O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirzayeva, M. M. Qo’ziboyeva ta’lim texnologiyalari


Kognitiv (lot. “cognitio” - bilish) soha



Download 1,04 Mb.
bet41/146
Sana28.03.2022
Hajmi1,04 Mb.
#514840
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   146
Bog'liq
Saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirz-конвертирован

Kognitiv (lot. “cognitio” - bilish) soha. Bu o’qilgan materialni eslab qolish va uni takroran aytib berishdan boshlab, to o’zlashtirilgan bilimlarni to’la anglab, ularni oldin o’rganilgan g’oya,

uslub va harakat usullari bilan uyg’unlashtirib tasavvur etish hamda bilimlarni egallashgacha bo’lgan muammolarning hal etilishini o’z ichiga oladi. bilimlar, g’oyalar, tushuncha va tasavvurlar majmui. Ekspertlar bahosi hamda B.Blum va xodimlarining ta’kidlashlaricha, o’qituvchilar o’rtasida o’tkazilgan so’rov natijasida adabiyotlar tahlili, dasturlar, darsliklar, dars berish amaliyotidagi o’quvmaqsadlarining aksariyati kognitiv sohaga tegishli bo’lishi aniqlangan. Lekin shunga qaramasdan B.Blum taksonomiyasida ayrim kamchiliklar ham mavjud ekanligini e’tirof etish lozim. Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, u muhim didaktik omillar: ko’nikma va malaka tushunchalarini chetlab o’tadi. B.Blum bu tushunchalardan foydalanadi, lekin ularni rivojlantirmaydi, ijodiy fikrlash muammosi ham hal etilmagan, aynan bu Gilford taksonomiyasida o’zining to’la ifodasini topgan. B.Blum taksonomiyasida “qaror qabul qilish” va uning amaliy natijasi bo’lgan “faoliyat” aks etmagan.
Shuningdek, “tahlil” va “sintez” toifalari, “tushunish”dan keyin joylashtirilgan. Vaholanki, biror tizim to’g’risida to’la tushunchaga ega bo’lish uchun, avvalo, uning qismlari va ular orasidagi bog’lanishni (tahlil), shuningdek, uning qismlari qay tartibda o’zaro bog’lanib yaxlitlikni tashkil etishini (sintez) aniqlash zarur bo’ladi. Mutaxassislar fikricha, B.Blum taksonomiyasida o’quv maqsadlari toifalarini quyidagi tartibda joylashtirish lozimligini ta’kidlashgan: axborot qabul qilish, tahlil va sintez, tushunish, qo’llash, baholash. B.Blum taksonomiyasining yuqorida qayd qilingan ba’zi kamchiliklari ko’pgina yangicha taksonomiya yaratuvchilar e’tiborida bo’ldi. Lekin ular yetarli darajada muvaffaqiyatga erisha olmadilar, yaratilgan taksonomiyalarning yutuq va kamchiliklarini taqqoslash uchun 1-jadvalga murojaat qilamiz.
Bu jadvaldan ko’rinib turibdiki, ba’zi taksonomiyalarda B.Blum taksonomiyasining aynan o’zi yoki uning bir qismi takrorlanadi xolos. L.Vandeveld taksonomiyasida esa faqat “sintez” toifasi “yaratuvchanlik” bilan almashtirilgan xolos. Ayrim taksonomiya yaratuvchilari “muammoni hal qilish”ga hamalohida e’tibor berganlar.

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish