O‘zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


pankration (qo‘l jangi  va kurash)



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/176
Sana08.02.2022
Hajmi2,55 Mb.
#435907
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   176
Bog'liq
26 Zhismoniy madaniyat tarihi va sportni bosharish Zhumanov O S 2

 
pankration (qo‘l jangi 
va kurash)
 
musobaqalari dasturga kiritilgan (1-jadval). 
Olimpiya shahrining sharqiy qismida o‘sha davrlarda ot aravalar 
poygasi o‘tkaziladigan ulkan gippodrom joylashgan va 730x336 metr 
kattalikda bo‘lgan. Bundan tashqari, bu yеrda xususiy sport maktabi - 
gimnasiya, uning o‘rtasida 66x66 metr kattalikdagi palestra joylashgan. 
Gimnasiya yaqinida esa olimpiya o‘yinlari paytida atletlar yashaydigan 
“olimpiya qishlog‘i” bo‘lgan. Qadimgi olimpiya o‘yinlariga faqat ozod 
yunon fuqarolari qatnashishi huquqiga ega bo‘lganlar. O‘yinlarga qullar, 


85 
ayollar, bolalar, xorijliklar, jinoyatchilar va qurollangan odamlar 
kiritilmagan. Miloddan avvalgi 632-yildan qadimgi 37-Olimpiya 
o‘yinlardan boshlab o‘yinlarda bolalar qatnashgan va ularning chiqishlari 
uchun alohida kun ajratilgan. 
Qadimgi yunonlar Olimpiya o‘yinlari qahramonlari nomlarini Alfey 
daryosi yaqinida o‘rnatilgan marmar ustunlarga o‘yib yozishgan. Birinchi 
Olimpiya o‘yinlarining g‘olibi Elida shahridan oshpaz Koroibos to‘g‘risida 
ana shu marmar ustundagi yozuvlardan ma’lum bo‘lgan. 
Qadimgi olimpiya o‘yinlari ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan. 
Ular Qadimgi Gretsiyaning ko‘pgina shaharlarini birlashuviga, 
quldorlarning o‘zaro shartnomalar asosida tinchlik haqidagi kelishuvlariga, 
iqtisodiy jipslashuviga sabab bo‘lgan. Olimpiya o‘yinlari millatni 
birlashtiradigan va o‘zaro totuvlikka xizmat qiladigan umumyunon bayrami 
hisoblangan. Bu o‘yinlar polis quldorlarining harbiy qudratini ham 
namoyish qilgan. 
Olimpiya o‘yinlari – Qadimgi Gretsiyaning eng mashhur va eng 
ommaviy musobaqalari hisoblanib, alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. 
Olimpiya o‘yinlari qadimdan eng e’zozlangan bayramlardan biri bo‘lgan. 
Qadimgi yunonlar insonning barkamol rivojlanishi aqliy, ma’naviy, estetik 
va jismoniy tarbiyadan iborat bo‘lishi kerak, deb hisoblaganlar.
Qadimgi Gretsiya davlatlarida ta’lim-tarbiya tizimi barcha to‘la 
huquqli fuqarolarga mo‘ljallangan edi. Tarbiya tizimi harbiy-jismoniy 
tayyorgarlik bilan cheklanib qolmasdan, har tomonlama tarbiya berilgan. 
Olimpiya o‘yinlarining asosiy g‘oyasi inson barkamolligi, aqliy va 
jismoniy yеtukligini namoyishi bo‘lgan. Shuning uchun ilk umumellin 
bayramlarida kuchlilik, chaqqonlik, epchillik bo‘yicha musobaqalar 
musiqa, she’riyat tanlovlariga ulanib ketgan. Olimpiadalarda jismoniy 
go‘zallikka aqliy salohiyat, musiqiy, badiiy, tasviriy iste’dod ruhi uyg‘un 
bo‘lgan.
Qadimgi yunon madaniyati va san’atining barcha ko‘zga ko‘ringan 
namoyandalari bevosita musobaqalar, tanlovlar ishtirokchilari, tomoshabin 
sifatida qatnashganlar. Mashhur tarixchi Gerodot Olimpiya shahriga 
Afinadan yayov kelgan. Matematik Pifagor umumellin sport 
musobaqalarida qo‘l jangi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan. Gippokrat kuchli 
kurashchi va mohir chavandoz edi. Faylasuf Platon mashhur Istmiya 
o‘yinlarida kurash bo‘yicha musobaqalarda g‘olib chiqqan. Olimpiadalarda 
shoirlar Sofokl va Evripid, yozuvchi Lukian, notiq Demosfen Olimpiya 
o‘yinlari doirasida o‘tkazilgan san’at, adabiyot, musiqa, me’morchilik 
bo‘yicha tanlovlarda ishtirok etganlar.


86 
Qadimgi davrda olimpiya o‘yinlarining jamiyatdagi o‘rni va nufuzi 
juda yuqori bo‘lib, ular Qadimgi Gretsiyaning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va 
madaniy rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘lgan

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish