Xalqaro organlar va tashkilotlarning rezolyutsiyalari faqat ma’naviy-siyosiy majburiyatlarni vujudga keltirib, tavsiya xususiyatiga egadir va bevosita xalqaro huquq normalarini yaratmaydi. Ammo ular O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan normativ hujjatlarning qabul qilinishi yo‘li bilan implementatsiya bo‘lishi natijasida mamlakat ichki huquqining bir qismiga aylanishi mumkin.
BMT Ustavining 25-moddasi asosida Xavfsizlik Kengashi qarorlari yuridik nuqtayi nazardan majburiy hisoblanib, Ustavning 103-moddasi asosida shartnomadan kelib chiqadigan davlatlarning har qanday majburiyatidan ustundir.
Masalan, BMT Xavfsizlik Kengashining №1540 (2004) sonli nodavlat subyektlarning ommaviy qirg‘in quroliga (OQQ) ega bo‘lishi va uni yetkazish uchun vositalarga yo‘l topishining oldini olish va uning noqonuniy aylanishini oldini olish haqidagi Rezolyutsiyasini bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi BMT Xavfsizlik Kengashining №1540 (2004) Qarori ijrosini tashkillashtirish choralari haqida” qaror qabul qildi.
Kombatantlar_va_fuqaro_shaxslar_o‘rtasidagi_asosiy_farqlar'>Harbiy harakatlar olib borilishining xalqaro ‒ huquqiy reglamentga solinishi Kombatantlar va fuqaro shaxslar o‘rtasidagi asosiy farqlar Farqlash prinsipiga asoslanib, nizoda qatnashuvchi barcha tomonlar har vaqtda fuqaro obyektlari va harbiy obyektlar o‘rtasida farq belgilashi zarur. Bu farqlash fuqaro aholi va fuqaro obyektlarni hurmat qilish va himoyalashni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Bu himoyalash faqat kombatantlar o‘zlarini fuqaro aholidan farqlagan holatdagina amalga oshishi mumkin. (Qarang. QP I 3-band 43-modda, 48-modda va 52-modda MUS 8 Statusi) 1.
Kombatantlar – nizolashayotgan tomonlar qurolli kuchlari tarkibiga kirgan, tibbiy va diniy xodimlardan tashqari, shaxslardir va ular harbiy harakatlarda bevosita ishtirok etish2 huquqiga ega shaxslar”.
Kombatant maqomi shundan iboratki, faqat shu shaxslar harbiy harakatlarda bevosita ishtirok etish3 huquqiga egadirlar”.
Bu huquq mavjudligi shuni ko‘rsatadiki, kombatant kuch ishlatish huquqiga egadir. Bu yerda u masalan, fuqaro shaxs bo‘lgan holatida aynan o‘sha amallari uchun javobgar bo‘lgandek, o‘z amallari uchun shaxsiy javobgar emas. Dushmanga nisbatan kuch ishlatib kombatant bo‘lmagan shaxs kombatant maqomi imtiyozlaridan foydalana olmaydi. Harbiy harakatlarda noqonuniy ishtiroki uchun u milliy qonunchilik normalari asosida javobgarlikka tortiladi. Bu harakatlar XGHning buzilishi sifatida baholanishi mumkin.
JK I va JK II 13-moddasi, JK III 4-moddasi asosida ko‘ngillilar kombatant sifatida tan olinadi. Kombatant maqomiga yana dushman yaqinlashganda hujum qilayotgan qo‘shinlarga qarshi kurash olib borish uchun ixtiyoriy ravishda qoʻliga qurol olgan egallanmagan hududning aholisi ega bo‘ladi. Kombatant tomonidan harbiy harakatlarda ishtirokini to‘xtatgan holatida u vaziyatga muvofiq holda (yaradorlik, asirlik) mos holda homiylik qiluvchi shaxsning maqomiga ega bo‘ladi. XGH buzilishi holatida kombatant o‘zining maqomidan mahrum bo‘lmaydi.
XGHga muvofiq kombatantning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
o‘zini fuqaro shaxsidan farq qilish;
harbiy amaliyotlarni o‘tkazayotgan paytda insonparvarlik talablari va harbiy zarurat o‘rtasida muvozanatni tuta bilish.
Qo‘shimcha protokol II kombatant maqomini nazarda tutmaydi, bu hujjat faqat harbiy harakatlarda qatnashadigan va qatnashmaydigan shaxslar o‘rtasida farq quyadi.