O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi



Download 454,89 Kb.
bet68/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

Fuqaro aholi himoyasi. Fuqaro aholini himoya qilishga qaratilgan normalar 1907-yildagi “Quruqlikdagi jang qonunlari va an’analari haqida”gi Gaaga konvensiyasida, 1949-yildagi Jenevaning “Urush davrida fuqaro aholi himoyasi”, 1977-yildagi Qo‘shimcha protokollari, 1980-yildagi ba’zi qurol turlarini taqiqlash yoki cheklash Konvensiyasida berilgan.
I QPga asosan Fuqaro aholi va alohida fuqaro shaxslar harbiy amaliyotlar munosabati bilan yuzaga keladigan xavf-xatardan saqlanishda umumiy himoyadan foydalanadi (51 modda). Fuqaro aholi fuqaro shaxs hisoblangan barcha shaxslardan iboratdir. Bu ta’rif IV Jeneva konvensiyasining 4-moddasidagi cheklovni olib tashladi. III JK 4-modda 1–3 va 6-bandida ko‘rsatilgan guruhlariga kirmagan xohlagan shaxs fuqaro shaxs hisoblanadi.
XGP asosida fuqaro aholi quyidagilar bilan ta’minlanadi:
 umumiy himoya (IV JK 27,51,54,57,58-moddalar, I QP, II QP 13-modda);
 maxsus himoya, masalan, bolalar, ayollar, mayiblar, keksalar, ushlab qolingan v.b. himoyasi (IV JK 16,17,24-moddalari, I QP 77-modda, QP, II QP 3,4-moddalari).
Harbiy istiloning huquqiy tartibi. Xalqaro gumanitar huquqqa asosan davlat o‘zining suveren huquqi doirasida bo‘lmagan hudud ustidan, istilo qilinayotgan tomon hukumati roziligisiz amaliy nazoratni o‘rnatsa, istilo holati vujudga keladi.
Istiloning huquqiy tartibiga oid mavjud normalar asosan 1907-yildagi Gaaga konvensiyasining 42-moddasida keltirilgan konsepsiyaga asoslangan:
Hudud ishg‘ol etilgan hisoblanadi, agar u, darhaqiqat, dushman qo‘shinlari ixtiyoriga o‘tsa. Faqat dushman hokimiyati o‘rnatilgan va o‘z faoliyatini amalga oshirishga qodir bo‘lgan hududlarga qarab ishg‘ol etilgan deb baholash mumkin”.
Istiloning huquqiy tartibiga oid normalarning manbalari 1907-yildagi Gaaga nizomi, 1949-yildagi To‘rtinchi Jeneva konvensiyasi va 1977-yilda qabul qilingan Jeneva konvensiyalari I Protokolining ayrim bandlaridir.
Istiloning tartibiga oid huquqiy normalar, bir tomondan, istilo qilgan davlat xavfsizligi ehtiyojlari va, ikkinchi tomondan, istilo qilingan davlat va mahalliy aholi manfaatlari o‘rtasida muvozanatni saqlashga qaratilgan. Ular yana istilo qilingan hududlarda yashovchi tinch aholi himoyasini ta’minlashga ham qaratilgan.Istilochi davlat istilo qilingan hududlarga nisbatan suveren huquqga ega bo‘lmaydi va maksimal tarzda u yerda amalda bo‘lgan qonunlar va boshqaruv organlar tizimini hurmat qilishi zarur. Istilo muvaqqat xarakterga egaligi va istilochi davlat istilo qilingan hududda status quo ante ni ta’minlashi nazarda tutiladi.
Istilochi davlat mavjud institutlar, qonunlar va boshqa normalar tizimiga maxsus o‘zgarishlar kiritishi mumkin, ammo bu o‘zgarishlar tartibni saqlash va xavfsizlikni ta’minlash kabi umumiy maqsadlarga xizmat qilishi zarur.

Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish