3.6. Qalamchalarni parvarish qilish va sug’orish tartibi
Qalamchalar ekilgandan to ildizlar hosil bulguncha utgan (30-40 kun) birinchi davr va qalamchalarning ildizlari rivojlanishdan keyingi vaqt ikkinchi davr bo’ladi.
Birinchi davrning asosiy sharti yerning nam xolatda tutishdan iborat. Chunki suv qalamchalarining ildiz otishi va kurtagining ko’karishida asosiy omil xisoblanadi. Bu davrda qalamchaga issiqlik va tuproq aeratsiyasi (xavosi) xam yetarli bo’lishi kerak.
Qalamchaga suv egatlari orgali jildiratib, pushtalar zaxlanguncha oqiziladi. Har galgi suvni pushtaning 1-2 sm chuqurlikdagi tuprogi kurigach beriladi. Kun qattiq isigan vaqtlarda sug’orish ishlari kechasi olib boriladi. Qalamchalar (birinchi o’suv davrida) ildiz chiqarguncha, har bir rayonning tuproq xamda obi-xavo sharoitiga qarab 8-10 marta sugoriladi. Suvning mikdori gektariga 700-900 metr kub bo’lishi kerak. Shunda qalamcha ekilgan katlamda namlik absolyut kuruk tuproq xisobida 18-21 % bo’ladi. Bu esa ildiz hosil bo’lishi uchun optimal namlik xisoblanadi. Qalamcha ikkinchi o’suv davrida (ildiz hosil qilgandan keyin) har 8-10 kunda bir marta, jami 9-13 marta sugoriladi. Qalamchalarga o’suv davrida xammasi bo’lib 17-23 marta suv berilsa kifoya.
Qalamcha ekilgan maydon har galgi suvdan keyin qator orasi KRX-4 yoki KRN-4,2 markali osma kultivatorlarda yumshatiladi va pushta ustidagi begona utlar mavsumda 3-4 marta utaladi. Bu ishlar extiyotlik bilan qalamchani shikastlamasdan bajarilishi kerak.
Qalamchalar yaxshi o’sishi va rivojlanishi uchun organik xamda mineral ugitlar bilan oziqlantiriladi. Buning uchun tuproq ning unumdorlik daradasiga qarab 120-180 kg azot, 60-90 kg fosfor va 30-45 kg kaliy o’gitlari solinadi. Gungning jami va fosfor xamda kaliyning 50 % maydonni xaydash oldidan, kuzda beriladi. Qolgan mineral ugitlar qalamchada ildiz hosil bo’lgandan keyin ikki muddatda beriladi. Iyun oyining boshida fosfor va kaliyning 25 % i azotning 50 % iga aralashtirib, iyulning boshida fosfor va kaliyning kolgan 25 % i azotning 50 % ga qo’shib beriladi.
Bargsiz qalamchadan o’stirilgan ko’chatlar kuzgacha 1,7-2,2 m gacha novda Hosil qiladi. Bunday ko’chatlardan kelgusi yili navdor tutzor tashkil qilinadi.
Novdaning kuyi va urta kismidan tayyorlangan qalamchalar yaxshi va tepa kismidan kesilgan qalamchalar nisbatan kamrok ildiz hosil qiladi. Chunki novdaning kuyi kismida eng kup, urta kismida urtacha va tepa kismida eng kam oziq moda tuplanadi. Bu ayniqsa halqalanmagan qalamchada ko’proq namoyon bo’lgan. Masalan, SANISH-15xPioner duragay tuti halqalangan novdalarining tepa, urta va quyi qismidan tayyorlangan qalamchalar 60-78-90 % ko’kargan, halqalanmaganda esa bu ko’rsatgich 45-62 % bo’lgan, ya’ni tepa qismdan kesilgan qalamchalar butunlay ildiz olmagan. Shu boisdan qalamcha qanchalik yugon bo’lsa uyning ko’karishi xam shunchalik yaxshi bo’ladi. Masalan, diametri 10-20, 20-25 va 25-30 mm bo’lib, halqalangan 15-20 va 30-40 sm uzunlikdagi qalamchalar 60-72, 80-94 va 90-100 gacha ildiz hosil qilgan. Qalamchaning yaxshi ko’karishiga uning yugonligi bilan birga tarakkiyot pallasi jihatidan yaqinroq va yosh tutdan tayyorlangan qalamchalar kiradi.
Halqalangan qalamchalarni parvarish qilish (sug’orish, o’gitlash, qator orasini yumshatish va boshkalar) yuqorida bayon etilgan halqalanmagan qalamchalarinikiga o’xshash bo’lib, fakat bu yerda sug’orish mikdori 1-2 martaga kamaytiriladi. Halqalanmagan qalamchaning ko’karish darajasi juda yuqori bo’lib, baquvvat usganligi uchun ulardan bir yilni uzida davlat standarti talabiga javob beradigan shox-shabbali navdor ko’chatlar yetishtirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |