Gipotrofiyani davolash.
Ozg’inlikka mubtalo bo’lgan bemor bolalarni quyidagicha davo qilinadi. Avvalo kasallikni keltirib chiqargan omillar yo’qotiladi, parxez tayinlanadi, to’g’ri parvarishlash yo’lga qo’yiladi, kundalik rejimga qattiq rioya qilinadi. Uqalash va badantarbiya mashqlari qildiriladi. Yuqumli kasalliklar o’chog’ini topib uni davolanadi, vitaminlar va organizm quvvatini oshiradigan dori-darmonlar beriladi.
Gipotrofiyaning asosiy davosi parxez taomlar berishdir. Ovqat tarkibidagi masalliqlar yetarli miqdorda va sifatli bo’lmasa, unda kasalning ahvoli yanada yomonlashishi mumkin. Bu kasallikni davolash uchun hozirgi vaqtda ko’p yillik tajribalarga asoslangan holda bolani to’g’ri ovqatlantirish tadbirlari ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |