O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


ХGH normalarining vaqt bo‘yicha amal qilish doirasi



Download 454,89 Kb.
bet60/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

ХGH normalarining vaqt bo‘yicha amal qilish doirasi. I JK 5-moddasi, III JK 5-moddasi, IV JK 3-moddasi, I QP 3-moddasi, II QP 2-moddasiga muvofiq, Хalqaro gumanitar huquq, uning tinchlik paytida qoʻllanuvchi moddalarini istisno qilgan holda, qurolli mojaro bilan bogʻliq har qanday vaziyat boshlanishi bilan amal qila boshlaydi. ХGHning qoʻllanishi xususida so‘z borar ekan, normalar guruhi muvofiq keluvchi uchta vaziyatni ajratib ko‘rsatish mumkin:
Birinchi guruh normalarning qoʻllanishi nizolashayotgan tomonlar o‘rtasida harbiy harakatlarning boshlanishiga muvofiq keladi va qoʻllanishining to‘xtashi faol qurolli harakatlarning tugallanishiga muvofiq keladi. Shunday qilib, tomonlarning mojaroni qanday kvalifikatsiya qilishlaridan qat’i nazar, harbiy harakatlar boshlanishi faktining o‘zi taraflar zimmasiga ХGH qoidalariga amal qilish majburiyatini yuklaydi.
Davlatlarning irodasidan qat’i nazar, vaqt bo‘yicha cheklovga ega bo‘lmagan qoidalar, normalarning ikkinchi guruhini tashkil etadi. Davlatlarning ХGH normalari haqidagi bilimlarni “tinchlik paytida ham, urush paytida ham” (I JK 47-modda, II JK 48-moda, III JK 127-modda, IV JK 144-modda) ommalashtirish sohasidagi majburiyati bunday turdagi normalarga misol bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
O‘zining yuridik vazifasiga ko‘ra toki tegishlicha vazifa bajarilgunga qadar o‘zining faoliyatini tatbiq etishda davom etishi lozim bo‘lgan moddalar, normalarning uchinchi toifasini tashkil etadi. Masalan, maqsadi oilaviy va jamoatchilik aloqalarini saqlab qolish yoki tiklashdan iborat bo‘lgan moddalar. Ushbu murakkab masalalarning yechimi qurolli mojaroning o‘zidan ko‘ra uzoqroq davom etishi mumkin. Shunday qilib, III JK 122, 123-moddalari, IV JK 140-moddasi va I QP 33-moddasi qoidalarining amal qilishi, harbiy harakatlarning nihoyasiga yetishi bilan to‘xtamaydi.
Agar ХGH amal qilishining boshlanishi faol harbiy harakatlarning amalda boshlangan davri bilan belgilansa, ХGH normalarini qoʻllashning tugallanishini aniqlash masalasida esa qiyinchiliklar yuzaga keladi. Zamonaviy qurolli to‘qnashuvlar o‘zining beqarorligi, jadallik darajasining pastligi, tashqi aralashuvlar, mojaroning aralash xarakteri bilan tavsiflanadi.
Bularning hammasi ХGHni qoʻllashning tugallanishi vaqtini aniqlashning yaqqol ifodasi mavjud emasligi bois ХGH qoidalarini qoʻllashni tugallash masalasini hal qilishni murakkablashtiradi. Demak, I QPning 3-moddasi xalqaro harbiy harakatlar uchun“harbiy harakatlarning umumiy nihoyasiga yetishi/tugallanishi”ni va QP II ichki harbiy harakatlar uchun “qurolli mojaroning tugallanishi”ni nazarda tutadi. Bundan tashqari, ХGHni qoʻllashning tugallanish pallasi harbiy harakatlarning amalda to‘xtatilishi pallasi bilan bogʻliq emas. U qurolli mojaroning gumanitar oqibatlari bilan bogʻliq vaziyatlarda himoya taqdim etishda davom etadi (Qarang: I JK 5-modda, III JK 5-modda, IV JK 6-modda).

Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish