O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Harbiy harakatlar yuritish vositalari



Download 454,89 Kb.
bet66/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

Harbiy harakatlar yuritish vositalari deganda qurol, harbiy texnika va mojaro qilayotgan tomonlardan raqibga zarar va zarba berish maqsadida qoʻllanadigan vositalar tushuniladi.
Harbiy harakatlar usullari bu – qurolli mojaro vositalarini qoʻllashning uslublari va tartibidir.
Vosita va usullar quyidagicha bo‘linadi: joiz (qonuniy), nojoiz (noqonuniy). Urush jabrdiydalari va fuqaro obyektlarining xalqarohuquqiy himoyasi
Yarador, bemor va kema halokatiga uchragan shaxslarni himoyalash XGH bu – qurolli mojarolar jabrdiydalarini himoyalanishini ta’minlashga qaratilgan normalar majmuidir.
Qurolli mojarolar jabrdiydalari deganda, qatordan chiqarilgan yoki qurolli mojaroda bevosita qatnashmagan shaxslar tushuniladi. Bu yerda XGHda qurolli mojaro jabrdiydalari huquqlari musodara qilinmaydi.
Qatordan chiqarilgan yoki qurolli mojaroda bevosita qatnashmagan shaxslarning ularga nisbatan hurmat, himoyalash va insonparvarlik ko‘rsatilishiga haqliliklari prinsipi butun Jeneva huquqi mazmunini tashkil etadi (Qarang. JK I12-moddasi va I QP 10-moddasi).
Noxalqaro xarakterga ega bo‘lgan qurolli mojaroda, daxlsizlik prinsipi Jeneva konvensiyalariga umumiy bo‘lgan 3-moddada berilgan. Bu ma’no II QP 7-moddasida o‘z tasdig‘ini topgan va u I QP 10-moddasida takrorlangan.
Shunday qilib, bu prinsip konvension xarakterga ega bo‘lib, ichki va xalqaro mojarolarda qoʻllaniladi.
Bu prinsip nizolashayotgan tomonlarga ikki xil majburiyatni yuklaydi: hurmat qilish va himoya qilish.
XGPda urush jabrdiydalari va fuqaro obyektlarining himoyalanishi yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchragan shaxslarning hech bir shartlarsiz va majburiyatlarsiz himoya va yordam olishga haqli ekanligi qoidalariga asoslangandir.
“Yaradorlar va bemorlar” tushunchalarining ta’rifi I QP 8-modda “a” bandida berilgan bo‘lib, ikkita mezon bilan asoslangan: tibbiy yordamga muhtojlik va har qanaqangi adovatli harakatlardan tiyilish.
I QP 10-moddasiga asosan:
Barcha yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchragan shaxslar, qaysi tarafga mansubliklaridan qat’i nazar, hurmat va himoyadan foydalanishadi. Barcha sharoitlarda ularga nisbatan insonparvarlarcha munosabatda bo‘lib, ularga qisqa muddatlarda maksimal darajada ahvollariga qarab tibbiy yordam va g‘amxo‘rlik ko‘rsatiladi.
Shunday qilib, I QP cheklovlarni barham berib, “yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchragan shaxslar” tushunchasiga keng qamrovli talqin berdi. Endi bu tushuncha ham harbiylarni va ham Jeneva huquqidan farqli o‘laroq, fuqaro shaxslarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchragan shaxslar zaruriy darajada himoyadan foydalanishlari uchun, tibbiy xodimlar munosib himoyaga ega bo‘lishlari zarur. Tibbiy xodimlar va muassasalarning daxlsizligi qurolli mojarolar jabrdiydalarining daxlsizligi prinsipi tabiiy natijasidir. Tibbiy xodimlar va muassasalarning daxlsizligi prinsipiI JK 19–35-moddalari va II QP 95-moddasida keltirilgan. “Tibbiy xodim” tushunchasi I QP 8-moddasida keltirilgan va unga muvofiq tibbiy xodim harbiy yoki fuqaro bo‘lishi mumkin.
Tibbiy xodimlarning himoyasi tanho yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchragan shaxslarga yordam ko‘rsatish vazifasini bajarish uchun amalga oshiriladi. Bu yerda tibbiy xodimlar tibbiy xizmatlar ko‘rsatayotganda, tibbiy axloq me’yorlariga amal qilishlari zarur.
Raqib tomon qoʻliga tushgan tibbiy xodimlarning himoyasi kafolati 1949-yildagi III QKda nazarda tutilgan.
Ruhoniy tushunchasi va uning yuridik maqomi I QP 8-moddasida keltirilgan. Ruhoniylarning himoyasi va hurmatlash tartibi tibbiy xodimlarnikidan farq qilmaydi.
XGPda tibbiy va ruhoniy xodimlar ularning butun missiyalari davomida davom etadigan alohida mavqelaridan kelib chiqqan holda maxsus himoyadan foydalanadilar.

Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish