Halqalashning axamiyati, muddati va texnikasi. Ba’zi meva daraxtlari qalamchadan ildiz otmaydi. Shu sababdan ularning novdalari oldindan halqalanadi. Tut qalamchasi bo’yicha o’tkazgan tajribasida yuqoridagi fikrlar to’liq tasdiklangan. Shu bilan birga tut qalamchasining ildiz olish jarayoni o’ziga xos ekanligi amaliy jixatdang isbotlangan. Bu olimning takidlashicha oldingi yilgi kurtagi yoyilmagan navdalar halqalanganda burtma (kallyus) hosil qilmay novda qurib qolgan. Binobarin, halqa qilingan novda po’stida organik oziq moddalarning tuplanishida bargning mavjudligi kata axamiyatga ega. Shuning uchun xam shu yilgi usgan kismi yogochlangan bargli novdalarga qilingan Halqalarda burtma (kallyus) yaxshi hosil bo’lishi natijasida bunday novdalardan kesib olingan qalamchalarning ildiz paydo qilish yuqori darajada. Qalamchada ildiz hosil bo’lishi asosan kambiy to’qimasining faoliyati tufayli ro’y beradi. Shuni xam aytib utish kerakki, qalamchalarni oldindan halqalash tufayli unda oziq moddalar ko’proq tuplanadi, ekilgandan keyin tuproq da ruy beradigan har xil sharoitlarga to’qimalarning chidamliligi ortadi, qalamchalar uzining ko’karuvchanlik xususiyatini uzoq muddat, xatto yozning oxirigacha saqlaydi.
Halqalarning bir qancha muddatlarini tekshirib, uni 15 iyuldan 10 avgustgacha, Surxondaryo viloyatida 5-15 avgustda amalga oshirish eng yaxshi natija berishini aniqlandi. Halqalash bu muddatlardan oldin bajarilganda novdaning kesilgan joyidan yuqorisi ko’rishi mumkin va aksincha kechrok qilinsa, kesik yuqorisida bo’rtish jarayoni juda sust kechishi ma’lum bo’ldi.
Surxondaryo viloyatidagi Termiz tumanida tut ko’chatzorida har xil duragay va navlarning halqalanmagan qalamchasidan ekib o’stirildi. Xozirgi kunda xam asosan ildiz oluvchi tut navlari, duragaylari va nixollari halqalanmagan qalamchalar orkali ko’paytirildi.
Bu xildagi qalamchalar uchun po’stlogi va yog’ochligi to’la pishib yetilgan, yogonligi kamida 10 mm bo’lgan 1 yillik novdalarining kuy iva urta qismidan 56 sm uzunlikda kesib olinadi. Tayyorlangan qalamchalar yer yetilib, uning 5-8 sm chukurligida harorat +12-15 bulguncha (3-4 xafta) payvand qalamchari maxsus xonalar yoki 50-60 sm chuqurlikdagi xandaklarda saqlanadi.
Qalamcha eqiladigan maydonni tayyorlash duragay ko’chatzordagidek amalaga oshiriladi. Qalamchalar erta ko’klamda, yer yetilishi bilan ya’ni O’zbekistonning janubiy rayonlarida fevralning urtalaridan oxirigacha, urta iklimli yerlarda martning ikkinchi yarimidan va shimoliy rayonlarda aprelning birinchi va ikkinchi yarimidan keyin ekilsa ularning ildiz otishi yaxshi bo’ladi.
Ekishdan oldin (qalamcha eqiladigan joyning uzida) qalamchalar utkir bog pichogi bilan kirqiladi. O’tmas qaychi yoki tok kaychi bilan qirqish yaramaydi, chunki bunday asboblar qalamchaning ildiz hosil qiladigan to’qimalarining ezib yuboradi, natijada ular ildiz olmay kupi nobud bo’ladi. Pichoq bilan oldin qalamchaning ostki kismi kurtagi tagidan, sungra yukori kismi kurtak tepasidan qiya qilib kesiladi.