Jamoaviy “Munozara” bellashuvlarini olib borish bo‘yicha
YO‘RIQNOMA
I. Kirish
Munozaralar zamonaviy hayotga oid eng dolzarb masalalar ustida baxs olib borib,o‘zgalarning fikriga nisbatan hurmatbilan munosabatda bo‘lishga o‘rgatadi, insonning tahliliy va tanqidiy fikrlashini rivojlantiradi, dunyoqarashini kengaytiradi.
Munozara ishtirokchilari bellashuvdan oldin berilgan mavzu bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rishadi. Munozara davomida ikkala jamoaning ishtirokchilari vazifalariga ko‘ra (tasdiqlovchi, inkor etuvchi) fikrini to‘liq ifoda etish, ularga isbotlar, misollar keltirish va o‘z raqiblariga savollar berish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bellashuv yakunida hakamlar munozaralarni konstruktiv baholashadi. Har bir notiqning kuchli va zaif tomonlarini, jamoada ishlashini, muloqot davomida ishlatgan dalil va tegishli misollar keltirganliklariga umumiy baho berishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |