Birinchidan, bugungi kunda barcha davlatlar Jeneva konvensiyalarining ishtirokchilari hisoblanadilar, biroq shartnomalarning hammasi ham shunday e’tirof etilmadi.
Ikkinchidan, ichki qurolli mojarolarda qoʻllanadigan ХGH qoidalari mufassal emas, balki faqat eng kam himoya kafolatini ifodalaydi.
Uchinchidan, shartnomaviy normalar davlatlarning kelishilgan irodasi natijasi hisoblanadi va ularning sifati ko‘pincha tomonlarning siyosiy irodasiga va ularning ma’lum majburiyatlarni o‘z zimmasiga olish yoki olmaslik tayyorligiga bogʻliq.
Mazkur sabablarning barchasi ХGHning o‘rnini hech narsa bilan to‘ldirib bo‘lmaydigan manbai sifatida, odatiy normalarning zarurligi va muhimligining isboti bo‘lib xizmat qiladi.
(Qarang: ХGH odatiy normalari ro‘yxati. Odatiy ХGHga bag‘ishlangan tadqiqotga ilova. Jan-Mari Хenkerts, Luiza Dosvald-Bek. 2005. S.260-269).
Хalqaro sud Statuti odatiy xalqaro huquqni huquqiy norma sifatida e’tirof etilgan yalpi amaliyot sifatida tavsiflaydi (38-modda). Odatiy xalqaro huquqning mavjud bo‘lishi uchun ikkita unsur: davlatlar amaliyoti va uning huquqiy norma sifatida e’tirof etilishi zarur.
Xalqaro taomil davlatlar yoki xalqaro huquqning boshqa subyektlari tomonidan universal qoidani taomil sifatida qoʻllashi natijasida vujudga keladi va bu universal qoida uni qoʻllayotgan subyektlar uchun qat’iy bo‘lmasligi mumkin»1.
Xalqaro sud allaqachon o‘zining 1949-yil 9-apreldagi Korfu ko‘rfazi haqidagi ishida gumanitar huquqning odatiy xarakterga egaligini ko‘rsatgan edi.
Hozirgi xalqaro gumanitar huquq2 holatining butun qamrovli tadqiqoti, xalqaro konvensiyalar va sud3 qarorlarining tahlili shuni isbotladiki, Jeneva konvensiyasi va Qo‘shimcha protokollar normalarining aksariyati bugungi kunda odatiy huquq normalari xususiyatiga ega bo‘lib, XGHning qo‘sh huquqiy tabiatga egaligi haqida xulosaga kelishga imkon beradi.
Umumiy va odatiy huquq xalqaro imperativ normalarning jus cogens maxsus kategoriyalarining shakllantirilishi asoslaridir. Ular hatto davlatlarning o‘zaro kelishuvlari asosida ham hech qanday chekinishga yo‘l qo‘ymaydilar. Ularni buzib talqin qilish va yoki buzish xalqaro tartibga nisbatan tajovuz sifatida baholanadi. Ularga qat’iy tarzda rioya qilinib, xalqaro munosabatlarning barcha sohalari va istisnosiz barcha mamlakatlarning o‘zaro munosabatlariga tatbiq etilishi shartdir. Jus cogens normalari oliy yuridik kuchga ega1.
XGHda jus cogens normalari XGHning asosiy prinsiplari hisoblanadi. Imperativ normalarning muhim xususiyati shundaki, ular davlatlar o‘rtasida xos munosabatlarni, ya’ni barchaga (erga omnes) tegishli bo‘lgan munosabatlarni vujudga keltiradi. XGHni majburiyat sifatida erga omnes rioya qilish Jeneva konvensiyalarining 1-moddasida keltirilgan bo‘lib, uning bandlariga rioya qilish zarurati 1 Qo‘shimcha protokolda takrorlanadi.
Odat va shartnomalar xalqaro huquqning yagona manbasi emas. Qo‘shimcha manbalar, bu: xalqaro sud va tribunallarning sud qarorlari; jamoat huquqi bo‘yicha eng yuqori malakali mutaxassislarning doktrinalari; xalqaro organlar va tashkilotlarning rezolyutsiyalari.