O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Xalqaro ekologiya huquqida javobgarlik masalalari



Download 454,89 Kb.
bet108/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

Xalqaro ekologiya huquqida javobgarlik masalalari
Xalqaro ekologik-huquqiy javobgarlik xalqaro ommaviy huquqning javobgarlik tizimining bir qismi hisoblanib – xalqaro huquq subyektlari (davlatlar, xalqaro tashkilotlar va transmilliy korporatsiyalar) ning atrof –muhitga yetkazadigan zararini oldini olish yoki yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan kelib chiqadigan xalqaro-huquqiy me’yorlar va ularga monand ravishdagi huquqiy munosabatlarning iqtisodiy-huquqiy kompleksi hisoblanadi.
Xalqaro huquq subyektlarining ekologik zararli yoki qonunga xilof harakatlari, ularning o‘z iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy, texnologik, rekreatsion va shu kabi xo‘jalik faoliyatlari natijasida kelib chiqadigan atrof – muhit muhofazasiga zid bo‘lgan harakat yoki harakatsizliklaridir.
Ushbu javobgarlik kodifikatsiyalashmagan, ya’ni u atrof-muhitga oid aniq bir masalalari bo‘yicha faqat odat normalariga asoslanadi.Agarda davlatlar, xalqaro tashkilotlar va transmilliy korporatsiyalar faoliyatlari BMT va uning ixtisoslashgan tashkilotlari yoki mintaqaviy ekologik tashkilotlar tomonidan belgilangan atrof-muhit holatining huquqiy me’yorlari doirasida bo‘lsa, bu holat ushbu subyektlarning butun olam tabiati oldidagi iqtisodiy-ekologik javobgarligini paydo qiladi. Buni ularning tabiat va kelajak avlodlar oldidagi moddiy va ma’naviy javobgarligi deyish mumkin.
Yuridik adabiyotlarda iqtisodiy-ekologik javobgarlik tabiatga yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan amalga oshiriladigan iqtisodiy tadbir bo‘lib, uning subyektlari umumjahon, mintaqaviy yoki submintaqaviy turdagi ekologik jamg‘armalarga muntazam ravishda to‘lanadigan badal to‘lovlari orqali undirib olinadi.
Ayrim kosmik fazoni o‘zlashtirishga oid dasturlarni bajaruvchi davlatlar, birlashmalar va xalqaro tashkilotlar 1972-yilda qabul qilingan “Kosmik kemalar orqali zarar yetkazish konvensiyasi”ning 2-moddasiga binoan tabiatga yetkazilgan zararni qoplashlari kerak.
Ekologik-huquqiy javobgarlik – bu xalqaro ekologik obyektlardan universal, mintaqaviy va ikki davlat o‘rtasida belgilangan xalqaro huquqiy me’yorlardan oshirib foydalanish yoki ularni buzish orqali atrof-muhitga yetkazilgan zararni qoplash orqali kelib chiqadigan hamda xalqaro huquq subyektlariga qo‘llaniladigan moddiy va siyosiy sharoitlarni majburiy kechinmasi yoki ularning yuridik javobgarlikka tortilishi.
Yuridik javobgarlikning noqulay moddiy kechinmasi yoki moddiy javobgarligi ekologik ziyon ko‘rgan davlatlarga yoki davlatlar yurisdiksiyasida bo‘lmagan ekologik obyektlarga (xalqaro ekologik tashkilotlar orqali) yetkazilgan zararni moliyaviy, natural holda yoki almashtirish orqali qoplashga tushunamiz.
Xalqaro ekologik javobgarlikda faqatgina yetkazilgan mulkiy zararni qoplash kabi javobgarlik turi keng tarqalgan bo‘lib, asosan u tabiiy resurslarni huquqqa xilof tarzda egallab olishdan tortib to ekologik me’yor va talablarni bajarmaslik kabi turli shakllarda namoyon bo‘ladi va buning natijasida atrof-muhitni noqulay tarzda o‘zgarishiga olib keladi. Xalqaro ekologik huquqbuzarliklar oddiy huquqbuzarlik va xalqaro jinoyatlarga bo‘linib, yetkazilgan zararning miqdoriga qarab tasniflanadi.
Xalqaro ekologik-huquqiy javobgarlikda aybdorlarga nisbatan noqulay siyosiy kechinmalarni qo‘llash sanksiyasi mavjud bo‘lib, bunda xalqaro tashkilotlar yoki ularning sudlov organlarining qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi. Natijada aybdor deb topilgan xalqaro subyekt xalqaro tashkilotlar safidan chiqariladi va ularga nisbatan turli ko‘rinishdagi yoki shakldagi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy, harbiy, ekologik “boykot” e’lon qilinadi.
Hozirda, ushbu ekologik masalalarni hal etishga qodir bo‘lgan muassasa, ya’ni 1993-yilda ta’sis etilgan BMTning xalqaro Gaaga sudi tarkibida Ekologik palata faoliyat olib bormoqda. Uning tarkibi yettita doimiy sudyalar – BMT xalqaro sudi a’zolaridan iborat. 1994-yilda esa nohukumat tashkilot sifatida faoliyat olib boruvchi Xalqaro ekologik arbitraj va murosaga kelish sudi ta’sis etildi. Uning tarkibiga 24 ta mamlakatdan 29 ta huquqshunos-ekologlardan iborat sudyalar jam bo‘lishdi. Uning Nizomi qabul qilinib, rahbarlik qiluvchi (yetakchi) organining doimiy joylashgan joyi sifatida Meksikaning Mexiko-Siti shahri va Ispaniyaning San-Sebastyan shahri tanlandi.
Ma’lumki, eng nufuzli xalqaro sudlov organi – BMTning xalqaro Gaaga sudi 1945-yil BMT bilan bir vaqtda faoliyat yurita boshladi. Uning a’zolari Bosh Assambleya tomonidan 5-yil muddatga saylanadilar. BMT Nizomining 99-moddasiga binoan Gaaga sudi Xavfsizlik Kengashiga xalqaro ekologik masalalarga doir va ekologik xavfsizlikni saqlash bo‘yicha har qanday masalalarni hal qilishga doir takliflar bilan chiqishga huquqlidir.

Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish