O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi



Download 454,89 Kb.
bet117/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

Xalqaro jinoyat sudlari
Nyurnberg va Tokio Xalqaro harbiy tribunallari. Ikkinchi jahon urushi paytida ittifoqchilar og‘ir jinoyatlarni sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘ri va adolatli bo‘lishi lozimligini talab qildilar.
1943-yil 30-oktabrdan boshlab gitlerchilar sodir etgan vahshiyliklar uchun javobgarlik to‘g‘risidagi Moskva deklaratsiyasi qabul qilindi. Moskva deklaratsiyasiga ko‘ra, gitlerchilarning qilgan jinoiy harakatlari va vaxshiy jinoyatlari uchun javobgarlikka tortib, jinoyatni qayerda sodir etganliklaridan qat’i nazar, ularni sudlash edi. Sud qidiruv, tergov va jazolashni milliy yurisdiksiyalarga asoslanmagan holatda ham amalga oshirishni lozim deb topdi.
1945-yil 8 avgust kunida Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSH va SSSR hukumatlari tomonidan uzoq muzokaralar natijasi o‘laroq, Londonda Xalqaro harbiy tribunal tashkil qilishga kelishib olindi.
Kelishuvga asosan Xalqaro harbiy tribunal Nizomi tuzildi. Unga binoan to‘rt nafar sudya va ularning o‘rinbosarlari, bevosita kelishuvda ishtirok etgan to‘rtta hukumatdan ikkitadan vakil hamda shu davlatlarning jazo aktlarini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘ruvchi va dalillarni keltiruvchi ayblov komissiyasi tuzildi.
Nyurnberg Nizomida uning yurisdiksiyasi belgilanib, umumiy tamoyillari qabul qilindi. Nizomga binoan jinoiy javobgarlikka tortish, sudlash va harbiy jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan joriy qilingan hukmlarni ijro etish Tribunalga topshirildi.
Shu tariqa, Xalqaro harbiy tribunal jinoyatchi Germaniya gitlerchilarining harbiy boshliqlarini javobgarlikka tortuvchi uchta asosiy xalqaro jinoyat turini belgiladi. Nizomning 6-moddasida tinchlikka qarshi jinoyatlar, harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlarni jinoiy javobgarlikka tortish subyektlari va doirasi ko‘rsatildi. Ular tarkibiga boshliqlar, tashkilotlar, yollanganlar va vazifa topshirilganlar, og‘ir jinoyat deb topilgan holatlarning birortasini amalga oshirishda yoki amalga oshirish maqsadida kelishuv va shartnomalarda ishtirok etganlar kiritildi.
Nizom hamda Xalqaro harbiy tribunalning shakllanishida davlatlar faqat Birlashgan Millatlar Tashkilotining munosabatidan kelib chiqib yondashdilar va o‘z oldilariga butun dunyo hamjamiyati nomidan harbiy jinoyatchilarni jinoiy javobgarlikka tortish maqsadini qo‘ydilar.
Yaponiyaning asosiy harbiy jinoyatchilarni jinoiy javobgarlikka tortishning xuddi shunday tamoyillari Tokio xalqaro tribunalining Nizomiga kiritildi.
1945-yil 3-sentabrda militar Yaponiya uchun Ikkinchi Jahon urushi mag‘lubiyat bilan yakunlandi. Yapon militaristlari dunyo xalqlariga nisbatan o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etishdi. Bu bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar yechimi sifatidagi Potsdam konferensiyasida yapon harbiylarini javobgarlikka tortish masalasi qo‘yildi. 1945-yil dekabrda Moskvada bo‘lib o‘tgan. SSSR, AQSH va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlarining majlisida Yaponiya uchun ittifoq birlashmasi, Uzoq Sharq uchun kompetensiya va komissiya tashkil etish ma’qullandi.
Uzoq Sharq komissiyasi yapon harbiy jinoyatchilarini hibsga olish, sud qilish va javobgarlikka tortish masalalarini aniqladi va 1946-yil 19-yanvardagi boshqaruvchi ittifoq mamlakatlarning munozaralaridan so‘ng Uzoq Sharq uchun Xalqaro harbiy tribunalning Nyurnberg Tribunalinikiga o‘xshash Nizomi tasdiqlandi.
Tribunal 20 nafar sudlanuvchi ustidan hukm chiqardi. Tokio Tribunali hukmlarida harbiy asirlarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan javobgarlikka tortish masalasi keng miqyosda ko‘rib chiqildi. Bu masala Nyurnberg Tribunalida alohida ko‘rib chiqilmagan edi.
Nyurnberg va Tokio Tribunallarining hukmlari xalqaro huquq tarixida insoniyatga qarshi qaratilgan og‘ir jinoyatlarni sud qilishning ilk xalqaro sud aktlari ekanligi hamda bu jinoyatlarning sodir etilishini asosiy qo‘llab-quvvatlagan boshliqlari, tashkilotchilari, ijrochilari muqarrar hukm qilinib, shafqatsiz jazolanganligi bilan ulkan ahamiyat kasb etadi. Nyurnberg va Tokioda chiqarilgan hukmlar tarixiy saboqlarni unutgan holda harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi qaratilgan jinoyatlar sodir etuvchi hukumat vakillari, alohida yuqori lavozimdagi shaxslar, agressiv doiralar uchun jiddiy ogohlantirish bo‘lib xizmat qildi.

Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish