O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Urushayotgan taraflarni qurolli kurash olib borishning vosita va usullarini tanlashda cheklash prinsipi



Download 454,89 Kb.
bet58/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

Urushayotgan taraflarni qurolli kurash olib borishning vosita va usullarini tanlashda cheklash prinsipining ajoyib ifodasi Gaaga huquqi normalarida hamda I Qo‘shimcha Protokolning I bo‘limi Sh qismida o‘z aksini topgan: Jami gumanitar huquqning asosi sifatida e’tirof etilgan mazkur umumiy prinsip, amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator o‘ziga xos taqiqlar uchun manba vazifasini o‘tadi.
Urush olib borish vositalari deganda urushayotgan tomonlar qurolli kuchlari tomonidan raqibni safdan chiqarish maqsadida qoʻllanadigan qurollar va boshqa vositalar anglashiladi. Bugungi kunda qurolni qoʻllash bir qator konvensiyalar, protokollar, deklaratsiyalar hamda urush huquqining odatiy normalari bilan qat’iy belgilanadi.
Urush olib borish usullari – bu urush olib borish vositalarini qoʻllash usullari va yo‘llari. “Hech kimni tirik qoldirmaslik”ka buyruq berish, ahdiga xiyonat, shaharlar va joylarni talash, genotsidga qoʻl urish, fuqaro aholi orasida ochlikni qoʻllash, garovga olish, terror uyushtirish, homiylikdagi shaxslarni qirib yuborish va h.k. harbiy mojaroning xarakteridan qat’i nazar ХGHni jiddiy buzish sifatida ХGH odatiy normalari bilan tan olingan mutlaq taqiqlar hisoblanadi.
Хalqaro gumanitar huquqni qoʻllash sohasi
ХGHni qoʻllash sohasi hozirgi paytda mavjud ХGH normalarini tartibga solishning chegaralarini belgilaydi.
Davlatlararo munosabatlar ХGHning tartibga solish obyekti hisoblanadi. Хalqaro-huquqiy tartibga solish davlatlararo munosabatlar doirasidan tashqariga chiqishi mumkin emas.
Хalqaro-huquqiy tartibga solish obyektining o‘ziga xos xususiyatlari xatti-harakatlari xalqaro huquq normalari bilan tartibga solinadigan yoki tartibga solinishi mumkin bo‘lgan shaxslar doirasini belgilab beradi.
Faqatgina davlatlararo munosabatlar ishtirokchilari (suveren davlatlar, o‘z ozodligi va mustaqilligi uchun kurashayotgan xalqlar va millatlar, ayrim xalqaro hukumatlararo tashkilotlar) ХGHning subyektlari bo‘la oladilar.
Хalqaro gumanitar huquq – bu qurolli to‘qnashuvlar vaziyatida davlatlar va alohida shaxslarning xatti-harakatini tartibga soluvchi xalqaro huquq tarmog‘i bo‘lib, qoʻllanish sohasi shaxs, vaqt, hudud jihatidan cheklanadi.
Хalqaro gumanitar huquq o‘zaro farqli ikki xil vaziyat sharoitida qoʻllanadi: xalqaro qurolli mojarolar chog‘ida hamda noxalqaro qurolli mojarolar chog‘ida.
“Urush” ko‘p sonli markaziy tushunchalardan biri bo‘lib, uning mohiyati keyingi bir necha asrlar mobaynida tubdan o‘zgardi.
Zamonaviy xalqaro-huquqiy hujjatlarda “urush” atamasidan ko‘ra ko‘proq “qurolli mojaro” atamasi qoʻllanadi.
Zamonaviy demokratik davlatlarning urush e’lon qilish va boshlashga nisbatan murakkab konstitutsiyaviy talablari hamda BMТ ustavining kuch ishlatishga nisbatan qat’iy cheklovchi moddalari davlatlardan bevosita huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaruvchi muayyan iboralarni qoʻllashda o‘ta ehtiyotkorlikni talab etadi.
1949-yildan boshlab “qurolli mojaro” tushunchasi an’anaviy “urush” tushunchasining o‘rnini egalladi. 1949-yilgi Jeneva konvensiyasini qoʻllash uchun obyektiv mezonlar maxsus to‘plamini qamrab olish va amal qilish imkoniyati “qurolli mojaro” iborasini tanlashga sabab bo‘lib xizmat qildi.
Jeneva konvensiyalarining 2-umumiy-moddasiga muvofiq mazkur atama nafaqat “e’lon qilingan urush holatida”, balki “...har qanday boshqa qurolli mojaro holatida” ham qoʻllanadi. “Qurolli mojaro” iborasi “urush”ga isbatan ancha keng vaziyatlar ko‘lamini (spektrini) qamrab oladi. Chegaralardagi ko‘plab vaziyatlar, zo‘ravonlik va keskinliklar (chegaradagi to‘qnashuvlar, qurollangan bosqinchilar harakati) “urush” tushunchasi bilan qamrab olinmaydi.
1949-yilgi Birinchi Jeneva konvensiyasiga sharhga muvofiq “urush”ni yuridik tavsiflash bo‘yicha nihoyasiz bahslashish mumkin. Bir davlat boshqa bir davlatga nisbatan dushmanlik harakatini amalga oshirib, hamisha o‘zini go‘yoki urush olib bormayotgan, balki politsiyaviy tadbirlarni amalga oshirayotgan yoxud qonuniy o‘zini-o‘zi himoyalash doirasida harakat qilayotganday ko‘rsatishi mumkin. Davlatlar o‘rtasida yuz beradigan va qurolli kuchlar aralashuviga olib keluvchi har qanday kelishmovchilik, basharti tomonlardan biri urush holati mavjudligini inkor etayotgan bo‘lsa-da, qurolli mojaro hisoblanadi”1.
Sobiq Yugoslaviya bo‘yicha Хalqaro harbiy tribunal Тadich ishi bo‘yicha shunday qaror qildi: “har gal, qachonki davlat qurolli kuchlarni ishga soladigan bo‘lsa yoki qachonki hukumat kuchlari va tashkiliy qurolli guruhlar o‘rtasida yoxud bir davlat doirasidagi shunday guruhlar o‘rtasida davomli qurolli mojaro yuz beradigan bo‘lsa, bunday vaziyatda qurolli mojaro mavjud hisoblanadi”2.
ХQM 1949-yilgi Jeneva konvensiyalarining barchasi uchun umumiy bo‘lgan 2-moddada yuridik tushuncha sifatida qoʻllaniladi.


Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish