O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi



Download 454,89 Kb.
bet59/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

Xalqaro qurolli mojaro-Davlatlar o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuv; mustamlaka hukmroligi va chet el bosqiniga qarshi va irqchilik tartibiga (rejimiga) qarshi BMТ ustaviga muvofiq o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini amalga oshirish uchun kurash
(I Protokol, 1-modda, 4-band

Ichki mojaro-Qaysidir davlat hududida uning qurolli kuchlari va hukumatga qarshi qurolli kuchlar o‘rtasida yoki mas’ul qo‘mondonlik ostida bo‘lib, mazkur davlating muayyan hududi ustidan nazoratni amalga oshirayotgan va shu boisdan uzluksiz kelishilgan habiy harakatlar olib borish va II Protokolni qoʻllash imkonini beradigan boshqa qurolli guruhlar o‘rtasida yuz berayotgan qurolli mojarolar

Хalqaro qurolli mojarolar chog‘ida to‘rtala Jeneva konvensiyalari va I Qo‘shimcha Protokol qoʻllanadi.
1949-yilgi Jeneva konvensiyalarining barchasi uchun umumiy bo‘lgan 2-modda xalqaro qurolli mojarolar vaziyatida konvensiyalarni qoʻllash doirasini belgilaydi. Хalqaro qurolli mojaro tushunchasi davlatlar o‘rtasidagi qurolli kurash bilan cheklanishi mazkur moddaning mohiyatidan kelib chiqadi.
Davlatlar o‘rtasida yuz beradigan va qurolli kuchlarni harakatga solishni keltirib chiqaradigan har qanday bahs, garchi, tomonlardan biri urush holati mavjudligini inkor etayotgan bo‘lsa-da, 2-modda mohiyatiga ko‘ra qurolli mojaro hisoblanadi. Mojaroning davomiyligi ham, vayronalik darajasi ham hech qanday ahamiyatga ega emas. Inson shaxsiga hurmat qurbonlar soni bilan o‘lchanmaydi1.
I QP “xalqaro qurolli mojaro”ning tavsifini bir davlat hududidan chiqmagan holda o‘z tabiatiga ko‘ra xalqaro qurolli mojaro xarakteriga qadar kengaytirdi. I Qo‘shimcha Protokolning 1-moddasi mazmuniga muvofiq “milliy ozodlik urushlari” ham xalqaro qurolli mojaro sifatida kvalifikatsiya qilinadi.
Тurli-tuman shaklga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan ichki qurolli mojaroning umumqabul qilingan tavsifi mavjud emas, shunday ekan, bunday shakldagi vaziyatlarni ularni tavsiflovchi obyektiv omillar yordamida tavsiflashga urinish taqozo etiladi.
Ichki qurolli mojaro xalqaro qurolli mojarodan qarama-qarshi tomonlarning huquqiy maqomi bilan farqlanadi.
Noxalqaro qurolli mojaro ishtirokchilari – bu suveren davlat emas, balki o‘z hududida bir yoki bir necha qurolli guruhlar bilan mojaroga kirishayotgan bir davlat hukumati yoxud ikkita qurolli guruh bir-biri bilan davlatning qurolli kuchlari aralashuvisiz urushayotgan vaziyat.
Mazkur holatda “qurolli mojaro” iborasi jiddiy mezonni ko‘proq yoki kamroq uyushgan qurolli kuchlar o‘rtasida oshkora harbiy harakatning mavjudligi mezonini joriy etadi. Ayrim yoxud onda-sonda yuz beradigan zo‘ravonlik harakati bilan xarakterlanuvchi ichki tartibsizliklar va keskinlik, garchi hukumat politsiya va harbiy qismlar yordamida huquqiy tartibni tiklashga majbur bo‘lsa-da, huquq nuqtayi nazaridan qurolli mojaro hisoblanmaydi2.
Хalqaro qurolli mojaroning (ХQM) ichki xarakterdagi qurolli mojarodan navbatdagi farqli jihati, xalqaro qurolli mojaroga nisbatan ХGHning barcha normalarini qoʻllash mumkinligi bilan belgilanadi. Ichki xarakterdagi qurolli mojarolarga nisbatan esa ularning faqat ayrimlarigina qoʻllanadi. Mojarolarning II Qo‘shimcha Protokol va 3-umumiy modda ta’siriga duchor bo‘ladigan yoki faqat 3-modda ta’siriga duchor bo‘ladigan, masalan, muxolifat guruhlarining tashkiliy darajasi II Protokolni qoʻllash uchun yetarli bo‘lmagan turlicha xillari mavjud.
II QP 1-moddasiga muvofiq mazkur Protokol, “I Protokolning 1-moddasi ta’siriga duchor bo‘lmaydigan va qaysidir Oliy Ahdlashuvchi Тomonlar hududida, uning qurolli kuchlari va mas’ul qo‘mondonligi ostida bo‘lib, hududining biror bir qismida shunday nazoratni amalga oshiradigan va ularga uzluksiz va kelishiilgan harbiy harakatlarni amalga oshirish hamda mazkur Protokolni qoʻllash imkonini beradigan hukumatga qarshi qurolli kuchlar yoki boshqa qurolli guruhlar o‘rtasida yuz beradigan barcha qurolli mojarolarga nisbatan qoʻllanadi”.
Demak, II Qo‘shimcha Protokolni qoʻllash uchun quyidagi shartlar zarur:
 bir-biriga qarama-qarshi turuvchi tomonlarning mavjudligi;
 mas’ul qo‘mondonlik;
 hududning bir qismi ustidan nazorat;
 harbiy harakatlarning uzluksiz va kelishilgan xarakteri;
 II Protokolni qoʻllash layoqati1.
Ichki qurolli mojaro vaziyatida 1949-yilgi to‘rtala Jeneva konvensiyalari uchun umumiy bo‘lgan 3-moddani qoʻllash tartibi quyidagicha: qurolli mojaroning mavjudligi va uning ichki xususiyati. U ichki xarakterdagi qurolli mojaro sifatidagi aniq bir vaziyatni kvalifikatsiya qilish uchun qachonki qonuniy hokimiyatga qarshi dushmanlik harakati jamoaviy xarakterga ega bo‘lsa hamda kam bo‘lsa-da (minimum) tashkillashtirilgani bilan ajralib tursa, qoʻllanishi mumkin.
3-modda ichki qurolli mojarolar vaqtida qoʻllanadigan gumanitar huquqning poydevori hisoblanadi. 3-modda noxalqaro qurolli mojarolar chog‘ida barcha vaziyatlarga nisbatan tatbiq etiladigan eng kam (minimal) qat’iy belgilashni (reglamentatsiyani) o‘zida ifodalaydi.
II Protokol 3-moddaning qoʻllanish shartini o‘zgartirmagan holda, uni to‘ldiradi, rivojlantiradi va kuchaytiradi. 3-umumiy moddada qoidalarning qoʻllanishi nizolashayotgan tomonlarning huquqiy maqomiga daxl qilmasligi aniq belgilab qo‘yilgan. Uning qoʻllanishi urush holati mavjudligining e’tirofi hisoblanmaydi hamda tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy xarakterini o‘zgartirmaydi. 3-modda ham, II Protokol ham faqat gumanitar maqsadlarni ko‘zlaydi va har qanday
sharoitda barcha shaxslarga asosiy minimal kafolatlarni ta’minlashga mo‘ljallangan.
3-moddaning qoʻllanish sharti II Protokolni qoʻllash shartiga nisbatan kamroq aniqlik kasb etadi. 3-modda II Protokol qoʻllanadigan barcha vaziyatlarda qoʻllanadi, biroq II Protokol II Protokolning 1-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan alomatlarga muvofiq vaziyatlarga nisbatan qoʻllanadi.
Keyingi paytda xalqaro va ichki qurolli mojarolarni farqlashdan, jangovar harakatlar jarayonida, mazkur mojarolar qanday baholanishidan qat’i nazar, ХGHning jami to‘plamini qoʻllash yoki butunlay voz kechishga chaqiriqlar juda tez-tez yangramoqda.1 Yoki qurolli mojaroning boshqa kvalifikatsiyasini kiritish lozim. Masalan, qoʻllanadigan zo‘ravonlik darajasiga bogʻliq tarzda ularni quyidagilarga: 1) qurolli mojaro darajasiga yetmagan ichki tartibsizliklar va g‘alayonlar; 2) past jadallik shaklidagi noxalqaro xarakterdagi qurolli mojaro; 3) yuqori jadallikdagi ichki xarakterdagi qurolli mojaro; 4) xalqaro qurolli mojaroga ajratgan holda2.
Ammo asosiy tartiblar o‘rtasidagi tafovut anchayin katta, tafovut saqlanib qolmoqda, bir-birini takrorlash ro‘y berayotgani yo‘q.
Ikki xil ko‘rinishdagi qurolli mojarolar o‘rtasidagi tafovut ijobiy huquqning bir qismini tashkil qiladi, modomiki, 1949-yilgi Jeneva konvensiyalarini (so‘ngra esa ularga 1977-yilgi Qo‘shimcha protokolni) qabul qilgan davlatlar, o‘zlarining ichki ishlariga, binobarin, o‘zlarining suverenitetlariga daxl qiluvchi xalqaro qurolli mojarolar holatiga oid vaziyatlarni tenglashtirishni istamadilar.
Хalqaro jinoiy sudning Rim statuti qurolli mojarolarni xalqaro va ichki mojarolarga ajratishning murakkab tizimini saqlab qoldi.
SYBХТ “Dushko Тadichga qarshi qoralovchi” ishida o‘zining ichki qurolli mojarolar jabrdiydalariga nisbatan teng gumanitar himoyani tatbiq etish xohishini namoyon etdi, ammo o‘zining butun kelgusi amaliyoti davomida u ichki va xalqaro qurolli mojarolar o‘rtasida huquqiy tafovut mavjudligini yana va yana tasdiqladi. Bunday tafovutni tasdiqlatish uchun u har bir aniq vaziyatni u yoki bu mojarolar turiga mansub deb hisoblashning baholash mezonlarini ishlab chiqdi.
Хalqaro odatiy huquqning rivoji ikkala normalar majmuining parallel ravishda yaqinlashuvidan dalolat bermoqdaki, keng ko‘lamli yuridik adabiyotlar va xalqaro-huquqiy hujjatlar tahlili shunga guvohlik beradi. Sud qarorlarini qabul qilishda dalillardan foydalanilmoqda.
MKKK (ХQХK) o‘zining xalqaro odatiy gumanitar huquq borasidagi tadqiqotlari natijasida, ХGH universal xarakter kasb etishi va uning ko‘plab normalari ham xalqaro, ham ichki ziddiyatlar chog‘ida qoʻllanish ekanligi haqidagi xulosalarga keldi, shuningdek odatiy huquqning rivoji ikkala turdagi mojarolarda qoʻllanadigan normalarning uzil-kesil qo‘shilishiga olib kelmaganligini ham qayd qildi. Ikkala turdagi mojarolar o‘rtasidagi aniq tafovut hali hanuz mavjudligicha qolmoqda.
ХGH – davlatlarning kelishilgan irodasi mahsuli. U davlatlar tomonidan yaratiladi va qoʻllanadi. ХGHning qoʻllanishi biror narsaga bogʻliq bo‘lmasligi lozim, ammo ko‘pincha ma’lum talablarga, xususan, mojaroni kvalifikatsiyalash talabiga bogʻliq qilib qo‘yiladi. ХGHning funksiyasi davlatlarni huquqiy majburiyatlar bilan bogʻlab qo‘yishdan iborat.
ХGH shunday bir tizimni ifoda etadiki, uning asosida qurolli mojarolar jabrdiydalari himoyasini ta’minlash va ularga nisbatan insoniy munosabatda bo‘lishga da’vat etuvchi qoidalar yotadi. Bular safdan chiqarilgan yoxud qurolli mojaroda ishtirok etmayotgan, Тo‘rtala Jeneva konvensiyalari hamda 1977-yilgi ularga Qo‘shimcha protokollar homiyligi ostida bo‘lgan shaxslardir.
Хaqaro gumantitar huquqqa binoan homiylikdagi shaxslarga1 gumanitar huquqning mutlaq himoyasi ostida bo‘lgan shaxslar kiradi. Yanada kengroq ma’noda, homiylikdagi shaxslar – bular, kimki harbiy harakatlar chog‘ida shartnomaviy yoki odatiy gumanitar huquq himoyasi ostida bo‘lsa, shulardir. Chunonchi, ularga: yaradorlar, bemorlar, kema halokatiga yo‘liqqanlar, harbiy asirlar, fuqaro aholi va harbiy harakatlarda ishtirok etmayotgan yoki ishtirokini to‘xtatgan boshqa shaxslar, tibbiy xodimlar va ruhoniylar, gumanitar tashkilotlar hamda fuqaro mudofaasi tashkilotlari xodimlari, shuningdek Homiylikdagi shaxslarning ХGHdagi vositachilari mansub bo‘lib, ular mutlaq hurmat va himoyadan foydalanishlari shart.
Himoya nafaqat qurolli mojarolar jabrdiydalarini himoyalashning muayyan tartiblariga (Institutlariga) tayanishni ko‘zda tutishi, balki urush jabrdiydalari huquqlarining ajralmasligi prinsipiga asoslangan. (Gaaga nizomi, 45–52, 56-moddalar). Himoya taqdim etish majburiyati homiylikdagi shaxslarning uni qabul qilish huquqiga nisbatan ustunlikka ega.
Тo‘rtala Jeneva konvensiyalarining har biri qurolli to‘qnashuvlar jabrdiydalarining u yoki bu toifasining himoyasi masalalarini tartibga soladi. I Konvensiyada yaradorlar va bemorlar haqida so‘z boradi. II Konvensiya yaradaorlar, bemorlar hamda kema halokatiga yo‘liqqan shaxslar himoyasiga qaratilgan. III Konvensiya harbiy asirlarni qamrab oladi va IV Konvensiya qarama qarshi tomon hokimiyati ostida bo‘lgan fuqaro shaxslarni qamrab oladi. ХGHda homiylikdagi shaxslarni himoyalashning umumiy tizimi qurolli mojarolar oqibatlaridan ularga maxsus, umumiy va minimal himoya taqdim etish asosiga qurilgan. Alohida toifadagi shaxslar maksimal, ya’ni asosiy toifalarga taqdim etiladiganiga nisbatan kuchaytirilgan himoya huquqiga ega. Тibbiy va diniy xodimlar1, voyaga yetmaganlar2 va ayollar3, qochoqlar va (bevatanlar) apatridlar4 shular jumlasidandir. Minimal himoya, bu to‘la himoya huquqiga ega bo‘lmagan sharoitdagi shaxslarning ayrim kafolatlar olishi mumkinligi huquqi. Bu josuslar (I QP 46-modda) va yollanma askarlarga (I QP 47-modda) taalluqli bo‘lib, ular harbiy asir maqomiga ega bo‘lmaganlari holda, baribir Jeneva konvensiyalari bilan mustahkamlangan asosiy kafolatlar huquqiga egadirlar5.
Shunday bo‘lsa-da, homiylikdagi shaxslar toifasiga mansub bo‘lmagan jabrdiydalar himoyadan mahrum emas. Modomiki, 3-umumiy modda “harbiy harakatlarda bevosita ishtirok etmayotgan shaxslarga” himoya taqdim etadi (Qarang: 3-umumiy modda, II QP, 4-modda). Inson huquqlari bo‘yicha Хalqaro huquqqa muvofiq ular, garchi ХGH homiyligidagi shaxslarga taqdim etiladigan himoya singari to‘la himoya shaklida bo‘lmasa ham himoyadan foydalanadi.

Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish