Kupajlangan sharbatlar.
Ushbu sharbatlar asosiy sharbatga boshqa turdagi sharbat qo’shilishi
(nok-olma sharbati 80:20; olcha-gilos sharbati 65:35 va hokazo.) yo’li bilan tayyorlanadi. Bir xom
ashyoning turli navlarining sharbatlari ham kupajlanadi, masalan yuqori qandli nav sharbati kam
qandli, ammo yuqori kislotali nav sharbati bilan va hokazo.
Qandli sharbatlar
. Ta’mi yaxshilanishi uchun kislotaliligi baland bo’lgan xom ashyolardan
olingan tabiiy sharbatlarga qand yoki qand siropi qo’shiladi. Bunday sharbatlar ichimlik sifatida
ishlatiladi. Qand etsiz sharbatlarga, sirop esa ichimlik konsistentsiyasi hosil qilish uchun etli
sharbatlarga qo’shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |