Etsiz sharbatlar
loyqa, shaffoflantirilmagan va tiniq, shaffoflantirilgan turlarga ajraladi. Ular
meva hujayralarining erimas to’qimalaridan ajratilgan sharbati. Tamomila shaffof bo’lishi uchun
sharbat maxsus texnologiya asosida tindiriladi va filtrlanadi. Agar sharbat tiniq bo’lishi shart bo’lmasa
u holda dag’al muallaq zarralarni gidromexanik usulda ajratib olish kifoya qiladi.
Etli sharbatlar (n ye k t a r l a r)
ishqalab olingan gomogenizatsiyalangan massaga katta
miqdorda qand siropi qo’shilgan ko’rinishida ishlab chiqariladi. “Suyuq mevalar” etli sharbatlarning
turi hisoblanib o’ta mayin maydalangan va ozroq miqdorda qand siropi qo’shilgan meva massasi
hisoblanadi.
Xom ashyoga qo’yiladigan talab SHarbat ishlab chiqarish uchun qanlar, kislotalar, oshlovchi,
xushbo’y va ranglovchi moddalar miqdori olingan sharbatda talab etiladigan yoqimli ta’m, xushbo’ylik
va chiroyli rangga mos keluvchi xom ashyo tanlanadi.
Konservalangan sharbatlarda standart doirasida quruq modda miqdori va kislotalilik xom ashyo
turi tayyor mahsulot sortiga qarab me’yorlanadi. Etil spirti (0,3-0,5% oralig’ida) va og’ir metallarning
ruxsat etilgan miqdori ham me’yorlanadi.
SHarbatning ta’m ko’rsatkichlari asosan qand-kislota indeksiga bog’liq. Tabiiy sharbat tarkibida
hech qanday yordamchi material bo’lmagani uchun asosiy rolni xom ashyo sifati o’ynaydi. CHirik va
mog’or bosgan xom ashyodan ishlab chiqilgan sharbatda yoqimsiz hid va ta’m bo’ladi.
Etsiz sharbat presslash usuli bilan olinadi. Presslab olingan sharbatning miqdori meva
to’qimalarining tuzilishi va mevaga beriladigan dastlabki ishlov texnikasiga bog’liq.
Presslashning bir xil sharoitida turli meva va rezavorlardan turli miqdorda sharbat siqib olinadi.
Uzum, olma, olcha, malina, chernika, qulupnayni presslashda katta miqdorda sharbat chiqadi. Olxo’ri,
o’rik, qora qorag’at, qizil, behilarni presslaganda juda kam miqdorda sharbat chiqadi.
Tayyorlash operatsiyalari. Meva va rezavorlar sharbati ishlab chiqarish sanoatida xom ashyoni
korxonaga keltirish, qabul qilish, saqlash, yuvish, inspektsiyalash boshqa turdagi meva konservalari
ishlab chiqarishdagi kabi amalga oshiriladi.
Danakli mevalar hamda uzum ventillyatorli mashinalarda yuviladi, urug’li mevalar – ketma-ket
rotorli va ventillyatorli mashinalarda yuviladi
SHarbat chiqishini oshirish uchun mevaga ishlov berish. SHarbat chiqishini oshirish uchun mevaga
quyidagi usullarda ishlov beriladi.
Mexanik maydalash. Qariyb barcha meva va rezavorlar presslashgacha maydalab kesiladi, eziladi,
chaqiladi v hokazo. Bunda hujayra tirik organizm sifatida halok bo’ladi.
Mexanik ishlov berish natijasida hujayralarning asosiy qismi buzilsa, shundagina bu turdagi ishlov
ijobiy samara beradi. Ammo hujayraning o’lchamlari kichik bo’lgani uchun ularning oz miqdori
maydalanadi. Masalan, agar meva 3 mm qalinlikda maydalansa hujayraning o’lchami 50 mkm
bo’lganda ularning faqat 15% -i bevosita buziladi.
Isitish
. Etsiz sharbat presslash usuli bilan olinadi. Presslab olingan sharbatning miqdori meva
to’qimalarining tuzilishi va mevaga beriladigan dastlabki ishlov texnikasiga bog’liq.
Presslashning bir xil sharoitida turli meva va rezavorlardan turli miqdorda sharbat siqib olinadi.
Uzum, olma, olcha, malina, chernika, qulupnayni presslashda katta miqdorda sharbat chiqadi. Olxo’ri,
o’rik, qora qorag’at, qizil, behilarni presslaganda juda kam miqdorda sharbat chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |