Ekzogen sabablar: ular turli-tuman bo’lib, quyidagilardan iborat:
- ovqatning sifatsiz va miqdor jihatdan kam bo’lishi;
- surunkali yuqumli kasalliklar;
- zaharli (gipervitaminozlar, dori-darmonlar ta’siri) ta’sirotlar;
- to’yib ovqat yemaslik.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan sabablar yig’indisi Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlariga xos xususiyatlardir. Lekin O’zbekiston Respublikasi ham bundan holi emas albatta.
Gipotrofiya kasalligining kelib chiqishida oshqozon-ichak yo’llarining yuqumli kasalliklari ham katta ahamiyatga ega. Ichaklarning yuqumli kasalliklari, kasalliklar oqibatida zararlanish ovqat moddalarining so’rilishini izdan chiqishi bilan bir qatorda oshqozon va ichakdagi fermentlar faolligini keskin pasaytiradi va dizbakteriozga olib keladi. Bu esa o’z navbatida gipotrofiyaning tez rivojlanishiga turtki bo’ladi.
Bolani tarbiyalashdagi kundalik rejim, parvarishlashdagi yetishmovchiliklar ham kasallikning rivojlanishida ma’lum ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |