- 9 -
6-rasm. To’rt silindrli dizel silindrlar kallagining qistirmasi (prokladkasi)
1-po’lat karkas; 2-asbestli listlar; 3-okantovka
D-21A1, YAMZ-240BM va KamAZ-740 dvigatellarining har qaysi silindri
aloxida kallakka ega, KamAZ-740 dvigatelida kallak alyuminiy qotishmasidan
yasalgan. Kallak bilan blok-karter tutashgan joyi ikkita qistirma bilan jipslangan.
Sovitish suyuqligi
va moy kanallari birikmalari, hamda silindrlar kallagi konturi
bo’ylab rezina zichlagich bilan zichlanadi.
4ВТ-3.9 dvigatelida hamma silindrlar uchun bir butun silindrlar kallagi
mavjud. Kiritilayotgan yangi zaryadga aylanma harakat berish va yonib bo’lgan
gazlarning atmosferaga chiqishdagi energiyasini so’ndirmaslik uchun silindrlar
kallagidagi kiritish va chiqarish
traktlari maxsus formaga ega, kallakda termostat
uyasi va yonilg’i filtri kallagi ham joylashgan.
Silindrlar kallagining konstruktsiyasi dvigatel turiga, qabul qilingan sovitish
tizimiga va klapanlarning joylashuviga bog’liq. Karbyuratorli
dvigatel silindrlar
kallagida yonish kamerasi va yondirish svechasi, dizellarda esa forsunka joylashgan.
Agarda sovitish uchun suyuqlik ishlatilsa silindrlar kallagida bo’shliqlar
(g’iloflar) 17 (7-rasm) mavjud bo’lib, ular blok-karter g’iloflari bilan qo’shilgan
bo’ladi. Havoda sovitishda kallak 3 ning tashqi sirtida (3-rasm), sovitish qovurg’alari
10 mavjud.
Yonish kamerasining shakli silindrda ishchi siklining kechish xarakteriga,
ayniqsa aralashma hosil qilish va yonish jarayonlariga keskin tasir etadi. Elektr
uchquni bilan o’t oldiriladigan dvigatellarda yonish kamerasining shakli va yondirish
svechasi 18 ning (7-rasm) joylashuvi siqish darajasi qiymatini belgilaydi.
Yonish kamerasining asosiy shakllari 8-rasmda ko’rsatilgan. ZMZ-53-11 va
ZIL-130 dvigatellarining silindrlar kallaklarida ponasimon (8-rasm, b), dizellarda esa
ajratilmagan (8-rasm, g) yonish kameralari qo’llaniladi
D-240 dizelining cho’yandan quyilgan silindrlar kallagining tuzilishi 9-rasmda
ko’rsatilgan. Har qaysi silindr qarshisida silindrlar kallagining pastki tekisligi
tomonidan ikkita teshik-uyalar mavjud, ularning qirralari 45
0
burchak ostida kesilgan
bo’lib, chiqarish 3 va kiritish 4 klapanlar uchun tayanch belcha (egar)
vazifasini
bajaradi. Kallakning yuqori qismida har bir uya ustida vertikal teshikcha mavjud, bu
yerga klapanni yo’naltiruvchi bimetil vtulka 5 presslab o’rnatilgan.
Silindrlar kallagi ichki qismida klapanlar joylashgan teshiklar uchlari
tashqariga chiqadigan kirituvchi 19 va chikaruvchi 18 kanallar bilan tutashgan.
Silindrlar kallagining bir tomonidan chiqarish, ikkinchi tomondan kiritish 25 quvur
- 10 -
utkazgichlar maxkamlangan. Silindrlar kallagining ustki
qismida gaz taqsimlash
mexanizmining detallari va qalpoq 11 bilan yopiladigan qopqoq 7 o’rnatilgan.
7-rasm. ZMZ-53-11 dvigatelining ko’ndalang kesimi
1-turtki shtangasi; 2-kormislo; 3-klapan; 4-silindrlar kallagi; 5-blok-karter; 6-silindr
gilzasi; 7-porshen; 8-moy ulchash lineykasi; 9-karter tagligi (poddon); 10-moy nasosining
moy qabul qilgichi; 11-tirsakli val; 12-starter; 13-shatun qopqog’i; 14-shatun; 15-porshen
barmog’i; 16-blok-karterda sovitish suyuqligi uchun bo’shliq (g’ilof); 17-silindrlar kallagi
g’ilofi; 18-elektr uchquni bilan yondirish svechasi; 19-taqsimlash vali; 20-turtki
Kallakning o’ng devori bo’ylab joylashgan sakkizta o’tuvchi teshiklardan
turtkilar 20 ning shtangalari 21 o’tadi. Chap tomonda joylashgan to’rtta latun
stakanchalar forsunkalarni o’rnatish va sovitish uchun xizmat qiladi.
Oldingi va orqa qopqoqlar qalinligi 2…4 mm dan iborat cho’yan yoki
alyuminiy qotishmasidan iborat figurali quyulma shaklida yasalgan. Ular
taqsimlagich tishli g’ildiraklari, har xil yig’ma birliklar yuritmasi va maxovik
joylashgan bo’shliqlarni yopadigan kojuxlardir.
Dvigatel tagligi (poddon) blok-karterga boltlar bilan qotiriladi.
Blok-karter
bilan taglik orasidagi tutashgan oraliq karton qistirma bilan zichlanadi. Taglikning
pastki qismida joylashgan moyni to’kish teshigi tiqin bilan bekitilgan.
Umumiy holda krivoship shatun mexanizmining xarakatlanuvchi detallari
quyidagi 10-rasmda keltirilgan.
- 11 -
8-rasm. Dvigatel yonish kameralarining shakllari;
a-siljitilgan; b-ponasimon; v-ajratilgan; g-ajratilmagan; 1-svechalarning joylashish o’rni;
2-forsunka; 3-qo’shimcha (uyurma) yonish kamerasi;4-asosiy yonish kamerasi
Do'stlaringiz bilan baham: