O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi



Download 454,89 Kb.
bet158/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

Xalqaro munosabatlar – bu xalqaro huquq subyektlari o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy, huquqiy, diplomatik, harbiy va boshqa turdagi aloqalar va munosabatlar majmuidir.
Xalqaro odatlar – xalqaro huquq normalarini tashkil etib, u shunday yurish-turish qoidasiki, unda xalqaro huquq subyektlarining har doim takrorlanuvchi bir turdagi o‘xshash xatti-harakatlarining mahsuli sifatida namoyon bo‘lib huquqiy norma sifatida tan olinadi.
Xalqaro rejimli hududlar deganda, davlat chegarasidan tashqaridagi quruqliklar va suvlar, ya’ni hech bir davlatning suvereniteti ostida bo‘lmagan quruqliklar, ochiq dengiz, va ularni ustidagi havo bo‘shligi, kontinental shelfdan tashqarida joylashgan dengiz osti hududlar tushuniladi.
Xalqaro shartnomalar – bu davlatlar va xalqaro huquqning boshqa subyektlari tomonidan yozma shaklda tuzilgan, bunday kelishuv bitta, ikkita hujjatda yoxud bir nechtasida o‘z ifodasini topganligidan, shuningdek uning aniq nomlanishidan qat’i nazar xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan kelishuv hisoblanadi.
Xabeas korpus” taomili – bu hibsga olingan shaxsni qamoq ostida ushlab turishga javobgar bo‘lgan mansabdor shaxsga yo‘naltirilgan sud buyrug‘ining an'anaviy nomi. Ushbu taomil birinchi marta Angliyada 1679-yilda joriy etilgan – Habeas Corpus Act. “Xabeas korpus” taomili kontinental Yevropadagi deyarli barcha mamlakatlarda qo‘llaniladi.


Nazorat savollari
Nazorat savollari:

  1. Xalqaro huquq bilan qanday munosabatlar tartibga solinadi?

  2. Xalqaro hamjamiyat deganda nima tushuniladi? Qanday tuzilmalar xalqaro hamjamiyat subyektlari hisoblanadi?

  3. Xalqaro ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquq o‘rtasida qanday bog‘liqlik mavjud?

  4. Xalqaro huquq va diplomatiya (tashqi aloqalar huquqi) o‘rtasida qanday aloqa mavjud?

  5. Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik o‘rtasida qanday bog‘liqlik mavjud?

  6. Xalqaro ommaviy huquqning qaysi sohalari yangi paydo bo‘lgan sohalar hisoblanadi?

  7. Xalqaro huquq manbalari deganda nimani tushunasiz?

  8. Xalqaro huquq manbalariga nimalar kiradi?

  9. Xalqaro huquqda dispozitiv va imperativ normalarga misollar keltiring.

  10. Xalqaro shartnomaga ta’rif bering.

  11. Xalqaro huquq manbasi sifatida xalqaro odatga ta’rif bering va misollar keltiring.

  12. Xalqaro tashkilotlar hujjatlari xalqaro huquq manbasi hisoblanadimi?

  13. Xalqaro huquqiy doktrinalar xalqaro huquq manbasi sifatida.

  14. Sud qarorlari xalqaro huquq sifatida.

  15. Hozirgi davrda xalqaro huquqning rivojlanishi va kodifikatsiyasi.

  16. Xalqaro huquq normalari va O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi.

  17. Xalqaro huquq prinsiplari bu nima?

  18. Xalqaro huquqning asosiy va umum tan olingan prinsiplari orasida farq mavjudmi?

  19. Xalqaro huquqning sohaviy prinsiplari deganda nimani tushunasiz?

  20. Qaysi xalqaro huquqiy hujjatlarda xalqaro huquq prinsiplari o‘z ifodasini topgan?

  21. Xalqaro huquqning har bir prinsipi toʻgʻrisida o‘z fikringizni bildiring.

  22. O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligida xalqaro huquq prinsiplarining ifodalanishini ko‘rsating.

  23. Xalqaro huquqning inson huquqlarini himoya qilish prinsipiga O‘zbekiston Respublikasida qay tarzda rioya qilinmoqda?

  24. "Xalqaro huquq sub’ekti" tushunchasi nimani anglatadi?

  25. Oddiy va murakkab davlatlar hamda ularning ittifoklari deganda nimani tushunasiz?

  26. Millatlar va xalk.lar xalqaro huquq sub’ekti hisoblanadimi?

  27. Davlatga o‘xshash tuzilmalar ham xalqaro huquq sub’ekti hisoblanadimi?

  28. Xalqaro-huquqiy tan olish nimani anglatadi?

  29. Xalqaro-huquqiy tan olishning qavday shakllari mavjud?

  30. Davlatlarning huquqiy vorisligi deganda nimani tushunasiz

  31. Xalqaro kanallarning huquqiy rejimini xalqaro daryolarning huquqiy rejimlaridan qanday farqi bor?

  32. Delimitatsiya va demarkatsiyaning o‘zaro bog‘liqligi va bir-biridan farqi nimadan iborat?

  33. Aralash rejimli hududlar bilan xalqaro rejimli hududlarning asosiy farqi nimadan iborat?

  34. Davlat chegarasini belgilash jarayonini ketma-ketligini aniq keltirib tushuntiring.

  35. Kema qatnovli transchegaraviy daryolar bilan kema qatnovsiz transchegaraviy daryoda chegara o‘rnatishda qanday farq bor?

  36. Antarktikaning xalqaro huquqiy rejimining o‘ziga xosligi nimadan iborat?

  37. Fuqarolikka ega bo‘lishning yo‘llari ikkita asosiy guruhga bo‘linadi: umumiy va maxsus. Umumiy shakldagi filiatsiya va naturalizatsiyaning asosiy farqi nimada deb o‘ylaysiz?

  38. MDH doirasida 1993-yilgi 24-sentabrda Qochoqlar va majburiy ko‘chmanchilar to‘g‘risidagi Bitimga qo‘l qo‘yilgan. Ushbu Bitimda majburiy ko‘chmanchilarga xalqaro huquqiy maqom berilgan. Ushbu Bitimga ko‘ra qochoqlar va majburiy ko‘chmanchilarning asosiy farqi nimada?

  39. Xalqaro shartnomalar huquqi tushunchasi va manbalari deganda nimani tushunasiz?

  40. Xalqaro shartnoma tushunchasi va yuridik tabiati qanday?

  41. Xalqaro shartnoma ob’ekti va maqsadi deganda nima tushuniladi?

  42. Xalqaro shartnomalar qanday va nima asosida tasniflanadi (klassifikatsiya qilinadi)?

  43. Xalqaro shartnomalarning qanday turlarini bilasiz?

  44. SHartnomalar shakli, tuzilishi va nomi bo‘yicha qanday bo‘lishi mumkin?

  45. Xalqaro shartnomalarning harakati va kuchga kirish tartibi qanday?

  46. Xalqaro-huquqiy shartnomalar ijrosi qanday usullar bilan ta’minlanadi?

  47. Xalqaro shartnomalarning bekor qilinishi va harakatining to‘xtatilishi tartibi qanday?

  48. Xalqaro shartnomalarning haqiqiyligi deganda nima tushiniladi?

  49. Хalqaro gumanitar huquq tushunchasi va uning xalqaro munosabatlardagi ahamiyatini tushuntirib bering.

  50. Хalqaro gumanitar huquq asosiy prinsiplarining shakllanishi va rivojlanishi haqida fikringizni bildiring.

  51. Zamonaviy xalqaro gumanitar huquqning asosiy manbalari va ularning mazmunini yoritib bering.

  52. Harbiy harakatlar olib borishning qoidalarini izohlang.

  53. Urush jabrdiydalari va fuqaro obyektlari qay tartibda himoya qilinadi?

  54. Xalqaro tashkilotlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishining xronologik tartibda tushuntirib bering.

  55. Millatlar Ligasining tashkil topishiga nima turtki boʻldi?

  56. BMT tashkil topishi va undan keyingi davrda xalqaro tashkilotlarning rivojlanish tendensiyalarini tushuntirib bering.

  57. Xalqaro tashkilotning tushunchasini aytib bering.

  58. Xalqaro hukumatlararo tashkilot nima?

  59. Xalqaro nohukumat tashkiloti nima?

  60. “Xalqaro paratashkilot” nima?

  61. Xalqaro tashkilotlar huquqi tushunchasini aytib bering.

  62. Xalqaro tashkilotlarga a’zolik masalasi qanday klassifikatsiya qilinadi?

  63. Xalqaro tashkilotlarning organlari qanday klassifikatsiyalanadi?

  64. O‘zbekistonda xalqaro tashkilotlar huquqi shakllanishi va uni fan sifatida rivojlanib borish tendensiyalarini tushuntirib bering

  65. Xalqaro huquqiy javobgarlik bilan qanday munosabatlar tartibga solinadi?

  66. Xalqaro huquqiy javobgarlik va xalqaro jinoyat o‘rtasida qanday bog‘liqlik mavjud?

  67. Xalqaro huquqiy javobgarlik bilan bog‘liq qanday xalqaro hujjatlarni bilasiz?

  68. Xalqaro huquqiy javobgarlik bilan shug‘ullanuvchi qanday xalqaro institutlar mavjud?

Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish