O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Tibbiy-pedagogika fakulteti 3-sonli ichki kasalliklar kafedrasi



Download 2,08 Mb.
bet14/18
Sana23.06.2017
Hajmi2,08 Mb.
#13555
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18

Amaliy mashg‘ulot № 8-9

Mavzu: «Qabziyat. Ichak ta’sirlanish sindromi taqoslama tashxissi, keksalarga xos qabziyat va yo‘g‘on ichak o‘smasi. UASh taktikasi. Tor mutaxasisga yullanma yoki bo‘limga gospitalizatsiga ko‘rsatma . Davolash prinsiplari, dispanser nazorati, QVP yoki OP sharoitida nazorat va reabilitatsiya. Profilaktika usullari. Mavzuni o‘qitish usullari. »

O‘qitish texnologiyasi

O‘qish vaqti: 6,4 soat

O‘quv mashg‘ulotlari strukturasi

  1. O‘quv xonasi.

  2. UASh xonasi

  3. O‘quv qullanma, fantom, mulyaj, tarqatma material, vaziyatli masala va testlar qullanmasi

  4. Televizor, video apparati, multimedia

O‘kuv mashg‘ulotlarining maqsadi: UAShni zamonaviy diagnostika savollari, taqoslama tashxis va qabziyat bilan bog‘liq turli i xil kasalliklarda qulay davolash usulini tanlashni, “Umumiy amaliyot shifokorining kvalifikatsion xarakteriktikasi”bo‘yicha ko‘rib chiqilgan talablar,sog‘liqni saqlashni birlamchi zvenosida bemorlarni olib borish sharoitlarini va klinik kechishining ahamiyati.

  • Pedagogik vazifalar:

  • Qabziyat diagnostikasida savollarni ko‘rib chiqish.

  • Ichak ta’sirlanish sindromi, kolit, yo‘g‘on ichak k o‘smasi,divertikulyoz, dolixokolon diagnostika savollarini ko‘rib chiqish.

  • Qabziyat bilan bemorlarni namoyish qilmoq.

  • Qabziyatda klinik-laborator-instrumental tekshiruvlarni muxokama qilish.

  • Qabziyat taqoslama tashxissi

UASh kvalifikatsion xarakteristikasi doirasida taktika olib borish savollarini muhokama qilish.

  • Davolash usullarini muhokama qilish(medikamentoz va nomedikamentoz)

  • QVP vaOP sharoitida bemorlarni kuzatish va monitoring o‘tkazish usullarini muhokama qilish

  • Mazkur kasalliklarning birlamchi,ikkilamchi va uchlamchi profilaktika usullarini muhokama qilish.




O‘quv jarayoni natijalari:

Talaba bilishi kerak:

  • Qabziyat mexanizmi va kelib chiqish sabablari

  • Qabziyatni klinik ko‘rinishlari.

  • Qabziyat diagnostikasi .

  • Qabziyat taqoslama tashxissi.

  • Mazkur kasalliklarda davolash tamoillari(medikamentoz va nomedikamentoz).

  • QVP vaOP sharoitlarida bemorlarni dispanser kuzatuvi va monitoring usullari

  • Mazkur kasalliklarning birlamchi ikkilamchi va uchlamchi profilaktika usullari.


Talaba bajara olishi kerak:

  • Qabziyat bilan kechadigan kasalliklarni tashhisida mavjud shikoyat va anamnezlarni e’tiborga olish.

  • Qabziyatni laborator­­-instrumental tekshiruvlar va klinika bo‘yicha tashhislash va qiyosiy tashhislash.




  • Qabziyatni davolashda medikamentoz dori vositalarini to‘g‘ri tanlash.

  • Davolashning nomedikamentoz usuli bilan konsultatsiya qilish.

  • QVP vaOP sharoitlarida monitoring o‘tkazish.

O‘qitish usullari

«rotatsii» usuli, piramida, namoyish etish, video ko‘rish, munozara,suhbat, testlarni yechish va situatsion masalalar.

O‘quv ishlarini tashkillashtirish shakllari

Yakka tartibda ishlash, guruhlarda ishlash, jamoa, auditoriya, auditoriyadan tashqarida.

O‘qitish vositalari

Tarqatma o‘quv materiallari,viziual materiallar, videofilmlar, mulyajlar, grafik organayzerlar, tibbiyot kartalari komplektlari, tablitsalar, stendla

Qayta bog‘lanish vositalari va imkoniyatlari

Blis-o‘yin, testlashtirish, prezentatsiya o‘qish vazifalarini bajarish natijalari, tibbiyot varaqalarini to‘ldirish, “mutaxassislik so‘rovnomasi”amaliy ko‘nikmasini to‘ldirish.



Mashg‘ulotning texnologik xaritasi

Mavzu: «Qabziyat. Ichak ta’sirlanish sindromi taqoslama tashxissi, keksalarga xos qabziyat va yo‘g‘on ichak o‘smasi. UASh taktikasi. Tor mutaxasisga yullanma yoki bo‘limga gospitalizatsiga ko‘rsatma . Davolash prinsiplari, dispanser nazorati, QVP yoki OP sharoitida nazorat va reabilitatsiya. Profilaktika usullari. Mavzuni o‘qitish usullari. »




Amaliy mashg‘ulot bosqichlari

Mashg‘ulot shakllari

O‘tkazish joyi

Mashg‘ulot davomiyligi

225

1

Kirish qismi(mavzu bilan tanishish)




10

2

Yangi pedagogik texnologiya qo‘llagan holda amaliy mashg‘ulotlar mavzularini muhokama qilish ( «rotatsii »usuli), shuningdek demonstratsion materiallar (tibbiyot kartalari komplektlari , jadvallar, plakatlar, rentgenogrammalar), natijaviy darajalarni aniqlash.

So‘rov,muhokama

O‘quv xonalari,UASh kabinetlari.

40

3

Muhokama xulosasi.




10

4

Amaliyot bosqichini bajarish uchun vazifani aniqlash- mutaxassislik so‘rovi. Tibbiyot varaqalarini to‘ldirishda berilgan vazifalarni bajarish uchun tushuntirish va tavsiyalar.

Muhokama

UASh xonasi

20

5

O‘qituvchi kuzatuvi ostida amaliy qismni olib borish.

Mutaxassis.So‘rov,Tibbiyot varaqalarini to‘ldirish va bemorlar bilan suhbat, vaziyatli masalalar.

Bemorlarni poliklinikada qabul qilish va uydagi ko‘rik.

20

6

Bemorlarni tekshiruv taxlilsi- shikoyatlar, ko‘zdan kechirish,bemorlar palpatsiya, perkussiya, auskultatsiyasi, UQT,USA va bioximicheskie analiz tekshiruvi va tashhis qo‘yish.

Kasallik tarixlari,

Vaziyatli masalalarning laborator ma’lumotlari.




25

7

Talabalarni nazariy,amaliy bilimlarini muhokama qilish,materialni mustahkamlash,bilimlarni baholash darajalarini aniqlash.


Oraliq nazorat, testlar, muhokama, amaliy ko‘nikmalar.

Poliklinika o‘quv xonasi.

75

8

Amaliy mashg‘ulot mavzusi bo‘yicha xulosa chiqarish,100 balli sistema asosida baholarni e’lon qilish.Keyingi mashg‘ulot uy vazifasi.(nazorat savollari)

Mustaqil ish bo‘yicha savollar va ma’lumot berish. Poliklinika o‘quv xonasi.

25


2. Motivatsiya

Qabziyat shikoyati bilan bemorlar ko‘pincha birinchi bo‘lib UAShga murojaat qilishadi. Bu xolatda UASh e’tibori QVP sharoitida birlamchi yordam ko‘rsatish uchun yoki maxsus statsionarga yullanma berish uchun qabziyat bilan bog‘liq turli xil kasalliklar diagnostikasiga qaratiladi. Bu xol UASh tayyorlash dasturida ushbu mavzuni qo‘shilishiga asos bo‘ladi.



3. Fanlar aro va fan ichida bog‘liqlik

Anatomiya, Gistologiya embriologiya va sitologiya, Biologiya, Normal fiziologiya, Bioximiya,. Patologik anatomiya, Patologik fiziologiya, Topografik anatomiya va operativ xirurgiya, Ichki kasalliklar propedevtikasi, Tuberkulez,. Onkologiya, Rentgenologiya va Tibbiy radiologiya, Fizioterapiya, Endokrinologiya, Fakultet terapiya, Gospital terapiya, Ortopediya.



4. Dars mazmuni

Mavzuni muxokama qilishda quyidagi aspektlarga e’tibor berish kerak.

Qabziyat – bu kam miqdordagi qattiq axlatni qiyin ajralishi. Kam ich kelishi, defekatsiyadan keyin ichakni to‘liq bo‘shamaganlik xissi, kuniga 2-3marta yumshoq ichni kelishi – bu normal, kuniga bir necha marta ichni qattiq kelishi xam qabziyat xisoblanadi.

Funksional qabziyat . Funksional qabziyatni 3 turi faqlanadi; oddiy qabziyat; ichak gipokinezi bilan bog‘liq qabziyat; ; ichak gipokineziga bog‘liq bo‘lmagan qabziyat (ichak tasirlanish sindromi).Odiy qabziyat nisbatan ko‘p tarqalgan bo‘lib, sababi noto‘g‘ri ovqatlanish, kam xarakat xayot tarzi, defekatsiyaga chaqiriqni bosib turish, ish sharoitini noqulayligi, uzoq safardagi o‘rganilmagan ovqat istemol qilish. Doimiy defekatsiyaga chaqiriqni bosib turish diskineziya xolatiga olib keladi, qochonki to‘g‘ri ichak ampulasini kengayishiga sezgirligi oshganda. Ichak gipokeniziyasi odatda yoshlarda aniqlandi.Qabziyat bolalik yoki o‘smirlik davrida boshlanadi ,to‘g‘ruqdan keyin , ozish maqsadida yoki operatsiya maqsadida qatiy dieta qilganda kuchayadi. Tekshiruvlardardan so‘ng qabziyatga olib keluvchi organik sabablar inkor qilingandan keyin ovqatlanishni uzgartirish va sog‘lom turmush tarzi olib borish to‘g‘risida tavsiyalar beriladi.

Orttirilgan megakolon Asosiy sabablari: ich bushashtiruvchilarni uzoq qabul qilgandan so‘ng bekor qilganda; gipotireoz; sistemali sklerodermiya. Klinika: qorinni sezilarli dam bulishi; rektal tekshiruvda – to‘g‘ri ichak ampulasini kengayganligi va orqa chiqaruv teshigi sfinkteri tonusi pasayganligi; irrigografiyada axlat massasi bilan to‘lgan, kengaygan yo‘g‘on ichak aniqlanadi. Amaliy maslaxatlar: qabziyatni organik sabablarini inkor qilish; to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi xaqida tavsiyalar beriladi; ich suruvchi preparatlarni uzoq vaqt qabul qilmaslik; Qabziyatda najasning to‘q qizil rangli qon bilan kelishi yug‘on ichak rakigaa shubxa tug‘diradi, alvon rangli qon bilan kelishi gemorroyga xarakterli; diuretik qabul qiladigan bemorlarda gipokaliemiya bo‘lishi qabziyatga olib keladi.

Yo‘g‘on ichak raki. Ko‘proq 50 yoshdan oshgan erkaklarda uchraydi ; kech aniqlanishi tufayli o‘lim 60%ni tashkil qiladi; 70% xollarda o‘sma to‘g‘ri ichakda joylashadi. Xavf omillari: nospesifik yarali kolit; tug‘ma oilaviy yo‘g‘on ichak polipozi; yug‘on ichakni surg‘ichli o‘smasi. Klinikasi:najasning qon va shilliq aralash kelishi ; qabziyat ba’zan ich ketiishi; ichakni to‘liq bo‘shamaslik xissi; qorinda noxush xislar yoki to‘lg‘oqsimon og‘riqlar; orqa chiqaruv yuli soxasida noxush sezgi; anemiya.

Ichak devirtikulyozi katta yoshlarda ko‘p uchraydi

(40 yoshdan kattalarda). Unga yo‘g‘on ichakni pastga tushgan qismida ko‘p miqdorda divertikullar bo‘lishi xos.Kasallik sababi kam klechatka istemol qilish bilan bog‘liq. . Klinikasi: ichak divertikulezi aksariyat xollarda belgisiz kechib, qabziyat yoki ich ketishi bilan almashib turadi, gipogastral soxaning chap tomonida og‘riqlar kuzatiladi. Bemorlar palpatsiiyada chap yonbosh soxasida og‘riqlarga, ko‘p miqdorda qon ketishiga , o‘tkir qorin belgilari qo‘shilishiga shikoyat qilishadi.Asoratlari: abssess, divertikul perforatsiyasi, peritonit, ichak tutilishi, oqmalar xosil bo‘lishi . Qonda leykotsitoz, EChT ni oshishi kuzatiladi. Tashxis qo‘yish uchun rektoromanoskopiya, kolonoskopiya, irrigoskopiya o‘tkazish lozim.



Surunkali kolit – Yo‘g‘on ichakni surunkali yallig‘lanishi. Klinikasii: qabziyat va ich kelishini almashib kelishi, ichakni to‘liq bo‘shamaslik simptomi, yolg‘on chaqiriqlar, qorinda og‘riq, meteorizm, anoreksiya, poligipovitaminoz, anemiya.

Davolash: mexanik ximoyalovchi parxez, kam tez-tez ovqatlanish, keng spektrli antibiotiklar, sulfanilamidlar, bifidumbakteriya va ichak tayoqchasi liofilizirlangan kulturasi, yaqqol ifodalangan metiorizmda aktivlashgan ko‘mir beriladi


Usul qanday utkaziladi

"Qor parchasi"usuli.

Maqsad: Talabalarni o‘tilayotgan mavzuga oid bilimlarini nazorat qilgan xolatda ularni barchasini o‘quv jarayoniga jalb qilish.

Usulning asosiy xususiyatlari

Guruxni 2-3ta kichik guruxlarga bo‘linadi , xar bir gurux bir xil muammo yoki vaziyatli masalani yechgan xolda eng kup to‘g‘ri javob to‘plashadi. Xar bir to‘g‘ri javobga qor parchasi ko‘rinishida ball beriladi . Ko‘proq ball to‘plagan guruxga yuqori baxo qo‘yiladi.


Afzalliklari: zamonaviy usul fikrlash jarayonini aktivlashtiradi va darsni jonlantiradi. Masalan: “Qabziyat” mavzusi bo‘yicha topshiriqlar: qabziyat bilan kechuvchi kasalliklarda qo‘llaniladigan laborator-instrumental ma’lumotlarni sanab bering.

Bu usul talabalarni tez fikrlashga, o‘qituvchiga o‘tilgan ma’lumotni ob’ektiv baxolashga yordam beradi .



"Qor parchasi"usuli.

Maqsad: Talabalarni o‘tilayotgan mavzuga oid bilimlarini nazorat qilgan xolatda ularni barchasini o‘quv jarayoniga jalb qilish.

Usulni asosiy vaziyati .

Guruxni 2-3ta kichik guruxlarga bo‘linadi , xar bir gurux bir xil muammo yoki vaziyatli masalani yechgan xolda eng kup to‘g‘ri javob to‘plashadi. Xar bir to‘g‘ri javobga qor parchasi ko‘rinishida ball beriladi . Ko‘proq ball to‘plagan guruxga yuqori baxo qo‘yiladi.



        1. Funksional qabziyat turlari

        2. Divertikulez kilinikasi

        3. Surunkali kolit davolash.

Javoblar:

1. Funksional qabziyatni 3 turi faqlanadi; oddiy qabziyat; ichak gipokinezi bilan bog‘liq qabziyat; ; ichak gipokineziga bog‘liq bo‘lmagan qabziyat (ichak tasirlanish sindromi).

2. Klinikasi: ichak divertikulezi aksariyat xollarda belgisiz kechib, qabziyat yoki ich ketishi bilan almashib turadi, gipogastral soxaning chap tomonida og‘riqlar kuzatiladi. Bemorlar palpatsiiyada chap yonbosh soxasida og‘riqlarga, ko‘p miqdorda qon ketishiga , o‘tkir qorin belgilari qo‘shilishiga shikoyat qilishadi.

3. Davolash: mexanik ximoyalovchi parxez, kam tez-tez ovqatlanish, keng spektrli antibiotiklar, sulfanilamidlar, bifidumbakteriya va ichak tayoqchasi liofilizirlangan kulturasi, yaqqol ifodalangan metiorizmda aktivlashgan ko‘mir beriladi






Baxo

A’lo

Yaxshi

Qoniqarli

Qoniqarsiz

Yomon




O‘zlashtirish %

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% va undan past

1

Nazariy qism

20-17,2

Ball

17-14,2 ball

14-11 ball

10,8-7,4 ball

7,2 ball


4.2 Analitik qism

Vaziyatli masalalar:

1. 32-yoshli xaydovchi vrachga ovqatlangandan so‘ng 1 soat o‘tgach ko‘krak osti soxasidagi og‘riqga, qabziyatga shikoyat qilib keldi. 2 yildan beri o‘zini kasal deb xisoblaydi, baxor va kuzda qo‘zish kuzatiladi . Bemor o‘z xolatini “zaxarlanish” bilan bog‘laydi, uyida o‘zicha dorilar ichgan , lekin vrachga murojaat qilmagan. Oxirgi 3 kundan beri axvoli og‘irlashgan, najasni qorayishi , xolsizlik , bosh aylanishi bilan kechgan.

Chekadi , alkogolni suvistemol qiladi, ovqatlanish tartibini muntazam ravishda saqlamaydi.

Bemorni ko‘rganda umumiy axvoli nisbatan qoniqarli, normostenik tipda. Tili oq karash bilan qoplangan.Qorin palpatsiyasida korni yumshoq , chuqur palpatsiyada piloro-duodenal soxada og‘riqli. Boshqa organlarda patalogiya aniqlanmadi. . Puls 98 daqiqaiga , AD 115/65 mm.sim. us.

1. Yuqoridagi belgilar uchraydigan 5tadan kam bo‘lmagan kasalliklarni ayting -20 ballov.

2. Sizning taxminiy tashxisingiz -30 ballov.

3.Bemorda asoratlarni kelib chiqishini bildiruvchi erta belgilarni ko‘rsating. -25 ballov.

4.UASh taktikasi -10 ballov.

Javoblar:



Javoblar

Ball

1

Oshqozon yara kasalligi , 12 b.i yara kasalligi, xolesistit, gastrit, pankreatit.

20

2

12 b.i yara kasalligi , qon ketish asrati bilan

30

3

Ichni qora kelishi, umumiy xolsizlik, bosh aylanishi

25

4

Xirurgiya bo‘limiga gospitalizatsiya.

25

2) 37 yoshli erkak UAShga epigastral soxodagi og‘riqlar bu og‘riqlarni yurakka uzatilishi, kungil aynishi, jig‘ildon qaynashi, umumiy xolsizlik shikoyatlari bilan murojaat qilib keldi. Og‘riq ovqat yegandan 30-20 min dan so‘ng boshlanadi . Anamnezdan: o‘tgan baxorda xam og‘riqlar kuzatilgan.Bemor davolanmagan va og‘riqlar 1oydan keyin o‘tib ketgan. Ob’ektiv: umumiy axvoli qoniqarli. Teri qoplamlari toza, och pushti rangda, tili kulrang-oq rangli karash bilan qoplangan. Palpatsiyada qorini yumshoq, mezogastriya va chap qovurg‘a osti soxasida lokal og‘riqlar. Jigar va taloq kattalashmagan. Turtki simptomi ikki tomonlama manfiy. Ich kelishi qabziyatga moyil. Diurez regulyar.

1. Yuqoridagi belgilar uchraydigan 5tadan kam bo‘lmagan kasalliklarni ayting -15 ballov.

2. Sizning taxminiy tashxisingiz -25 ballov.

3. Quyidagi diagnozni tasdiqlash uchun qanday qo‘shimcha tekshirishlar utkazish kerak -15 ballov.

4. Qanday asoratlar kuzatilishi mumkin -20 ballov.

5. UASh taktikasi -10 ballov.

6. konservativ davo -15 ballov.

3) 20yoshli talaba och qolganda va qechqurun qorinda og‘riq,og‘riqni umurtqa pog‘onasiga uzatilishi , bosh aylanishi,qabziyatga shikoyat qilib keldi. Og‘riq ovqat yegandan 1.5-2 soatdan so‘ng boshlanadi Ob’ektiv:bemor ozg‘in. Teri qoplamlari toza, och pushti rangda, tili karash bilan qoplangan. Palpatsiyada qorini yumshoq, o‘ng tomonlama epigastral soxasida lokal og‘riqlar. Jigar kattalashmagan.

UQT: Nv - 100 g/l, eritrotsitlar - 3,0 ´10¹²/l, leykotsitlar - 8,7 ´ 109/l,EChT - 20 mm/s.


1. Yuqoridagi belgilar uchraydigan 5tadan kam bo‘lmagan kasalliklarni ayting -15 ballov.

2. Sizning taxminiy tashxisingiz -30 ballov.

3. Etiologik turlarini ko‘rsating Perechislite -25 ballov.

4. UASh taktikasi -10 ballov.

5. Davolash tamoyillari -20 ballov.

4) UASh qabulida 18 yoshli talaba och qolganda va qechqurun qorinda og‘riq,og‘riqni umurtqa pog‘onasiga uzatilishi, jig‘ildon qaynashiga, kekirish, qabziyatga shikoyat qilib keldi.

Anamnezdan: katta akasi 12 b.i yara kasalligi bilan kasallangan.Ob’ektiv:bemor ozg‘in. Teri qoplamlari va shilliq qavatlari rangpar, tili karash bilan qoplangan. Palpatsiyada qorini yumshoq, o‘ng tomonlama epigastral soxasida lokal og‘riqlar,qabziyat.

1. Yuqoridagi belgilar uchraydigan 5tadan kam bo‘lmagan kasalliklarni ayting

2. Sizning taxminiy tashxisingiz;

3. Kasallik kelib chiqishiga qarshilik qiluvchi ximoya faktorlarini sanang(5tadan kam bo‘lmagan)

4. UASh taktikasi va davolash tamoyillari.

5) 28 yoshli bemor UASh qabuliga qorinda spastik og‘riqlarga va bu og‘riqlarni ichni bo‘shatgandan so‘ng kamayishiga shikoyat qilib keldi. letniy Anamnezdan bemor bolaligida dezenteriya bilan kasallangan. Ob’ektiv ko‘rikda qorni kattalishgan, shishgan, palpatsiyada yo‘g‘on ichak soxasida g‘uldirash va og‘riq ,qabziyat aniqlandi. Axlat qo‘y qumalog‘i kurinishida 3-4 kunda 1marta keladi.




  1. Yuqoridagi belgilar uchraydigan 3tadan kam bo‘lmagan kasalliklarni ayting

  2. Sizning taxminiy tashxisingiz;

  3. Diagnozni tasdiqlash uchun qanday qo‘shimcha tekshirishlarni o‘tkazish kerak

  4. Diagnozni tasdiqlash uchun qanday instrumental tekshirishlarni o‘tkazish kerak

  5. UASh taktikasi va davolash tamoyillari.

6) .64 yoshli bemor UASh qabuliga epigastral soxada ovqat yegandan 20-40 min o‘tgach yuzaga keladigan to‘lg‘oqsimon og‘riqlarga, qorin dam bo‘lishi va g‘o‘ldirashiga, qabziyat va ich kelishini almashib kelishiga, ozib ketishga shikoyat qilib keldi. Anamnezda: bir necha yillardan beri qandli diabet 2 tip va YuIK gi bilan xastalangan. Uyida nitroglitserin qabul qilgan va axvoli bir muncha yaxshilangan. Ob’ektiv ko‘rik: bemor ozg‘in. Teri qoplamlari va shilliq qavatlari rangpar,toza.Yurak tonlari bo‘g‘iq, ritmik. Puls 80 ta 1 min.da AD – 130/80 mm.sm.ust. O‘pkada vezikulyar nafas, tili quruq, oq karash bilan qoplangan.

Palpatsiyada qorini yumshoq, epigastral soxada og‘riqlar. Qorin aortasini auskultatsiyasida sistolik shovqin. Jigar va taloq kattalashmagan. Ich kelishi – qabziyat va ich ketishi almashib turadi .

1. Yuqoridagi belgilar uchraydigan 5tadan kam bo‘lmagan kasalliklarni ayting

2. Sizning taxminiy tashxisingiz;

3. Diagnozni tasdiqlashda informativ usul

4. Diagnozni tasdiqlashda xal qiluvchi tekshirish usuli
5. UASh taktikasi va davolash tamoyillari.
7) Bemor G 29 yoshda xususiy tadbirkor, tez-tez safarlarda bo‘ladi. UASh xuzuriga qabziyatga shikoyat qilib keldi . Anamnezdan qabziyat 3-4 yildan beri bezovta qiladi, o‘zi senade qabul qilgan. Ob’ektiv: umumiy axvoli nisbatan qoniqarli. Teri qoplamlari va ko‘rinadigan shilliq qavatlari odatdagi rangda, Teri osti yog‘ qavati kam rivojlangan . O‘pkada vezikulyar nafas . Yurak tonlari bo‘g‘iq, ritmik. Puls 80 ta 1 min.da AD – 110/70 mm.sm.ust.Tili nam, toza. Palpatsiyada qorini yumshoq, og‘riqsiz, biroz shishgan. Jigar va taloq kattalashmagan. Turtki simptomi ikki tomonlama manfiy.Siyishi erkin, og‘riqsiz. Ich kelishi kuniga 2-3 marta, qattiq. UQT, USA, UAA o‘zgarishsiz.


  1. Yuqoridagi belgilar uchraydigan 3tadan kam bo‘lmagan kasalliklarni ayting

  2. Sizning taxminiy tashxisingiz;

3. Diagnozni tasdiqlashda informativ usul

4. UASh taktikasi va davolash tamoyillari.


8) 35-yoshli xaydovchi UAShga ovqatlangandan so‘ng 1 soat o‘tgach ko‘krak osti soxasidagi og‘riqga, qabziyatga shikoyat qilib keldi. 3 yildan beri o‘zini kasal deb xisoblaydi, baxor va kuzda qo‘zish kuzatiladi . Bemor o‘z xolatini “zaxarlanish” bilan bog‘laydi, uyida o‘zicha dorilar ichgan , lekin vrachga murojaat qilmagan. Oxirgi 4 kundan beri axvoli og‘irlashgan, najasni qorayishi , xolsizlik , bosh aylanishi bilan kechgan. Chekadi , alkogolni suvistemol qiladi, ovqatlanish tartibini muntazam ravishda saqlamaydi.

Bemorni ko‘rganda umumiy axvoli qoniqarli, normostenik tipda. Tili oq karash bilan qoplangan.Qorin palpatsiyasida korni yumshoq , chuqur palpatsiyada piloro-duodenal soxada og‘riqli. Boshqa organlarda patalogiya aniqlanmadi. . Puls 84 daqiqaiga , AD 110/70 mm.sim. us.


1. Yuqoridagi belgilar uchraydigan 3tadan kam bo‘lmagan kasalliklarni ayting

2. Sizning taxminiy tashxisingiz;

3. Diagnozni tasdiqlashda informativ usul

4. UASh taktikasi va davolash tamoyillari.

5 . Kasalxonagacha bo‘lgan yordam (nomedikamentoz va medikamentoz );
9) 72 yoshli bemor UAShga chap yonbosh soxasidagi og‘riqga,qabziyat, ichini to‘liq bo‘shamaslik xissiga, umumiy xolsizlik, ishtaxasini yo‘qligiga shikoyat qilib keldi. Ob’ektiv ko‘rik: bemor ozg‘in. Teri qoplamlari va shilliq qavatlari rangpar,toza.Yurak tonlari bo‘g‘iq, ritmik. Puls 100 ta 1 min.da AD – 110/60 mm.sm.ust. O‘pkada vezikulyar nafas, tili kulrang karash bilan qoplangan.

Palpatsiyada qorini yumshoq, qorinning chap yarmida chegaralangan shish , ko‘rinib turgan ichak peristaltikasi, chap yonbosh soxada og‘riqlar aniqlandi . Jigar va taloq kattalashmagan. Ich kelishi – qabziyat. UQT- anemiya, leykotsitoz, EChTni-40mm/soatga oshishi. Axlat- qon va shilliq aralashgan.

1. Yuqoridagi belgilar uchraydigan 5 tadan kam bo‘lmagan kasalliklarni ayting;

2. Sizning taxminiy tashxisingiz;

3. Diagnozni tasdiqlashda informativ usullar;

4. UASh taktikasi va davolash tamoyillari;


10) Bemor 36 yoshda, UAShga murojaat qilib keldi . Shikoyatlari: ovqat yegandan 1 soat keyin yuzaga keladigan epigastral soxadagii og‘riqlar, och qolganda va qechqurun qorinda og‘riq, qabziyat,jig‘ildon kaynashi. Bemor o‘zini 7yildan beri kasal deb xisoblaydi . baxor va kuzda kasllikni qo‘zishi kuzatilgan. Bemor vikalin, vitamin U, gastrofarm bilan davolangan. Bugun ertalab tusatdan bosh aylanishi, ko‘ngil aynish, qon qusish, keskin xolsizlik boshlangan. Ob’ektiv:umumiy axvoli og‘ir, qo‘rquv xissi, teri va kurinadigan shilliq qavatlari rangpar, qo‘l va oyoq uchlari sovuq. Yurak tonlari jarangdor, tiniq, puls 100-120ta 1 min.da,AD 85/45mm.sm.us.Tili oq karash bilan qoplangan, quruq . Palpatsiyada qorini yumshoq, ko‘krak osti soxasi og‘riqli, bu og‘riqlar umurtqa pog‘onasiga uzatiladi. Qayt qilgandan so‘ng og‘riqlar kamayishi kuzatilgan. UQT: Nv -70 g/l, erit – 2,8*1012 v 1 ml/l, lek – 9,2*109, EChT - 20mm/s.
1. Yuqoridagi belgilar uchraydigan 3 tadan kam bo‘lmagan kasalliklarni ayting;

2. Sizning taxminiy tashxisingiz;

3. Diagnozni tasdiqlashda informativ usullar;

4. UASh taktikasi va davolash tamoyillari;

5. Kasalxonagacha bo‘lgan yordam (nomedikamentoz va medikamentoz );
11). 52 yoshli ayol UAShga qorinini dam bo‘lishi, ovqat yegandan so‘ng qorinni xamma qismida og‘iq va bu og‘riqlarni defekatsiya yoki yel chiqargandan keyin kamayishi, jizzakilik, 4-5 kundan beri qabziyatga, yaxshi uxlolmaslikka shikoyat qilib keldi. Anamnezdan: 6 yildan beri kasal. . Ob’ektiv: umumiy axvoli nisbatan qoniqarli. Teri qoplamlari va ko‘rinadigan shilliq qavatlari odatdagi rangda, Teri osti yog‘ qavati kam rivojlangan . O‘pkada vezikulyar nafas . Yurak tonlari normal, ritmik. Puls 90 ta 1 min.da AD – 130/60 mm.sm.ust.Tili karash bilan qoplangan, chetida tish izlari bor. Palpatsiyada qorini biroz shishgan,yumshoq, sigma qismi og‘riqli . Jigar va taloq kattalashmagan. Turtki simptomi ikki tomonlama manfiy.Siyishi erkin, og‘riqsiz. Ich kelishi-qabziyat.

Rektoromanoskopiya:to‘g‘ri ichakni va sigmasimon ichchakni shilliq qavatida kataral o‘zgarishlar,shilliq aniqlangan.

1.Yuqoridagi belgilar uchraydigan 3 tadan kam bo‘lmagan kasalliklarni ayting;

2. Sizning taxminiy tashxisingiz;

3. Diagnozni tasdiqlashda informativ usullar;

4. UASh taktikasi va davolash tamoyillari;

12) 74 yoshli bemor qorindagi biroz og‘riqlarga, 4-5 kundan buyon ich kelmasligiga, vaqti-vaqti bilan axlatda qon bo‘lishiga, tana xaroratini 37,5 Sga ko‘tarilishiga, umumiy xolsizlikka shikoyat qilib keldi. Oxirgi 4 kundan beri ishtaxasini yo‘qligan va ko‘ngil aynigan. Ob’ektiv ko‘rik: bemor ozg‘in. Teri qoplamlari quruq . O‘pkada vezikulyar nafas .Yurak tonlari o‘r tacha jarangli , ritmik. Puls 70 ta 1 min.da AD – 130/85 mm.sm.ust. Tili oq karash bilan qoplangan, chetida tish izlari.

Palpatsiyada qorini yumshoq, chap yonbosh soxasi og‘riqli va o‘sha soxada xarakatsiz, aniq konturli xosila aniqlandi. Qorin mushaklari zo‘riqishi yo‘q. UQT da anemiya, leykotsitoz,EChT oshishi.

1. Yuqoridagi belgilar uchraydigan 4 tadan kam bo‘lmagan kasalliklarni ayting;

2. Sizning taxminiy tashxisingiz;

3. Diagnozni tasdiqlashda informativ usullar;

4. UASh taktikasi va davolash tamoyillari;

13) 59 yoshli bemor UAShga o‘ng yonbosh soxasida og‘irlik , teri qichishi, ishtaxani pasayishi , yog‘li ovqatlarni ko‘tara olmaslik, kekirish, ko‘ngil aynish , qabziyat, rangsizlangan axlatga shikoyat qilib keldi. Anamnezdan: 16 yil oldin virusli gepatit o‘tkazgan, 1oydan buyon terida qichishish bezovta qiladi va shu vaqt ichida ishtaxasini pastligi tufayli 4 kg.ga ozib ketdi.. Ob’ektiv: terisi sarg‘aygan, qashinish izlari, limfa tugunlari kattlashmagan. kojnыe pokrovы jeltushnы, so sledami raschyosov, limfouzlы ne proщupыvayutsya. O‘pkada vezikulyar nafas .Yurak tonlari jarangli. Puls 65 ta 1 min.da AD – 110/70 mm.sm.ust. Tili qizil. Palpatsiyada qorini yumshoq, o‘ng qovurg‘a osti og‘riqli. Jigar qovurg‘a yoyi ostidan 2 sm chiqqan, yumshoq. Taloq paypaslanmaydi. UQT da er - 3,7 mln, Nv - 78 g/l, rang.ko‘r. - 0.9, Ley. - 8,0 ming, EChT - 23 mm/soat. USA: o‘t pigmentlariga reaksiya musbat.

1. Yuqoridagi belgilar uchraydigan 4 tadan kam bo‘lmagan kasalliklarni ayting;

2. Sizning taxminiy tashxisingiz;

3. Diagnozni tasdiqlashda informativ usullar;

4. UASh taktikasi


Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish