O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 2019 yil "25"areldagi "107" sonli buyrug’ining2-ilovasi bilan fan dasturi ro’yxati tasdiqlangan


Kasallikning rivojlanishi (patogenezi)



Download 4,37 Mb.
bet180/285
Sana02.01.2022
Hajmi4,37 Mb.
#307925
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   285
Bog'liq
Мажмуа 3-курс даволаш 230921110843

Kasallikning rivojlanishi (patogenezi)

Kasallikning rivojlanish mexanizmlari avvalo shu kasallikni keltirib chiqargan sabablarga bog’liq, lekin gipotrofiyada o’ziga xos bir xil ko’rinishdagi o’zgarishlar ham sodir bo’ladi. Bunga birinchi navbatda oshqozon-ichak yo’llari faoliyatining buzilishi bilan bog’liq belgilar va modda almashinuvidagi o’zgarishlar kiradi.

SHu bilan birga moddalar almashinuvi jarayonlari buziladi, oqsil moddalar energetik maqsadlarga sarflana boshlaydi, vitamin muvozanati buziladi. Vitaminlar yetishmasligi ham (A, V, S va boshqalar) gipotrofiya yuzaga kelishi sabablaridan biri bo’lishi mumkin, chunki ular butun hayotiy jarayonlarni boshqaradi, shuningdek, ularning gormon va fermentlar bilan uzviy bog’liqligi bor.

Gipotrofiya suvsizlik (eksikoz) sababli ham rivojlanishi mumkin. Yoz paytlarida organizmga suyuqlikning kam miqdorda tushishi suv muvozanatining va moddalar almashinuvining buzilishiga olib keladi, bu esa o’z navbatida toksikozni yuzaga keltiradi. 1 yoshgacha bo’lgan bolalarda har 1 kg og’irlikka talab qilinadigan suvning miqdori katta yoshdagilarga nisbatan 3-4 marotaba ortiq ekanligini hisobga olish kerak. Yetarli darajada ovqatlanmaslikning turli sabablari bo’lishi mumkin. Emizikli bolalarda gipotrofiya ovqatning miqdoriy yetishmasligi yoki qisman och qolishda kelib chiqadi. Bu ona sutining vaqtinchalik yoki doimiy yetishmasligi, ba’zi hollarda esa, sut bezlari, ko’krak uchlarining kamchiliklariga bog’liq bo’ladi. Ba’zi hollarda bola sutni yetarli miqdorda olmasligi, rivojlanish kamchiliklari oqibatida yuz beradi, bularga quyidagilar kiradi: pilorostenoz, pilorospazm, qattiq tanglayning bo’linganligi, yuqori labning bitmaganligi, tug’ma yurak nuqsonlari, Girshprung kasalligi va hokazolar.

Ona sutining tarkibida o’zgarishlar bo’lishi mumkin, bunda sutning miqdori yetarli, lekin tarkibiy sifati to’laqonli bo’lmay, unda asosan oqsillar va yog’lar yetishmaydi. Gipotrofiya kelib chiqishiga sifatiy va miqdoriy yetishmaslik bilan birga tartibsiz ovqatlantirish, shifokor ko’rsatmasisiz qo’shimcha ovqatning erta kiritilishi, ovqatlantirish vaqtida qo’yilgan xatolar ham sababchi bo’ladi. Aralash va sun’iy ovqatlantiriladigan bolalarda gipotrofiyaning rivojlanishini keltirib chiqaruvchi sabablar ovqatlantirishdagi kamchiliklar bo’ladi. Bolalarda xastalik uzoq vaqt davomida bir xil sigir suti bilan ovqatlantirish natijasida ham kelib chiqadi. Uzoq vaqt mobaynida kuchli yog’sizlantirilgan ovqat bilan ovqatlantirilgan bolalarda ham gipotrofiya kuzatilishi mumkin.

Barcha alimentar omillar 6 oygacha bo’lgan bolalarda yaqqol ko’zga tashlanadi, lekin kattaroq yoshdagi bolalarda yana ham ko’proq namoyon bo’ladi. Xozirgi kunda keng ko’lamda o’tkazilayotgan profilaktik tadbirlar tufayli alimentar sabablarga ko’ra kelib chiqadigan oziqlanishning surunkali buzilishi kamdan-kam uchramoqda. Keyingi yillarda bu patologiyaning rivojlanishida yuqumli kasalliklar omili asosiy o’rin tutmoqda. Gipotrofiyaga tez-tez qaytarilib turadigan o’tkir respirator infektsiya: gripp, ba’zi o’pka, quloq asoratlari sabab bo’ladi.

Bola organizmida doimiy ravishda bo’ladigan yiringli o’choqlar moddalar almashinuvi jarayonlarining buzilishiga olib keladi. Gipotrofiya yuqumli me’da-ichak kasalliklari, asosan koli-infektsiya va dizenteriyaning surunkali shakllari bilan og’rigan bolalarda O’zbekiston sharoitida juda ko’p qayd qilinadi. Ba’zan bolalarda xastalik rivojlanishiga me’da-ichak yo’llarining tug’ma anomaliyalari sabab bo’ladi. Ovqatlanish va ovqat hazm qilishning buzilishiga sil infektsiyasi ham ta’sir qilishi mumkin. Kasallik tufayli gipotrofiyaning yuzaga chiqishiga bir tomondan organizmga patalogik jarayonning noqulay ta’siri sabab bo’ladi, boshqa tomondan kasallikning o’tkir va tiklanish davrida ovqatlanishning buzilishi sabab bo’ladi.

Bolaga kasallik vaqtida ratsional parxez buyurish, sog’lomlashtirishga ta’sir ko’rsatibgina qolmay xastalikning kechishi natijasiga ma’lum darajada infektsiya ta’siri ostida gipotrofiya rivojlanishiga ham qarshilik qiladi. Bundan tashqari atrof-muhitning noqulay sharoitlari ham bolalarda gipotrofiya kelib chiqishiga sabab bo’ladi, bu bevosita bo’lmasa ham, noqulay sharoitlarda ba’zi kasalliklar bilan tez-tez og’rib turish tufayli kelib chiqadi. Ba’zi turmush sharoitlari ham bolalarda gipotrofiyaning rivojlanishiga olib keladi. Bu omillar, ovqatlanish tartibining buzilishi bilan birga qo’shilib, bolaning tez-tez kasallanib turishiga olib keladi. Bunda avvalo asab tizimi, me’da-ichak yo’llarining faoliyati buziladi. SHuning uchun oziq moddalarning surilishi qiyinlashadi, bu esa moddalar almashinuvining turli darajadagi buzilishiga olib keladi. ovqatlanishning buzilishiga turli xil tana tuzilishining kamchiliklari ham sabab bo’ladi. Muddatidan oldin tug’ilgan bolalarda atrof-muhitning ozgina o’zgarishi ham gipotrofiya rivojlanishiga olib keladi. Xulosa qilib aytish mumkinki, gipotrofiyaning yuqorida sanab o’tilgan sabablari bir-biri bilan uzviy bog’liq va bir-biriga ta’sir qiladi. SHuning uchun qaysi bir sabab birlamchi va asosiy ekanligini aniqlash mushkul.

Xastalik patogenezi juda murakkab bo’lib, oxirigacha aniqlangan deb bo’lmaydi. Gipotrofiya patogenezida bir tomondan gipotrofiyaga olib keluvchi omillarning turli-tumanligi, biri ikkinchisiga chambarchas bog’liqligi, boshqa tomondan esa kichik yoshdagi bola organizmi turli xil ekzogen va endogen ta’sirlarga javob reaktsiyasi o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bunda u yoki bu etiologik omillar ta’sirida, birinchidan me’da-ichak yo’lining normal ish faoliyati buziladi. Bu kislotalilikning me’da va me’da osti beziga barcha fermentlar faolligining pasayishi, me’da va ichakning evakuator vazifasiga sekinlashishida namayon bo’ladi. SHuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, gipotrofiyada me’da-ichak yo’lining sekretor, motor va surilish vazifalari ma’lum darajada buziladi, bu o’zgarishlar organizmning optimal javob reaktsiyasining buzilishiga olib keladi.

Etiologik omillarning keyingi ta’siri natijasida qon va ichki a’zolar ferment tizimining pasayishi va kuchsizlanishi qayd etiladi. SHu sababli xujayralararo almashinuvining buzilishi, bosh miya po’stlog’i qo’zg’aluvchanligi, asosan boshqaruv mexanizmlarining pasayishi aniqlanadi. Bu esa o’z navbatida ovqat hazm bo’lishi, ichakda, to’qimalarda oziq modda va vitaminlar o’zlashtirilishining izdan chiqishi va surilish jarayonlarining buzilishiga sabab bo’ladi. Har qanday gipotrofiya asosida oqsillar, yog’lar, uglevodlar va minerallar, vitaminlar almashinuvining ma’lum bir darajada buzilishi yotadi.

Tashqi och qolish bilan birga ichki och qolish ham bo’ladi. Ichki och qolish organizm xujayralari tomonidan oziq moddalarining yetarli o’zlashtirilmasligi hisobiga bo’ladi. Ichki va tashqi och qolishda organizmning ichki hayoti jarayonlarini ushlab turish, tana haroratini saqlash uchun kerak bo’lgan quvvat miqdori oziq moddalar hisobiga yetarli bo’lmaydi. SHu sababli organizm o’zining uglevod, yog’ va oqsillarni sarflay boshlaydi. Birinchi navbatda organizm teri osti yog’ qatlamidagi, mushakdagi, ichki azolardagi glikogen va yog’larni sarf qiladi. Bular sarflangan sari parenximatoz a’zolarining xujayralari yemirila boshlaydi. Oksidlanish jarayonlari susayadi, organizmning kislota-ishqor muvozanatining buzilishi ketozga olib keladi. bu atsidoz kelib chiqishiga sabab bo’ladi.

Oqsillar yemirilishi natijasida organizmda moddalar almashinuvi jarayonlarini yana ham yomonlashtiruvchi, instoksikatsiyani kuchaytiruvchi, vitaminlar sarflanishini oshiruvchi, gormon tizimi faoliyatining buzilishiga olib keluvchi oraliq toksik moddalar hosil bo’ladi. Ba’zi bir a’zo va tizimlarning izdan chiqishi funktsional o’zgarishlar bilan birga chuqur organik buzilishlarga olib kelishi mumkin. Gipotrofiyada yuqumli kasalliklar jarayonining ekzogen infektsiya yoki endogen yallig’lanish o’chog’i tarzida o’z o’rni bor. Kichik yoshdagi bolalar organizmi uchun yuqumli kasalliklar omili ta’siri ostida mahalliy to’qima to’sig’ining tez buzilishi xos, shu sababli to’qimalar yemirilishi natijasida xosil bo’lgan zaxarli maxsulotlar mezenximaning xujayra elementlari tomonidan zararsizlantiriladi. Bu jarayon mahalliy bo’lib qolmay, balki butun tana bo’ylab tarqaladi, zaxarli maxsulotlar qon tomirlar devoridan o’tib, parenximatoz xujayralarga boradi.

SHunday qilib gipotrofiyaning har qanday ko’rinishida oshqozon shirasining kislotalik xususiyati pasayadi, oshqozon fermentlari (pepsin, pepsin V, ximozin) ichaklarning, oshqozon osti bezining faoliyati pasayib qoladi, bularning hammasi o’z navbatida ovqat moddalari so’rilishini sekinlashtirib qo’yadi. SHuning natijasida bolaning ishtahasi bo’lmaydi.

Kasallik rivojlana borgan sayin bosh miya po’stloq qismining qo’zg’alishi kamaya boshlaydi. SHu bilan bir qatorda miya po’stloq osti hosilalarining hamda markaziy nerv sistemasi va uning vegetativ bo’limining faoliyati susayib ketishi natijasida umumiy sustkashlik paydo bo’ladi. Bu faza (davr) da modda almashinuvi jarayoniga hamda ichki a’zolarga markaziy nerv yo’llari orqali kasallik oqibatida paydo bo’lgan modda almashinuvi ta’sir ko’rsatadi.Kasallikning boshlang’ich davrida organizm o’z teri osti yog’ qavatidagi, mushaklardagi, ichki a’zolardagi to’plangan yog’ va glikogenlardan foydalanadi. Bu zahira moddalar tamom bo’lgach, parenxima a’zolari parchalana boshlaydi. Buning oqibatida dizergiya paydo bo’lib, bolaning kasallikka qarshilik ko’rsatish qobiliyati pasayib ketadi hamda sepsis kelib chiqadi.Ozg’inlik haddan tashqari rivojlanganda, bolaning tana og’irligi bilan uning yuzasiga bo’lgan nisbati buziladi, anabolizm va katabolizm o’rtasidagi munosabat ham izdan chiqadi. Natijada issiqlikning kimyoviy boshqarilishi ham izdan chiqadi. Ozg’inlikdan kelib chiqqan modda almashinuvi jarayonining buzilganligini qonda protein va xolesterinlarning pasayib ketishi, qoldiq azot mahsulotlari miqdorining oshishini, siydikda azotli mochevinaning pasayib, ammiak va azot aminokislotalarining oshib ketishi ko’rsatkichlari isbotlab beradi.Atsidozning yuzaga kelishida ozg’inlikka duchor bo’lgan bemor a’zolarining ko’p tuz (ayniqsa ishqorli) yo’qotishi alohida ahamiyatga ega. SHu bilan bir qatorda qonning fermentativ faolligi pasayadi, jigarning zaharli moddalarni zararsizlantirish qobiliyati izdan chiqadi, yurak-qon tomirlar yo’llarida, qon yaratilish a’zolarida ham o’zgarishlar yuz beradi. Markaziy nerv sistemasi uning po’stloq va po’stloq osti bo’limlaridagi chuqur o’zgarishlar tug’ma reflekslarining pasayishiga yoki yo’qolishiga olib keladi. Buning natijasida so’zlarni talaffuz qilishda, gipokeneziya, vegetativ nerv yo’llarida o’zgarishlar kuzatiladi. Parasimpatik innervatsiyaning ishi kuchayadi: ko’z qorachiqlari torayadi, yurak urishi sekinlashadi, arterial qon bosimi pasayib ketadi. Amper belgilarining pasayishi, dermografizmning pasayishi ham shular jumlasidandir. Hamma sanab o’tilgan o’zgarishlar vaqtincha bo’lib, keyinchalik bola sog’ayib ketishi mumkin.Ovqatli moddalarning ekzogen va endogen sabablar orqasida yetishmovchiligi vitaminlardan A, V guruhi, S larning keskin kamayishiga olib keladi.A’zolar va to’qimalardagi chuqur patomorfologik o’zgarishlarni ozg’inlikning og’ir turida kuzatish mumkin. Bunda terining haddan tashqari yupqalashishi, teri osti yog’ qavatining yo’qolishi, barcha a’zo va to’qimalarning atrofiyasi sodir bo’ladi. Quyida M.S.Maslov bo’yicha gipotrofiya patogenezining sxemasi keltirildi.




Download 4,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish