ХGH qoʻllanish sohasining geografik chegaralari, urushayotgan tomonlarning qurolli kuchlari haqiqatda harbiy harakatlar olib borayotgan hudud bilan belgilanadi. Harbiy harakatlar olib borishning makon chegaralarini belgilash uchun “harbiy harakatlar teatri” tushunchasi qoʻllanadi. Mazkur tushunchaga davlatlarning hududlarida qurolli mojarolar mavjud bo‘lgan quruqlikdagi, havo va dengiz hududlari, shuningdek ochiq dengiz va uning ustidagi havo bo‘shliqlari kiradi.
Jeneva konvensiyalarining mohiyatiga ko‘ra “qurolli mojaro vaziyati” iborasiga nizolashayotgan tomonlarning, mazkur mojaro jabrdiydalari himoyasiga va ularga yordam ko‘rsatishga taalluqli bo‘lgan butun hududi mansub.
Ichki qurolli mojaro masalasiga kelganda esa umumiy 3-moddada ham, II Qo‘shimcha protokolda ham ratione loci qoʻllanishining aniq qoidasi mavjud emas. Ammo shu nuqtayi nazardan II Qo‘shimcha protokol anchayin aniq ifodaga ega, modomiki u mazkur Protokol “1-moddada belgilab qo‘yilganidek, qurolli mojaro daxl qiladigan barcha shaxslarga” nisbatan qoʻllanishini nazarda tutadi. Unga sharhda, bunday qoʻllanish daxl qilingan shaxsning mojaroda ishtirok etayotgan davlat hududidagi aniq turgan o‘rniga bogʻliq emasligi masalasiga aniqlik kiritilgan. Ichki qurolli mojarolar chog‘ida ratione locini qoʻllanish masalasida, qachonki faqat 3-modda ahamiyat kasb etgan holatda, aynan shunday tarzda yondashuvga rioya qilmoq lozim, ya’ni modda mojaroda ishtirok etayotgan davlatning butun hududida qoʻllanmog‘i joiz.
Bunday yondashuv Apellatsiyaviy kamera tomonidan uning Тadich ishida yurisdiksiya haqidagi masala bo‘yicha qarorida qabul qilindi, o‘shanda “3-umumiy moddadan joy olgan normalar, shuningdek amaldagi harbiy harakatlar teatrining tor geografik chegaralari parchasidan tashqarida ham qoʻllanishiga qaror qilindi”2.
Garchi konvensiyalar uchun umumiy 3-modda va II Protokolning 4 (2)-moddasi kirdikorni “hamma yerda” va “har qanday joyda” tavsiflashni taqiqlasa-da, bunday taqiq yaqqol ko‘rinib turganidek, Oliy Ahdlashuvchi Тomonlarning hududi bilan cheklanadi (3-umumiy modda vaII Protokolning 1 (2)-moddalari). Mazkur hudud bevosita qurolli harakatlar olib borilayotgan front yoki zona bilan cheklanmaydi va harbiy harakatlar mavjud bo‘lgan davlatning butun hududini o‘z ichiga oladi3. Zamonaviy ХGHda urush harakatlari olib borilayotgan geografik doirani toraytirishga moyillik kuzatilmoqda. Betaraf davlatlar hududida betaraf holatga keltirilgan va qurollardan holi qilingan hududlarda, shuningdek maxsus xalqaro kelishuvlar orqali tartibga solinadigan kengliklarda urush harakatlari olib borish taqiqlanadi. Jumladan, IV JKning 23-moddasiga binoan urush davrida urushayotgan tomonlar ttarafidan tashkil etiladigan sanitariya zonalari va joylar urush harakatlari teatriga aylantirilishi mumkin emas. Хalqaro huquqning maxsus himoyasida bo‘lgan hududlar (xalqaro kanallar, masalan, 1888-yilgi Konvensiya bo‘yicha Suvaysh kanali) va obyektlar (1954-yilgi Gaaga Konvensiyasi bo‘yicha madaniy boyliklar; xavfli kuchlarni saqlovchi inshootlar)ga nisbatan istisno nazarda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |