O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi



Download 454,89 Kb.
bet118/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

Sobiq Yugoslaviya va Ruanda Xalqaro harbiy tribunallari. Sobiq Yugoslaviya va Ruanda hududida xalqaro huquqning buzilishi va insonlarning jabrlanishiga sabab bo‘lgan harakatlar BMT Xavfsizlik Kengashining 1993-, 1994-yillarda ikkita favqulodda xalqaro jinoiy sud – Sobiq Yugoslaviya hududida xalqaro huquqning jiddiy buzilishi va jinoiy harakatlarning amalga oshirilishiga sabab bo‘lgan shaxslarni sud qiluvchi xalqaro jinoiy tribunal, 1991-yilda hamda 1994-yil 1 yanvardan 31 dekabrgacha bo‘lgan davr mobaynida Ruanda va qo‘shni mamlakatlar hududida amalga oshirilgan genotsid, xalqaro huquqning buzilishi, Ruanda aholisiga nisbatan genotsid jinoyati va boshqa jinoiy harakatlarni sodir etgan shaxslar ustidan jinoiy ish ochish va sud qilish bilan shug‘ullanish uchun xalqaro jinoiy tribunal tashkil etishni taqozo etdi.
Sobiq Yugoslaviyadagi holatning maqomi 1949-yildagi Jeneva Konvensiyasidan kelib chiqqan holda xalqaro gumanitar huquqning jiddiy buzilishi hamda insoniyat va genotsidga qarshi jinoyatlarga tegishli bo‘lib, Tribunalning yurisdiksiyasiga kiritilgan.
Ruanda voqeasi uchun Tribunal xalqaro xususiyatga ega bo‘lmagan qurolli to‘qnashuvlar, genotsidga oid, insoniyatga qarshi qaratilgan jinoyatlarni hamda 1949-yildagi Jeneva konvensiyasidan kelib chiqib va 1977-yildagi bu Konvensiyani to‘ldiruvchi, xalqaro xususiyatga ega bo‘lmagan qurolli to‘qnashuvlar normalarini o‘z ichiga oluvchi Ikkinchi hisobotga asosan urush qurbonlarini himoyalash to‘g‘risidagi umum qabul qilgan normalarning buzilishi jinoyatlarini ko‘rib chiqish maqsadida tashkil etildi.
Xalqaro tribunallarning yurisdiksiyalari jismoniy shaxslarga ularning Nizomdagi o‘rniga mos ravishda tarqatiladi.
Xalqaro tribunallarning tashkil etilishi sodir etilgan jinoyatlarga milliy sudlarning munosabatlarini e’tiborga olmagan holda amalga oshirilishiga e’tibor berish lozim. Bundan kelib chiqadiki, tribunallar bunday jinoyatlarni sodir etgan bir guruh shaxslar bilan bog‘liq jinoyatlarni to‘liq hal eta olmaydi. Lekin aynan o‘sha ish yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atish Xalqaro Tribunal vakolatiga kiritilgan.
Demak, Yugoslaviya va Ruanda uchun tashkil etilgan Xalqaro tribunallar davlatlarning faol harakatisiz ish olib bora olmaydi. BMT Nizomining VII bobiga binoan Xavfsizlik Kengashi chiqargan qaror barcha davlatlarga sud qarorlarini amalga oshirishda zaruriy choralar ko‘rish vazifasini yuklaydi. Tribunallarning Nizomlari davlatlarga yordam ko‘rsatish, aybdorlarni qidirish, topish va tribunallarga topshirish majburiyatlarini yuklaydi. Bularning barchasi jinoiy va jinoiy-protsessual qonunchilikka tegishli qoidalar kiritilishini talab qiladi.
Shu asnoda Yugoslaviya va Ruanda yuzasidan ish ko‘ruvchi xalqaro tribunallarning tashkil etilishi va faoliyati sud qurilmalari va xalqaro jinoyat huquqida muhim qadam bo‘ldi hamda Xalqaro jinoyat sudi tashkil etilishiga turtki bo‘ldi.
Xalqaro jinoyat sudi. Jahon hamjamiyatiga butun dunyoda sodir etiladigan xalqaro jinoyatlarni ko‘rib chiqa oladigan sud zarur edi. Bundan tashqari, ayni paytda milliy sudlar jazosidan qochgan jinoyatchilarni javobgarlikka torta oluvchi, haqiqatan ham jinoyatchilikka qarshi kurasha oladigan qat’iy mexanizm zarurati vujudga keldi.
BMT Xalqaro jinoyat sudi ko‘rinishida Nyurnberg tribunalining tamoyillarini qabul qilganiga ham yarim asrdan oshdi. Nyurnberg tribunali ad hoc tribunal hisoblansa-da, uning tamoyillari xalqaro jinoiy huquqiga asos bo‘lgan. Qat’iy e’tirof etish mumkinki, keyingi bosqichlarda hukumatlar doimiy xalqaro jinoyat sudi zarurligini nafaqat tushunib yetishdi, balki tashkil etiluvchi institutning asosiy parametrlarini yaratishdi hamda bu oddiy bo‘lmagan masalaning yechimi yo‘lida amaliy harakat boshlashdi.
Milliy yurisdiksiyalar hal etish layoqatiga ega bo‘lmagan xalqaro (transmilliy) jinoyatlarni sud qiluvchi xalqaro doimiy jinoyat sudi yaratish fikri XX asr boshlaridayoq paydo bo‘lgan. 50-yillarning boshlarida Xalqaro jinoyat sudi maqomidagi ilk loyiha paydo bo‘lgan, ammo siyosiy sabablar ta’sirida uning ustida ish olib borish to‘xtab qolgan.
BMTning Xalqaro huquq komissiyasi BMT Bosh Assambleyasi topshirig‘iga binoan uzoq tanaffusdan so‘ng 1982-yil uzilib qolgan ishini davom ettirib, tinchlikka, xavfsizlikka qarshi qaratilgan jinoyatlar haqida avval yaratilgan Kodeksni yangilashga kirishdi. Natijada shunday to‘xtamga kelindiki, agar insoniyatning tinchligi va xavfsizligiga qarshi qaratilgan jinoyatlar kodeksi o‘zi bilan xalqaro jinoyat sudini yaratmasa, haqiqiy hisoblanmaydi1.
1989-yilda dunyodagi siyosiy vaziyat o‘zgarishi bilan Xalqaro jinoyat sudini yaratish jarayoni boshlandi. Xorvatiya, Bosniya-Gersegovina va Kosovodagi Serb agressiyasi amalga oshirgan uyushgan jinoyatchilik harakatlarida ko‘pchilik davlatlar Xalqaro jinoyat sudini yoqlab chiqdilar.
1989-yilda BMT Bosh Assambleyasi 44/39-rezolyutsiyasida buni hisobga olib, insoniyatning tinchligi va xavfsizligiga qarshi jinoiy harakatlarni ko‘rib chiquvchi Xalqaro jinoyat sudini tashkil etish masalasi bilan shug‘ullanishni Xalqaro huquq komissiyasiga taklif etdi. Xuddi shunday rezolyutsiya Karib orollari mamlakatlari tomonidan ham 1990- 362 yilda qabul qilingan. Komissiya bunday xalqaro jinoyat sudini tashkil qilish masalasini ko‘rib chiqqan edi1.
BMT Bosh Assambleyasi ushbu masalani nazorat qilgan holda 1990-yil 28-noyabrdagi 45/41-, 1991-yil 9-dekabrdagi 46/54-rezolyutsiyalarida takroran Xalqaro jinoyat sudini yaratishga faol amaliy harakat qilish talabi bilan chiqdi.
Xalqaro huquq komissiyasi 1991–1992-yillarda qabul qilingan Insoniyat tinchligiga va xavfsizligiga qarshi qaratilgan jinoyatlar kodeksi ustida faol ish olib borib, Xalqaro jinoyat sudini yaratish masalasini ko‘rib chiqdi. Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun Xalqaro jinoyat sudi yaratilishi lozim degan fikrga kelgan ishchi guruh ko‘p tomonlama shartnoma maqomidagi loyihani qabul qilgan.
1992-yilda BMT Bosh Assambleyasi Xalqaro huquq komissiyasi ma’ruzasiga asosan 47/33-rezolyutsiyasida qaror qabul qilgan va davlatlarga BMT Bosh Kotibiga ishchi guruhning ma’ruzasi yuzasidan yozma ravishdagi mulohazalarini taqdim etishni taklif qildi. O‘z navbatida, Xalqaro jinoyat sudini tashkil qilish to‘g‘risida ko‘p tomonlama shartnoma ishlab chiqish loyihasi ustida faol ish olib borayotgan Xalqaro huquq komissiyasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mazkur masalaga urg‘u bergan.
1994-yilda Xalqaro huquq komissiyasi ishchi guruh tomonidan tayyorlangan loyihani qabul qilib oldi va, o‘z navbatida, bu loyihani ko‘rib chiqish, Xalqaro jinoyat sudini tashkil etish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani qabul qilish uchun diplomatik konferensiya tashkillashtirish taklifini berdi2.
Shu tariqa, BMT Xalqaro huquq komissiyasi avval mavjud bo‘lmagan Xalqaro jinoyat sudi, yangi tizim yaratish yo‘lidan borgan.
BMT Bosh Assambleyasi 1996-yil 15-dekabrdagi 51/207-rezolyutsiyasida 1998-yilda Xalqaro jinoyat sudini tashkil etish to‘g‘risida konvensiya qabul qilish va loyihani yakunlash maqsadida diplomatik konferensiya o‘tkazishni belgiladi.
Italiya hukumati Xalqaro jinoyat sudi tashkil qilish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish bo‘yicha Diplomatik konferensiyani aynan o‘z hududida 1998-yil 15-iyun – 17-iyulda bo‘lishiga chin dildan xohish bildirdi va Bosh Assambleya o‘zining 1997-yil 15-dekabrdagi 52/60-rezolyutsiyasida BMTga teng huquqli a’zo davlatlarning Xalqaro jinoyat sudi to‘g‘risidagi diplomatik konferensiyasini Rim shahrida o‘tkazish taklifini mamnuniyat bilan qabul qildi.
BMT Bosh Assambleyasi Tayyorlov qo‘mitasidan 1996-yil 15-dekabrdagi 51/207-rezolyutsiyasiga munosib holda ishni davom ettirishni so‘radi. Tayyorlov qo‘mitasi 1998-yil 16-mart – 3-aprelda Xalqaro jinoyat sudi loyihasi konvensiyasining ishini tugallash o‘zining konferensiya sessiyasini o‘tkazish vaqtiga to‘g‘ri kelgan.
Konferensiya 1998-yil 15-iyundan 17-iyuldagacha BMTning Rimdagi Qishloq xo‘jaligi tashkiloti qarorgohida o‘tkazildi.
Shu tariqa, 1998-yil 17-iyulda Konferensiyada jinoyatlar, sud ishi tartibi, uning davlatlar bilan o‘zaro aloqalari aniqlangan - Rim Xalqaro jinoyat sudi ko‘pchilik ovoz (120 nafar tarafdor, 7 nafar qarshi, 21 nafar betaraf) bilan ma’qullandi.
BMT Bosh Kotibi Xalqaro jinoyat sudi hujjatlarini imzolash paytida, 1998-yil 17-iyulda: “Sudning tashkil etilishi kelajak avlodlarga yana umid beradi va u inson huquqlari to‘g‘risidagi umumiy qonun sari qo‘yilgan ulkan qadam” deb nutq so‘zlagan.
Xalqaro jinoyat sudi loyihasi 60 ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilingach kuchga kirishi lozim edi. 2002-yil 12-aprelda, bu amalga oshdi, 10 ta davlat vakillari BMT Bosh Kotibi Kofi Annanga BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida ratifikatsiya yorliqlarini taqdim etdi. Bugungi kunda Sudning a’zo davlatlarining soni 124 tani tashkil etadi.
Xalqaro jinoyat sudining qarorlari ortga qaytish kuchiga ega emas, ya’ni 2002-yil 1-iyuldan, ya’ni Xalqaro jinoyat sudining Rim Statuti rasman kuchga kirgan kundan boshlab sodir etilgan jinoyatlarga sudning yurisdiksiyasi joriy qilinadi (11-modda).

Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish