98
1892-yil 25-noyabrda Kuberten o‘zining mashhur «Olimpiya
Renessansi» mavzusidagi ma’ruzasini Sorbonna universitetida o‘qib
eshittirgan.
“O‘n to‘qqizinchi asrda “olimpiya” tushunchasi umumiylashib, sport
tadbirlari Buyuk Britaniya va Gretsiyada o‘tkazilgan. Kuberten modeli
yagona bo‘lgan, pirovard natijada bir qator voqyealar tufayli yеtakchi
o‘rinni egallagan. Kubertenning tashkiliy va
diplomatik qobiliyatlari va
ijtimoiy aloqalari asosiy rolni o‘ynagan. Kuberten 1875-yilda 12-yoshida
o‘qigan Tomas Xyuzning “Tom Braunning maktab kunlari” kitobi uning
ingliz maktablaridagi sport dunyosiga romantik qiziqishi va bog‘lanishida
muhim rol o‘ynagan. Kuberten, 1880-yillar davomida ta’lim tizimini
o‘rganish uchun bir necha marta Angliyaga borgan. 1883-yili Oksford va
Kembridjga hamda Regbi bo‘yicha
davlat maktabiga, Xarrou va Itonaga
tashrif buyurgan. U, 1887-yili Vinchester, Vellington,
Marlboro,
Charterxauz, Kuperz Xill, Vestminster va Xristos gospitali bilan tanishgan.
Fransiya maktablarida jismoniy tarbiyaning yo‘qligini va Angliya
maktablaridagi faol jismoniy tarbiyani taqqoslagan. U, jo‘shqin kurashchi
va lobbist bo‘lib qolgan; jismoniy tarbiya masalalari bo‘yicha Fransiya
hukumatiga hisobot tayyorlash uchun Buyuk Britaniya va AQSh ga borgan.
O‘zini AQSh to‘g‘risidagi hisobotida,
Amerika Buyuk Britaniyaning
jamoaviy o‘yinlari foydasiga Lingning gimnastika tizimidan voz kechilgan
joy deb tasavvur qilgan. Kuberten diplomatiyadan xabardor bo‘lgan va
siyosiy ittifoqchilarni topish uchun bir qator murakkab manevrlarni amalga
oshirgan.
Bruks 1881-yili Fransiyaga tashrif buyurgan va u yеrda aholini
jismonan degeneratsiyalanganligidan hayratda qolgan va bu to‘g‘risida
Fransiyaning hukumatiga yozib bergan. Bruks 1890-yilning yanvar oyida
Kubertenga xat yozgan, ular o‘rtasida xat almashish boshlangan va oktyabr
oyida Kuberten Venlokda Bruksning oldiga borgan. Bruks 80
yoshga
kirgan, Kuberten esa – 26 yoshga to‘lgan. Bruks va Kuberten xat yozishni
davom ettirishgan va Bruks Olimpiya loyihasini qo‘llab-quvvatlagan.
Kuberten 1890-yilda “La Revue Athletique”da – “Agarda, zamonaviy
Gretsiya qayta tiklashga qodir bo‘lmagan Olimpiya o‘yinlari bizning
davrimizda
davom ettirilsa, bu greklar tufayli bo‘lmaydi, balki Doktor
U.P.Bruksning sharofati bilan bo‘ladi”, deb yozgan. Kuberten 1894-yili
Bruksni Kongressga taklif qiladi, lekin Bruks juda kasal edi va keyingi yili
vafot etadi, Olimpiadaning qayta tiklanishigacha bir yil qolgan edi.
Kuberten Zappasning ishlari to‘g‘risida ham xabardor bo‘lgan.
Kuberten ayrim baholashlar bilan keyinchalik indamaslikka va o‘zidan
99
oldingilarning – Zappas va Bruksning rolini minimumga tushirishga moyil
bo‘lib qolgan. Shu bilan birga, u, Bruksga bag‘ishlangan nekrologni New
York Review of Books da chop etgan va unda, Bruksni o‘zining “qariya
do‘sti” deb atagan.
25
Kuberten sportning tijoratlashtirilishini xohlamagan,
uni xavf deb
bilgan va u, havaskorlik sport musobaqalarining qadr-qimmati va o‘ziga
xosligi kabi ko‘rib chiqiladigan zodagonlarcha aloqalar va djentelmenlar
klublari dunyosining orientiri deb hisoblagan. Lekin u, hyech qachon
havaskorlik sportiga eng muhim masala sifatida qaramagan. Shunga
qaramasdan, zamonaviy Olimpiya o‘yinlari sinfiy diskriminatsiya oqibatida
yuzaga kelgan “havaskorlik” tushunchasini meros qilib olgan va keyingi 90-
yillarda asos solingan. Kuberten, Bruks, Zappas yoki boshqa kimdir asosiy
figura unvoniga intilishga ko‘proq huquqqa ega ekanligi unchalik muhim
emas, lekin Kuberten zamonaviy olimpizmning
tashkilotchisi unvoniga
da’vogar sifatida ko‘proq ilinjga ega”.
26
1894-yil 16-23-iyunda Kuberten tashabbusi bilan Parij shahrida I
Xalqaro atletik kongressi o‘tkazilgan. Kongressda 12 ta davlatdan 72 ta
vakil qatnashgan, 21 ta davlat o‘z roziligini yozma ravishda yuborgan.
Kongressda Per de Kuberten taklifi bilan 1894-yil 23-iyunda
Do'stlaringiz bilan baham: