O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Zamonaviy xalqaro gumanitar huquq manbalari



Download 454,89 Kb.
bet62/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

Zamonaviy xalqaro gumanitar huquq manbalari
Zamonaviy ХGH shartnomaviy normalar to‘plamidan, odatiy huquq normalari va jus cogensdan tashkil topgan. Хalqaro huquqning boshqa tarmoqlari bilan qiyoslaganda urush qonunlari va odatlarini kodekslashtirishga intilish xalqaro huquqning kodekslashtirilgan tarmoqlaridan biriga aylandi.
Zamonaviy xalqaro gumanitar huquq, xalqaro huquqning anchayin kodekslashtirilgan tarmoqlaridan biri sifatida, ikkita tarmoq ostidan tashkil topgan:
– “Jeneva huquqi”, uning maqsadi – safdan chiqqan harbiy xizmatchilarga hamda harbiy harakatlarda faol ishtirok etmayotganlarga, ya’ni fuqaro aholiga himoya taqdim etishdan iborat.
– “Gaaga huquqi”, urushayotgan tomonlarning urush harakatlari olib borishdagi huquq va majburiyatlarini belgilaydi hamda raqibga zarar yetkazishning vosita va usullarini tanlashni cheklaydi.
Хalqaro oshkora (publichnoye) huquqda kuch ishlatish taqiqlanganidan keyin jus in belloning (urush huquqi) ikkala tarmog‘i amaldagi xalqaro huquqqa kirdi va uni quyidagicha belgilash mumkin:
Хalqaro gumanitar huquq, xalqaro va ichki mojarolarda qoʻllash uchun maxsus mo‘ljallangan hamda urushayotgan tomonlarning urush harakatlari olib borishda vosita va usullar tanlashini cheklovchi (Gaaga huquqi) shartnomaviy va odatiy normalar majmuini va harbiy harakatlar domiga tortilgan shaxslar va mulklarga himoya taqdim etuvchi normalarni (Jeneva huquqi) o‘zida ifodalaydi. Harbiy harakatlar olib borishning usul va vositalarini tanlashni cheklashning umumiy prinsiplari bir qator anchayin o‘ziga xos taqiqlar uchun manba vazifasini o‘tadi. Gaaga huquqini ishlab chiqish sohasidagi tashabbusga Ikkinchi jahon urushining mudhish oqibatlari turtki boʻldi. “Qurolli mojarolar ro‘y bergan holda madaniy boyliklarni himoyalash toʻgʻrisida”gi 1954-yil 14 maydagi Gaaga konvensiyasi, “Тabiiy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan harbiy yoki boshqa har qanday vositalardan dushmanlik ruhida foydalanishni taqiqlash toʻgʻrisida”gi 1976-yil 10-dekabrdagi Konvensiya1 va qurol-yarog‘lar ustidan nazoratni amalga oshirishga oid boshqa konvensiyalar Gaaga huquqi qoidalarini to‘ldiradi va rivojlantiradi.
Bugungi kunda qurolni qoʻllash bir qator konvensiyalar, protokol va deklaratsiyalar, odatiy huquq normalari bilan qat’iy belgilangan. O‘zining ortiqcha ziyon yetkazish usul va vositalarining o‘sishi hamda rivojini cheklashga yo‘naltirilgan normalar bilan aloqasi tufayli Gaaga huquqi yangi dolzarblik kasb etmoqda. Biroq Gaaga huquqi va zamonaviy qurolsizlanish huquqi o‘rtasidagi ko‘plab o‘xshashliklarga qaramay, ularning tabiati va maqsadida jiddiy tafovutlar mavjud.
Masalan, 1925-yil 17-iyundagi “Gazlar toʻgʻrisida”gi Jeneva protokolida kimyoviy va bakteriologik qurollarni qoʻllash haqidagi qoida mavjud bo‘lgani holda, 1993-yil 13-yanvardagi kimyoviy qurollarni yaratish, ishlab chiqarish, to‘plash va qoʻllashni taqiqlash va uni yo‘q qilish toʻgʻrisidagi Konvensiyada uning mavjud bo‘lishiga mutlaq taqiq mavjud.
F. Kalsxofen fikriga ko‘ra, qurol-yarog‘larni cheklash sohasidagi so‘nggi yutuqlarga erishishda BMТning roli mumtoz (klassik) Gaaga va Jeneva huquqlarini, masalan, odatdagi qurollarning aniq turlari toʻgʻrisidagi 1980-yilgi Konvensiya2, kassetali o‘q-dorilar haqidagi Konvensiyalarning (Dublin, 2008-y.) qabul qilinishi orqali sezilarli darajada rivojlantirdi.
1949-yil 12-avgustdagi urush jabrdiydalarini himoyalash toʻgʻrisidagi Jeneva konvensiyalari xalqaro gumanitar huquqning, ayniqsa, muhim kelishuvi hisoblanadi. Ishtirokchilari deyarli barcha davlatlar bo‘lgan mazkur kelishuvlar dushman qoʻli ostida bo‘lgan yaradorlar, bemorlar, harbiy asirlar va fuqaro shaxslar himoyasiga mo‘ljallangan. Ular, shuningdek tibbiy funksiyalarni amalga oshirayotgan, yordam ko‘rsatish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishga mo‘ljallangan kasalxonalar va sanitariya-transport vositalari xodimlarini ham nazarda tutadi.
Garchi 1949-yilgi to‘rtala Jeneva konvensiyalari puxta va batafsil ishlab chiqilgan qoidalarni o‘zida ifodalasa-da, ular kombatantlarning o‘zini tutish qoidalari va urush paytida fuqaro aholining himoyasi singari muhim jihatlarni e’tiborga olmaydi.
Mazkur bo‘shliqni to‘ldirish maqsadida 1977-yilda 1949-yilgi Jeneva konvensiyalarini, ularning hech bir qoidasini o‘zgartirmagan holda to‘ldiruvchi ikkita Protokol qabul qilindi.
1949-yil 12-avgustdagi Jeneva konvensiyalariga xalqaro qurolli mojarolar qurbonlari himoyasiga taalluqli Qo‘shimcha Protokol (I Protokol) Jeneva konvensiyalari tomonidan berilgan xalaqaro qurolli mojaro tavsifini kengaytirdi hamda mazkur tavsifga urush va o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini amalga oshirish tavsifini kiritdi hamda harbiy hujumning qonuniy maqsadlari doirasini o‘rnatdi.
1949-yil 12-avgustdagi Jeneva konvensiyalariga noxalqaro xarakterdagi qurolli mojarolar jabrdiydalari himoyasiga taalluqli Qo‘shimcha Protokol(Protokol II). Тo‘rtala Jeneva konvensiyalari uchun umumiy bo‘lgan, o‘zi qoʻllanadigan ichki nizolar mezonini o‘rnatmaydigan 3-moddadan farqli ravishda II Protokol, ichki tartibsizliklar va ahyon-ahyonda sodir bo‘ladigan zo‘ravonlik holatlari singari jadalligi past vaziyatlarni istisno qilgan holda, o‘zining qoʻllanish sohasini batafsil tavsifladi.
II Protokolni qoʻllash shartlari, to‘rtala Jeneva konvensiyalari uchun umumiy bo‘lgan 3-moddada nazarda tutilgan shartga nisbatan ancha keskin.
Qo‘shimcha II Protokol:
– harbiy harakatlarda ishtirok etmayotgan yoki ishtirok etishni to‘xtatgan shaxslar uchun asosiy kafolatlarni belgilaydi (4-modda);
– erkinligi cheklangan shaxslarning huquqlarini sharhlaydi va qurolli mojarolar bilan aloqador huquqbuzarliklari bois sud ta’qibiga yo‘liqqanlar uchun sud kafolatini o‘rnatadi (5-6-moddalar);
– quyidagilarni hujumga yo‘liqtirishni taqiqlaydi: fuqaro aholi va fuqaro shaxslar (13-modda); fuqaro aholining omon qolishi uchun zarur obyektlar (14-modda); xavfli kuchlarni o‘zida saqlovchi qurilma va inshootlar (15-modda); madaniy boyliklar va ibodat amallarini o‘tash joylari (16-modda);
– fuqaro shaxslarni majburan ko‘chirishni taqiqlaydi (17-modda);
– yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga yo‘liqqanlarga himoya taqdim etadi (7-modda);
– tibbiy va diniy xodimlarga hamda tibbiy tuzilmalar va sanitariya-transport vositalariga himoya taqdim etadi (11-modda);
– qizil xoch va qizil yarim oy timsollaridan foydalanishni faqat bunga huquqi bo‘lgan shahlar va obyektlar bilan cheklaydi.
Gaaga huquqi va Jeneva huquqi urush jabrdiydalari himoyasiga yo‘naltirilgan, ammo buning uchun mazkur tarmoqlarni nazarda tutuvchi qoida bir-biridan ma’lum darajada farqlanadi. Agar Jeneva konvensiyalari mojaro oqibatida jabrlanib bo‘lgan shaxslar – yaradorlar, kema halokatiga yo‘liqqanlar, dushman hokimiyati tasarrufida qolgan shaxslar himoyasiga moyil bo‘lsa, Gaaga huquqi esa harbiy harakatlar olib borishning usul va vositalarini cheklash yo‘li bilan asosan kombatantlar va nokombatantlar himoyasiga mo‘ljallangan. 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva konvensiyalariga 1977-yil 8-iyunda ikkita Qo‘shimcha Protokollar qabul qilinganidan so‘ng Gaaga huquqi va Jeneva huquqi o‘rtasidagi tafovut keskin kamaydi.
Mazkur ikkala qoidalar to‘plami o‘rtasida yaqqol ifodalangan bo‘linish chizig‘i mavjud emas, faqatgina ikki xil turlicha nomlanish ostida jamlangan ayrim normalar (majmui) kontiniumi mavjud. Bu yerda bir-birini to‘ldiruvchi va qulaylik uchun turlicha nom berilgan ikkita qoidalar to‘plami haqida so‘z boradi; ammo ularning har biriga o‘zining aniq belgilangan qoʻllanish doirasini baxsh etmoq noto‘g‘ri bo‘lur edi1.
Хalqaro sud o‘zining yadro quroli tahdidi yoki uni qoʻllashning qonuniyligiga oid Konsultativ xulosasida (1996), ХGHning eng muhim normalari birligini e’tirof etib, shunday xulosaga keldi.
Odat – xalqaro huquq subyektlari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga mo‘ljallangan xalqaro ommaviy huquqning manbalaridan biri.
Norma yaratishning asosiy jarayoni sifatida ХGHning kodekslashdagi barcha yutuqlariga qaramasdan, ХGH ichki qurolli mojarolar vaziyati bilan bogʻliq qoidalarni qat’iy belgilash masalasida unchalik mufassallikka ega emas.

Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish