Gipotrofiya. Ozg’inlik (gipotrofiya) O’zbekiston sharoitida keng tarqalgan bo’lib, oziqlanishning surunkali buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasallikdir. Jahon sog’liqni saqlash tashqilotining axborotiga qarganda bu kasallik 2 yoshgacha uchrab go’dak bolalarning 10-20 foizida kuzatiladi. Tana og’irligining izdan chiqishi bilan o’tadigan oziqlanishning surunkali buzilishi muhim masala bo’lib, ayniqsa yosh bolalar o’rtasida yuqumli kasalliklar va va o’limning ko’payishiga asosiy sabablardan biri hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi hududida bu muammo hanuzgacha yechilmay kelayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |