O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Xalqaro jinoyat huquqining prinsiplari



Download 454,89 Kb.
bet112/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

Xalqaro jinoyat huquqining prinsiplari
Xalqaro huquq har qanday huquq sohasi singari muayyan tizim, institut, tartibga solish usul va prinsiplarga egadir. Prinsiplar xalqaro huquqda o‘zining odatiy huquqiy mezon, huquq sohasi doirasidagi normalar uchun rahbariy qoida tarzidagi funktsiyasini bajaradi. Shunday ekan, xalqaro huquqning maxsus sohasi sifati xalqaro jinoyat huquqi ham xalqaro huquqning umume’tirof etgan prinsiplariga tayanadi. Ushbu prinsiplarga zid kelmagan ravishda xalqaro jinoyat huquqining maxsus prinsiplari ishlab chiqilgan.
Xalqaro jinoyat huquqi umumiy va maxsus prinsiplar asosida boshqarilgandagina o‘zining asosiy ijtimoiy ahamiyatga molik tashkiliy-huquqiy vazifalarini bajaradi.
Xalqaro jinoyat huquqining umumiy prinsiplar Nyurenberg Tribunali Nizomida o‘z aksini topgan bo‘lib, keyinchalik 1948-yilgi Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi hamda 1966-yilgi “Fuqaroviy va siyoviy huquqlar toʻgʻrisida”gi Xalqaro Paktda mustahkamlandi.
1998-yilning Xalqaro Jinoyat Sudi Statutining 3-bo‘limida xalqaro jinoyat huquqining maxsus prinsiplari belgilandi. Ushbu prinsiplarga quyidagilar kiradi:



Nullum crimen sine lege prinsipi. Mazkur prinsipga ko‘ra, shaxs sodir etgan harakat sud yurisdiksiyasida belgilab qo‘yilgan jinoiy harakatlarga mos kelmasa, u Statut bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Jinoyatni aniqlashda esa aniq tadqiqotlar olib borish va analogik jihatdan ko‘rib chiqilmasligi lozim. Aniqlashtirishda ikki fikrlilik holati yuzaga kelgan taqdirda masala tergov jarayonida ishtirok etayotgan, sud ish yurituvi olib borilayotgan yoki aybdor deb topilgan shaxs foydasiga hal etiladi. Mazkur prinsip Sud Statutidan mustaqil holatda xalqaro jinoyat huquqiga oid har qanday harakatning jinoyat sifatidagi kvalifikatsiyasiga ta’sir etmaydi;
Nulla poena sine leg prinsipi. Mazkur prinsipga ko‘ra sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxs Xalqaro jinoyat sudi Statutidagi qoidalarga mos tarzda javobgarlikka tortilishini ko‘rsatib o‘tadi.
Ratione personae prinsipi (ortga qaytish kuchining yo‘qligi). Mazkur prinsipga ko‘ra shaxs Statut kuchga kirguncha bo‘lgan davrda sodir qilgan harakatlari uchun Statutda belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Ushbu masala yuzasidan sud ishi tugallanmagan yoki so‘nggi qaror chiqarilmagan taqdirda sud qilinayotgan yoki ishi ko‘rib chiqilayotgan shaxs uchun yengilroq jazo qo‘llaniladi;
Xalqaro huquq doirasidagi jinoyatlar uchun shaxsiy jinoiy javobgarlik prinsipi Xalqaro Harbiy Tribunal Nizomi insoniyat tinchligi va xavfsizligiga qarshi qaratilgan hamda harbiy jinoyatlar uchun javobgar shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish va jazolash uchun ishlab chiqilgan edi. Tribunal ushbu huquqni buzgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishda xalqaro jinoyat huquqi to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘llanishini ta’kidladi. Mazkur prinsip xalqaro huquq doirasidagi jinoyatlarni taqiqlashdagi mohiyatini to‘ldirish bilan birga, bunday jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning javobgarlikka tortilishi va jazolanishni ta’minlaydi.
Xalqaro huquq doirasidagi jinoyatlarni sodir etganlikda shaxslarning ayblanishi va javobgarlikka tortilishi prinsipi quyidagi hujjatlarda o‘z tasdig‘ini topgan:
– 1993-yil 22-fevralda Sobiq Yugoslaviya hududida sodir etilgan xalqaro gumanitar huquqining buzilishi kabi jinoyatlar uchun javobgarlikka tortish maqsadida tashkil etilgan Xalqaro Tribunal Nizomining 7 va 23-moddalarida;
– 1994-yil 1-yanvardan 1994-yil 31-dekabrgacha bo‘lgan vaqt mobaynida Ruanda va qo‘shni mamlakatlar hududida sodir etilgan genotsid, xalqaro gumanitar huquqning jiddiy buzilishi jinoyati sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortuvchi Xalqaro Tribunal Nizomining 6-22 - moddalarida;
– BMTning 1950-yildagi “Nyurnberg tribunali Nizomi tomonidan tan olingan va bu Tribunalning yechimi aks ettirilgan xalqaro huquq prinsiplari”ni qabul qilish bo‘yicha o‘tkazilgan BMTning Xalqaro Huquq Komissiyasining 2-sessiyasida;
– 1954-yil insoniyat tinchligi va xavfsizligiga qarshi qaratilgan Jinoyat Kodeksi loyihasining 1-moddasida;
– Shaxsiy javobgarlik prinsipining yakuniy ko‘rinishi Xalqaro Jinoyat Sudi Statutining 25-moddasida aniqlashtirildi.

Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish