3.5. Bargsiz qalamchadan yetishtirilayotgan ko’chatlarga shakl berish. Ma’lumki, tut ko’chatlarini urugidan o’stirilganda shox-shabbali standart ko’chat yetishtirish uchun ikki talab qilinadi. Ko’chatning birinchi o’suv yili 2 marta va ikkinchi yili 3 marta shakl beriladi. Bunga asosiy sabab birinchi, Har kanday urugdan o’stirilgan ko’chatlar ko’chatlar duragay bo’lib, ular kupincha yon novdalar hosil qiladi, ikkinchidan, bu ko’chatlar qalamchaga nisbatan sustrok o’sishi tufayli ularni standart talabiga javob beradigan qilib yetishtirish maqsadida ikki yil davomidv ustiriladi va shunga yarasha shakl beriladi. Qalamcha esa xo’jalik jixatidan yaxshi belgi xususiyatga ega bo’lgan navdor tutlardan yoki duragaylardan tayyorlanganligi uchun ayniksa birinchi yili juda kuchli o’sadi. Qalamcha ko’chatlarga umuman 3-4 marta shakl berish kifoya.
Bargsiz qalamchadan o’stirilgan tut ko’chatalri
Qalamchadan o’stirilgan ko’chatlarga shakl berishga oid tajriba olib borildi. Birinchi o’suv yili qalamcha ko’chatning yon novdalar hosil qilish darajasiga karab 3-4 marta shakl beriladi. Birinchi marta shakl berish may oyining oxiridna iyunning birinchi yarmigacha bo’lgan vaqt ichida o’tkaziladi. Bunga yotqizib ekilgan qalamchalarning har bir kurtagidan 2-3 ta novda usgan bo’lsa, ulardan bitta eng baquvvati qoldirilib, qolganlari tagidan uzib tashlanadi. Ikkinchi marta shakl berish novdani yo’g’onlagtirish maqsadida o’tkaziladi. Iyul oyining ikkinchi yarmida tanadiga barg shikastlantirilmasdan qo’ltikdagi yon novdalar uzib tashlanadi. Uchinchi marta shakl berish kallak hosil qilish maqsadida o’tkaziladi. Avgust oyining birinchi yarmida buyi 127-130 sm ga yetgan tananing uchi chimdiladi. Bundan balandroklarining esa buyi 130 sm qoldirib, yuqori kismi kesiladi. Turtinchi marta shakl berish avgust oyining oxiri va sentyabrning birinchi un kunligida o’tkziladi. Bunda kallakda 3 ta baquvvat novda qoldirilib, kolganlari tanaga taqab qirqiladi.
M.Xibbimov tajribasidan yana shu ayon bo’ldiki, SANIISH-15 x Pioner tut duragay urugidan o’stirilgan nixoldan qalamcha tayyorlab ekilganda, 96-100 % i ko’karib, ko’chatning bo’yi o’rta xisobda 200-213 sm ga yetgan. Qalamcha ko’chatlarning o’sish darajasi va sifati urug ko’chatlariga karaganda 11-29 % yukorirok bo’lgan.
Qalamchadan o’stirilgan ko’chatlarga shakl berishga oid tajriba olib borildi. Birinchi o’suv yili qalamcha ko’chatning yon novdalar hosil qilish darajasiga qarab 3–4 marta shakl beriladi. Bunda yotqizib ekilgan qalamchalarning har bir kurtagidan 2 – 3 ta novda o’sgan bo’lsa, ulardan bitta eng baquvvati qoldirilib qolganlari tagidan uzib tashlanadi.
Iyul oyining ikkinchi yarmida tanadagi barg shikastlantirilmasdan qo’ltiqdagi yon novdalar uzib tashlanadi.
Uchinchi marta shakl berish avgust oyining oxiri va sentyabrning birinchi o’n kunligida o’tkaziladi. Bunda kallakda 3 ta baquvvat novda qoldirilib, qolganlari tanaga taqab qirqiladi.
Demak, bargsiz qalamchadan o’stirilgan bir yillik tut ko’chatlarining ildizi va shox – shabbasi shakllantirilgan ko’chatlarning ildiz tizimi kuchli rivojlanib yetti tartibgacha shoxlanadi.
Bunda asosiy ildizlar soni 16 tagacha bo’ladi, ular tuproqqa 120 sm chuqurlikkacha kirib boradilar va atrofga 110 sm kenglikda tarqaladilar.