-yillarda rim sirki elementlaridan iborat sirk 
tomoshalari rivojlangan. Doktor Uilyam Penni Bruks tomonidan 1830-
yillardan Skandinaviyada va 1849-yilda Liverpulda “olimpiya” va 
20
John Horne, Garry Whannel. Understanding the Olympics. Taylor-Francis Group. London-New 
York, 2012. – 75 p. 


91 
“olimpiyachi” tushunchalaridan foydalanilgan, bu o‘z navbatida 
Kubertenga katta ta’sir etgan. Yunonlar 1859-yildan boshlab va keyingi 
yillarda Olimpiya o‘yinlarini qayta tiklashga harakat qilganlar. Shunday 
qilib, Kubertenning shaxsiy loyihasi bo‘sh joyda rivojlanmagan. 
Qadimgi Olimpiya o‘yinlarining hayoliy va ideallashtirilgan shaklini 
ko‘rgazmali qo‘llashning eng erta misollardan biri – Dreberg modeli 
hisoblanadi, u, Germaniyaning g‘arbida Verlitsa shaharchasida paydo 
bo‘lgan. Shahzoda Frans 1777 va 1799-yillar oralig‘ida bayram 
musobaqalarini tashkil qilgan, qadimdagi Olimpiya o‘yinlariga asoslangan 
bo‘lsa ehtimol. O‘yinlar tarkibiga otda poygalar va gimnastika bo‘yicha 
musobaqalar kirgan. Musobaqalar ishtirokchilari qo‘shni maktablarda 
o‘qiydigan o‘g‘il va qiz bolalar bo‘lishgan va ular shahzoda tomonidan 
ishlab chiqilgan Das Philanthropinni mutoala qiladigan o‘quvchiga 
orientirlangan progressiv ta’lim modeliga asoslangan. 
Fransiyada 1796-yilda Parijdagi Champ de Mars dagi Revolyusiya 
paytida «Jeux Olympiques» o‘yinlari tashkil qilingan (Kidd, 1984 y.). 
Shvetsiyada 1834 va 1836-yillarda Gyustav Djoan Shato “Olimpiya 
o‘yinlari” deb nomlangan sport tadbirini Ramlosda tashkil qilgan. Shato 
gimnastika asoschisi Lingning fikrlarini ma’qullagan.
21
Vengriyada ham 
“Olimpiya o‘yinlari” stilidagi tadbirlar o‘tkazilgan. Fransiyada “Olimpiya 
o‘yinlari”ni 1832-yilda Grenob yaqinidagi Dominikan seminariyasi 
talabalar uchun tashkil qilingan bo‘lib, ular keyinchalik yigirmanchi asrga 
qadar ikki yilda bir marta o‘tkazilgan.
Birinchi g‘olib 1846-yilda G.Didon bo‘lgan, u, keyinchalik rohib 
bo‘lgan va Kubertenga Olimpiya shiori bo‘lgan «itius, Altius, Fortius – 
Tezroq, Balandroq, Kuchliroq» iborasini taklif qilgan (sanasi 
keltirilmagan). 
Xuddi ta’lim sohasidagi kabi ommaviy tomoshalar ichida “Olimpiya” 
atamasi qo‘llanilgan. O‘n to‘qqizinchi asrning boshida Champs-yelysees 
yopiq turdagi ippodrom shaklidagi irque des Champs-yelysees deb 
nomlangan sirk tashkil qilingan. Olimpiya sirki 1827-yilda Templa 
yaqinidagi binoda tashkil qilingan. 1853- yilda tashkil qilingan Frankoni 
ippodromida aravalarda poygalar va rim sirk tomoshalari o‘tkazilgan. 6 000 
kishiga mo‘ljallangan arena amerikalik shoumen tomonidan qurilgan va u, 
o‘z oilasi bilan Parijdagi Olimpiya sirkida ishtirok etgan italiyalik 
chavandoz Antonio Frankoni sharafiga nomlangan. Monrealda 1842-yili 
Olimpiya klubi qurilgan. Unda, 1844-yilda ikki kunlik “Olimpiya o‘yinlari” 
21
John Horne, Garry Whannel. Understanding the Olympics. Taylor-Francis Group. London-New 
York, 2012. – 69 p. 


92 
o‘tkazilgan bo‘lib, ular mahalliy aholini kelgindilarga qarshi ishtiroki bilan 
birinchi ommaviy sport musobaqalari o‘tkazilgan. Lekin, o‘n to‘qqizinchi 
asr davomida shotlandiyadagi “tog‘ o‘yinlari” va “sport yurishi” 
(professional sportchilar) sport tadbirlaridagi ancha ta’sirchan va ommaviy 
sport turlariga aylandi. Shimoliy Amerikaga immigratsiya qilingan minglab 
Irlandiyaliklar va Shotlandiyaliklar o‘zlari bilan an’analarini ham olib 
ketgan, buni Bostonda (1853 y.) va Nyu-Yorkda (1856 y.) tashkil qilingan 
“Kalendon O‘yinlari” ko‘rsatadi.
22 
“Much Wenlok” o‘yinlari va Milliy olimpiya assotsiyasiyasi. O‘n 
to‘qqizinchi 
asrning 
o‘rtalarida 
“olimpiya” 
va 
“olimpiyachi” 
tushunchalaridan foydalanish namunalari ko‘paydi. Bu davrda sport 
novatorlari faoliyatida uchta ijtimoiy mavzu birlashdi. Birinchi – qadimgi 
yunon madaniyatiga, ayniqsa barkamol, aqliy va jismoniy rivojlanish 
konsepsiyasiga qiziqishni uyg‘otish. Ikkinchi – bu davrda atletikaning 
mavqyei oshib, ingliz davlat maktablarida rivojlangan. Uchinchisi – 
ratsional xordiqni tashkil qilish. 
Uilyam Penni Bruks tomonidan 1850-yilda asos solingan “Much 
Wenlok” o‘yinlari muntazam ravishda o‘tkazilgan musobaqalardan biri edi. 
Bruks bu davrda birinchilardan bo‘lib sport bayrami, olimpiya tushunchasi 
va yunon falsafiy tamoyillarini birlashtirgan. Tarixchi Devid Yang fikricha, 
zamonaviy Olimpiadalar asoschisi deb Bruksni ko‘rish mumkin, MakAlun 
fikricha esa, Kuberten loyihasi xalqaro darajada muhim bo‘lgan. 
Bruks 1809-yilda Venlokda doktor oilasida tug‘ilgan, o‘zi ham doktor
va 1841-yilda sudya lavozimini egallagan. Bruks 1850-yilda birinchi “Much 
Wenlok” Olimpiya o‘yinlarini tashkil qilgan. Ularga atletika, xalqalarni 
nishonga otish, futbol va kriket kiritilgan. Bruks yunon madaniyati va 
Robert Dover “Kosvold o‘yinlari” bilan qiziqqan. U, “foydali axborot” olish 
uchun va “Olimpiya o‘yinlari” ishtirokchilari (ya’ni, olimpiya sinfi) (1860-
yilda “Venlok Olimpiya Jamiyati” deb qayta nomlangan) shaharcha va 
Venlok atrofidagi aholini axloqiy, jismoniy va intellektual o‘sishiga 
ko‘maklashishi uchun agronomik mutoala klubiga asos solgan. U, 1850-
yilda birinchi Venlok Olimpiya O‘yinlarini tashkil qilgan bo‘lib, ular 
tarkibiga atletika, xalqalarni nishonga uloqtirish, futbol va kriket kiritilgan. 
Bruks grek madaniyati bilan qiziqqan, lekin u, Robert Doverning Kosvold 
O‘yinlari to‘g‘risida ham ma’lumotga ega bo‘lgan. Olimpiya Jamiyati har 
yili o‘tkaziladigan o‘yinlarni tashkil qilgan bo‘lib, ular, vaqt o‘tishi bilan, 
22
John Horne, Garry Whannel. Understanding the Olympics. Taylor-Francis Group. London-New 
York, 2012. – 69 p.


93 
o‘zining profili bo‘yicha ancha sportga taalluqli va milliy bo‘lib qoldi. 
Vrach bo‘lib ishlagan Bruks sport va dam olishning faol shakllarini ratsional 
havaskori bo‘lgan, maktablarda jismoniy tarbiyalashning zarur ekanligiga 
ishongan.
23 
“Birinchi milliy Olimpiya o‘yinlari Germaniya gimnastika 
jamiyatidagi (GGS) Uilyam Penni Bruks, Jon Xalli va Ernst Ravenshteyn 
tomonidan tashkil qilingan. Angliyada 1868-yildan keyin faqat “Much 
Wenlok” o‘yinlari qolgan. Bruks 1850-yildan boshlab, to 1895-yilda vafot 
etguniga qadar, Olimpiya o‘yinlari g‘oyasini ilgari surish uchun ko‘p 
ishlagan, bu, taqdirning taqozosiga ko‘ra, birinchi zamonaviy Olimpiya 
o‘yinlarini tashkil qilinishidan bir yil oldin sodir bo‘lgan. To‘rtinchi Milliy 
Olimpiya O‘yinlari 1874-yilda Venlokda, beshinchisi – 1877-yilda 
Shruzberida va yakuniysi 1883-yilda Xadlida bo‘lib o‘tgan. 
Bruks tashkil etgan olimpiya bayramlari Olimpiya o‘yinlarining 
ahamiyatli o‘tmishdoshi sifatida ko‘rib chiqish mumkin emas. Lekin, ular 
o‘n sakkizinchi asrning oxiridan to o‘n to‘qqizinchi asrning yakuniga qadar, 
sport bayramlarini belgilash paytida “olimpiya” atamasini qo‘llanishi 
tarixiga o‘zining hissasini qo‘shib kelgan. 
Gretsiya, Sutsos, Zappas. Yunon O‘yinlarini qayta tiklash g‘oyasini 
Panagiotis Sutsos yaratgan, – shoir, noshir va vatanparvar. 1833-yildan va 
keyingi davrda Olimpiya o‘yinlari to‘g‘risida uning dostonlarida yozilgan.
1835-yilda hukumatga 25-mart kuni milliy bayram deb e’lon qilish 
taklifi bilan murojaat qilgan va qayta tiklangan Olimpiya o‘yinlarini 
kiritishni tavsiya qilgan. U O‘yinlarni to‘rt yillik siklda to‘rtta yunon 
shahalarida o‘tkazishni tavsiya qilgan. Sutsos o‘z tashabbus kampaiyasini 
1840-yillargacha davom ettirgan, lekin kelgusida ishlarni Evangelos Zappas 
amalga oshirgan.
EvangEelos Zappas (1800–1965) yunon millatiga mansub yirik 
tadbirkor bo‘lgan. U 1856-yilda Olimpiya o‘yinlarini qayta tiklash va 
moliyalash loyihasini tavsiya qilgan. 1859-yilda Zappas Birinchi Olimpiya 
o‘yinlarni tashkil qilgan. Zappas tomonidan qayta tiklangan Olimpiya 
o‘yinlari 1859, 1870, 1875 va 1889-yillarda Afinada o‘tkazilgan. Doktor 
Uilyam Penni Bruks 1859-yilda Olimpiya o‘yinlari g‘oliblari uchun 
greklarga 10 funt sterling pul jo‘natgan. Bruks, grek hukumatiga Buyuk 
Britaniya Eelchisi orqali murojat qilib, qadimgi o‘yinlarni qayta tiklashga 
qat'iy undagan.
23
John Horne, Garry Whannel. Understanding the Olympics. Taylor-Francis Group. London-New 
York, 2012. – 70 p.


94 
Rekonstruksiya qilingan stadionda 1870-yilda o‘tkazilgan O‘yinlar 
Zappas tomonidan qayta tiklangan Olimpiya o‘yinlarining barchasidan eng 
muvaffaqiyatlisi bo‘lgan. Ular, 30000 tomoshabinlarni to‘plagan va 
gazetalarda yuqori baho berilgan. Afinalik elita vakillari O‘yinlarda 
faqatgina yuqori darajali sportchilarni ishtirok etishini va bellashuvlarda 
oddiy odamlarni ishtirokini man qilish taklif qilingan. Bunday ijtimoiy man 
qilinish 1875-yilda O‘yinlarni muvaffaqiyasizlikka olib keldi, ularda 25 
nafar sportchilar ishtirok etgan va kam tomoshabinlar bo‘lgan.
1875-yilgi Olimpiadani “halokat” deb atagan. Keyingi hodisa 1889-
yilda gimnaziyada o‘tkazilgan yomon tashkil qilingan tadbir bo‘ldi, 1891 va 
1893-yillarda estafetani Umumgrek gimnastika jamiyati qabul qilgan. 
Zappas tomonidan qayta tiklangan Olimpiya o‘yinlari va Venlok o‘yinlari 
ko‘pchilik boshqa hodisalarga qaraganda to‘liq tiklanish yo‘lidagi ancha 
muhim oraliq tadbirlar bo‘lib, ular olimpiya atamalarini qo‘llash bilan 
o‘tkazilgan.”
24 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish