O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi



Download 454,89 Kb.
bet115/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

E’tibor bering!
“Har qanday milliy, irqiy, etnik yoki diniy guruhlarni qisman yoki to‘liq yo‘q qilish niyatida amalga oshiriladigan harakatlar genotsid deb tushuniladi”.
Genotsidga misol qilib Germaniya, Chili, Janubiy Afrika, Kampuchiya va boshqa mamlakatlarda totalitar rejim hukm surgan paytdagi qirg‘inbarotlarni keltirish mumkin.
Aparteid” (tarjimasi – alohida yashash) irqiy kamsitilishning keskin shakllaridan biri bo‘lib, davlatlarning butun bir aholisining guruhi, irqiga ko’ra davlatdagi boshqa aholiga nisbatan huquqlari kamsitiladi, ular siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va fuqarolik huquqlaridan mahrum qilinadi. Bir irqning ikkinchi bir irq ustidan hukmronlikni o‘rnatish va ushlab turish hamda ularga doimiy ravishda zulm o‘tkazish uchun aholi maxsus ajratilgan joylarda saqlanadi.
1973-yilda BMT Bosh Assambleyasi Aparteid jinoyatining oldini olish va buning uchun jazolash to‘g‘risida konvensiya qabul qildi. Unga ko‘ra aparteid xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid soluvchi, xalqaro huquqqa, insoniyatga qarshi qaratilgan jinoyat deb topildi.
Bunday jinoyatning subyektlarini, qayerda sodir etilganidan va qanday sababga ko‘ra sodir etilganidan qat’i nazar, davlat vakillari, tashkilotlar, tashkilot a’zolari va jismoniy shaxslar tashkil qiladi. Ijrochilardan tashqari, aparteid aktlarini amalga oshirishda hamkorlik qilgan yoki qo‘llab-quvvatlaganlar, bevosita yordam bergan shaxslar va tashkilotchilar ham jazoga tortiladi. Bunday jinoyatlarga nisbatan ham universal yurisdiksiya o‘rnatilgan. Aybdorlar Konvensiya ishtirokchisi bo‘lgan biron-bir davlatning sudiga tortilishi mumkin. Zarur holda jinoyatchi biron-bir davlatga beriladi, chunki aparteid siyosiy jinoyat hisoblanmaydi. Shuning uchun jinoyatchilarni biron-bir davlatga ushlab berish (ekstraditsiya) o‘sha davlatning milliy qonunchiligi yoki xalqaro shartnomalar asosida amalga oshiriladi (Aparteid jinoyatini oldini olish va uni sodir etganlik uchun javoblik toʻgʻrisidagi Konvensiyaning 9-moddasi). Konvensiyada davlatlar rozilik bergan taqdirda xalqaro jinoiy tribunal tashkil etish mumkinligi nazarda tutilgan. “Ekosid” (tarjimasi – uy, turar joylarni yo’q qilish) xalqaro harbiy jinoyat bo‘lib, atrof muhitga, tabiatga sivilizatsiya uchun ijtimoiy xavfli tajovuz qilishni bildiradi.
Uning tarkibiy qismi harbiy ekosid, ya’ni urushda dushmandan harbiy ustunlikka erishish va g‘alabani ta’minlash uchun tabiiy shart-sharoitlardan majburiy foydalanish hisoblanadi. Bunda quyidagilarning farqini bilish kerak:
a) geofizik urushlar – vulqonlar, zilzilalarni majburiy ravishda o‘z foydasiga o‘zgartirish, ozon qatlamini vayron qilish, abadiy muzliklarga ta’sir o‘tkazish va boshqacha shaklda Yer sharining tuzilishi yoki tarkibini sun’iy o‘zgartirib, urushda g‘alaba qilish;
b) meteorologik urushlar, texnik va boshqa vositalar yordamida bo‘ron, dovul, sunami, momaqaldiroq, ko‘chkilar vujudga keltirish, qor, yomg‘ir yog‘dirish va boshqa usullar bilan iqlimni o‘zgartirish; d) yadro quroli, radiatsion, bakteriologik, zaharli, yondiruvchi, infratovushli, radiochastotali va shu kabi ommaviy qirg‘in qurollari (OQQ) va boshqa taqiqlangan qurollardan foydalanish.
Tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar kodeksi loyihasida bu jinoyatlar “oldindan o‘ylab va atrof-muhitga jiddiy zarar” yetkazadigan jinoyat deb ataladi, bunda atrof-muhitga, tabiatga uzoq vaqt va jiddiy zarar yetkazishga qasd qilinganligi tushuniladi. Bu moddaga berilgan sharhda atrof-muhitni himoya qilish insoniyat uchun katta ahamiyatga ega ekanligi, shuning uchun sivilizatsiyaning asosiy manfaatlariga jiddiy qasd qilgan ijrochilarni xalqaro jinoiy javobgarlikka tortish ko‘rsatib o‘tiladi. Shunday qilib, ekosid insonni o‘rab turgan tabiatni tuzatib bo‘lmas darajada o‘zgartirishga olib kelish bilan bog‘liqdir. Ekosidning xalqaro xavfi shundaki, uning oqibatlari chegara bilmaydi, bir davlatning ekologik muvozanati buzilishi undan ancha uzoqda bo‘lgan boshqa bir davlatning atrof-muhitiga ham ta’sir ko‘rsatadi. “Biosid” (tarjimasi – hayotni tugatish) xalqaro jinoyat sifatida ekosiddan oxirgi o’n besh yil ichida ajralib chiqdi. Biosidning ekosiddan farqi shundaki, u faqat insoniyatga qarshi qaratilgan bo‘ladi.
Uning manbai agressiv urush va qurolli to‘qnashuvlar hisoblanadi va shu jarayonda bu jinoyat amalga oshiriladi. Tinchlik davrida biosid amalga oshirilmaydi.
Keng ma’noda, “biosid” so‘zi qurolli mojarolarda g‘alaba qozonish va dushman ustidan harbiy ustunlikka erishish uchun ommaviy qirg‘in qurollari yordamida biosferani, ya’ni tirik organizmlar, tirik tabiat, odamlar va boshqa tirik mavjudotlarni maqsadli ravishda yo‘q qilishni anglatadi.

Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish