umumiylikka ega emas. Patobiomexanik klinikada oxirgilarni hosil bo‘lishi postural
mushaklarni qisqarishi va jismoniy mushaklarni bo‘shashi hisobiga mushaklarni
funksiyasi buzilishi sabab deb ko‘rsatiladi. Hozirgi vaqtda mushaklarni – postural
regionar balansini buzilishi tayanch harakat appparatida degenerativ o‘zgarishlarni
rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Suyak tizimi. Suyak skeletini shakliga e’tibor beriladi, u tor,
keng va normal deb
baholanadi. Suyak skeleti shakli haqida Soloveva indeksi bir qator tushuncha beradi.
Ayollarda tirsak aylanasi 16 sm katta, erkaklarda 18 sm katta bo‘lsa suyak skeleti shakli
8 keng deb tavsiflanadi. Suyak skeleti shakli baholashni boshqa usuli quyidagicha, ya’ni
qo‘lingizni panjalari bilan o‘zini tirsagini ushlash, agar qo‘lni katta barmog‘ini distal
falangasi o‘rta barmoqning shu falangasi bilan tegishsa, suyak skeletini shakli normal
hisoblanadi.
Agar bitta barmoqning falangasi boshqasini ustiga tushsa yoki ular orasida masofa
qolsa suyak skeletini shakli tor yoki keng hisoblanadi. Bo‘g‘imlarda harakat kuzatiladi.
Suyakni va suyak bo‘g‘imlarini palpatsiyasida og‘riqli nuqtalar yoki harakatni
chegaralanish borligi, harakat amplitudasini pasayishi kuzatilishi mumkin:
-
mushakni qisqarish qobiliyati yo‘qligi (mushakni rigidligi va spastikasi)
-
bo‘g‘imlarda ma’lum patologiyani bo‘lishi (artroz, artrit)
-
pay, mushak, bog‘lam bo‘g‘imlarni travmasida davolash
va immobilizatsiyasi
natijasida vaqt bo‘g‘imlarini harakatsizlanishi
-
doimiy surunkali travma yoki nostabil bo‘g‘imda, mushak pay to‘qimalarini
kolepitsator himoyalovchi qisqarishiga olib keladi.
Teri osti yog‘ kletchatkasi. Yog‘ komponenti tananing shaklini keltiradi, shaxsiy
gormonal statusni ifodalaydi, modda almashinuvini va nerv faoliyati turiga ta’sir qiladi.
Yog‘ massasini rivojlanishi va uni taqsimlanishi irsiy bo‘lib, mushak og‘irligi sig‘imiga
va suyakning nisbiy og‘irligiga bog‘liq emas. Yog‘ komponenti yoshning funksiyasiga
bog‘liq. Hayot davomida, qarilikda yog‘ qatlamini kamayishi ko‘payadi. Tanadagi yog‘
massasini baholashda kolpimetr metodidan foydalaniladi. 25 yoshdan katta bo‘lmagan
shaxslarni tekshirishda 4 ta yog‘ burmalarini qalinligi (YoB4) o‘lchanadi. Oldindan (ikki
boshli mushak), orqadan (uch boshli mushak), yelka yuzasidan o‘lchanadi. Sonni
yuqoriligi 1/3 qismini mushak yo‘nalishi bo‘ylab, pastki 1/3 qismini 4
boshli mushakni
ustidan burmani vertikal olinadi. Hisob formula bilan qilinadi. AQ (EB4-S)/D. A –
kattalik, S va D konstantalari 10 ilovada keltirilgan.
Hozirgi paytda chet el firmalari (Yaponiya, Gollandiya) tanadagi yog‘
to‘qimalarini o‘lchaydigan moslama ishlab chiqaryapti. Tanadagi yog‘ komponentini
aniqlash prinsipi to‘qimalardan o‘tayotgan tok qarshiligini o‘lchashga asoslangan.
Ko‘krak qafasi shakli. Ular silindrik, konussimon, bochkasimon, yassi, tovuqsimon
deb baholanadi. Bundan tashqari ikkala tomoni tekis rivojlanganligi hisobga olinadi.
Bel shakli. Sagital tekislikdagi fizioliogik bukilmalarga e’tibor beriladi. Fiziologik
bukilmalarni rivojlanishi va yassilanishi, mushaklarni disbalansi, biriktiruvchi to‘qimani
displaziyasi yoki umurtqani anomaliyasi natijasida bo‘lishi mumkin. Masalan, ko‘krak
gipofizini bir oz rivojlanishi - umurtqa tanasini oldingi opofiz qismini suyaklari
markazini yaxshi rivojlanmaganligi oqibatida Sheyerman- Mau kasalligi kuzatiladi.
Bunda umurtqalar shaklini egallaydi. Tekshirilganda umurtqa chizig‘ini chapga yoki
o‘nga siljigani ko‘riladi, ayniqsa qo‘lni oldinga qilib egilganda, yaqqol bilinadi.
Tovon va oyoq shakli. Tibbiyot va sport mutaxassisi tomonidan doimo harakat
tayanch apparatini tekshirishga e’tibor beriladi. Harakat tayanch apparatini rivojlanishida
oyoqlarni O yoki X- simon bo‘lishi, oyoqlarni
har xil uzunlikdaligi, tovon gumbazini
yassilanishi kabi anomaliyalar spetsifik zararlanishlarga va kasalliklarga olib keladi.
O-simon, X-simon oyoqlarni qiyshayishida, sakrash va sportni estetik turlariga
(uzoqqa sakrash, akrobatika, sport va badiiy gimnastika) qatnashish ma’n etiladi.
Oyoqni haqiqiy uzunligini belda yotgan holatda, katta verteldan lodijka
medialigacha o‘lchanadi. Oyoqlarning birida haqiqiy yoki funksional kaltaliklar borligiga
ahamiyat
beriladi.
Buni
taqqoslash
uchun Dubrovskiy probasi o‘tkaziladi.
Tekshiriluvchidan o‘tirish so‘raladi. O‘tirish holatiga o‘tayotganda
oyoqlarni vizual
o‘zgarishini o‘lchami nisbiy kaltalik deyiladi. Antropometrik tekshiruvlar shuni
ko‘rsatadiki, 75% odamlarning chap oyog‘ining o‘ngidan farqi 8 mm gacha uzundir.
Sakrovchilarda uzun oyoq turtkich (richag) hisoblanadi. Futbolistlarda kalta oyoq to‘pni
9/ 9/tezroq chalg‘itadi, texnik priyomlarni ko‘rsatadi, ko‘proq to‘pni o‘ynatib urishga
ishlatiladi.
Tovon gumbazini o‘lchashda, podometr yoki plantografiya usuli qo‘llaniladi.
Podometrik indeks quyidagi formula bilan hisoblanadi:
Iq(h*100)/L, I- podometrik indeks (%); h- gumbaz balandligi (sm); L- tovonning 1-
falangadan tovon chizig‘igacha uzunligi. Agar bu indeks 33% gacha bulsa juda yuqori
gumbaz, 33-31% o‘rtatchadan yuqori, 31-29% normal, 29-27% o‘rtacha yassi oyoq, 27-
25% yassi oyoq, 25% dan past past rivolangan yassi oyoq hisoblanadi.
Godunov modifikatsiyasi buyicha yassi oyoq darajasi plantografiya usulida
aniqlanadi. Agar oyoq tagining og‘irlik
tushuvchi qismi kengligini, yuklanish
tushmaydigan qism kengligiga nisbati 1gacha bo‘lsa, oyoq normal, 1,1 dan 2 gacha
bo‘lsa zichlashgan, 2 dan katta bo‘lsa yassi tovon hisoblanadi. Kuzatilganda, tovonning
zo‘riqish tushadigan qismi zo‘riqish tushmaydigan qismiga nisbatan to‘qroq.
Do'stlaringiz bilan baham: