Gipotrofiyani boshqa kasalliklardan farqlash.
Gipotrofiyaning ba’zi ko’rinishlarida bolaning to’laligi va teri osti yog’ qatlami saqlangan holda uning og’irlik vazni hamda o’sishining barobar kamayish hollari kuzatiladi. Bunga gipostatura nomi berilgan. Bu oziqlanishning surunkali buzilishi, tug’ma yurak yetishmovchiligiga hamda endokrin bezlar kamchiligiga bog’liq bo’ladi. Bunday hollarda asosiy kasallik davolansa, bunday gipotrofiya tez o’tib ketadi.
Gipotrofiyani nanizmning hamma (gipofizar, tireoid, tserebral, yurak va b.) turidan farqlash lozim. Ba’zi oilalarda me’yorida o’sish (normotrofiya) hollari ham bo’lishi mumkinligini ham hisobga olish kerak. Bunday bolalarda to’qima turgori yaxshi saqlangan bo’lib, teri odatdagi rangda bo’ladi, vitamin yetishmovchiligi alomatlari kuzatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |