O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/20
Sana15.05.2022
Hajmi2,55 Mb.
#603995
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
sXqZrmHVJen1dP8qrVto1JM9OomY42EnfEEoAyp6

 
 
 
 
 
 
Tuzuvchi: TDAU “Qishloq xo’jalik mashinalari” kafedrasi katta 
o’qituvchisi Amonov M.O. 
Taqrizchilar: TIMI “Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” 
kafedrasi mudiri, dotsent Sharipov Z.
TDAU “Q/x texnikalaridan foydalanish va texnik servisni 
tashkil etish” kafedrasi katta o’qituvchisi Toshnazarov O. 
© Toshkent davlat agrar universiteti, 2016 yil. 


- 3 - 
1-laboratoriya ishi 
 
Avtotraktor dvigatellarining krivoship-shatunli mexanizmi 
 
Ishning maqsadi:
Krivoship shatun mexanizmi (KSHM) vazifasi, tuzilishi va
ishlashini o’rganish. 
Ish joyini jihozlash: 
KSHM detallari, ish qurollari, plakatlar, adabiyotlar.
Ishni bajarish tartibi:
Plakatlar yordamida KSHM tuzilishini o’rganing. Har 
bir detalning nomini eslab qoling va ularni plakatlardan toping. Detallarni bir–biri 
bilan qanday bog’langanligini va joylashishini o’rganing. Mexanizmni ishlashi va 
unda ko’p uchraydigan nosozliklarga etibor qarating. 
 
Krivoship-shatunli mexanizm
kengayish taktida porshenning to’g’ri chiziqli 
ilgarilama qaytma harakatini tirsakli valning aylanma harakatiga, qolgan taktlarda esa 
tirsakli valning aylanma harakatini porshenning to’g’ri chiziqli ilgarilanma qaytma 
harakatiga aylantiradi. 
Zamonaviy avtotraktorlar dvigatellarida markaziy (aksial) va surilgan 
(dezaksial) krivoship-shatunli mexanizmlar keng qo’llaniladi. ZMZ-53-11, YAMZ-
240BM va ZIL-130 dvigatellarida dezaksial krivoship-shatunli mexanizm o’rnatilgan 
bo’lib, ularda porshen barmog’ining o’qi, dvigatelda old tomondan qaralganda, 
silindr o’qidan 3…5 mm chapga surilgan bo’ladi. Dezaksial krivoship-shatunli 
mezanizmi o’rnatilgan dvigatellarda porshenni yuqori chetki nuqtadan o’tish paytida 
shovqin paydo bo’lish ehtimoli kamayadi. 
Traktor 
va 
avtomobillarning 
keng 
tarqalgan 
krivoship-shatunli 
mexanizmlarning sxemalari 1-rasmda keltirilgan. Traktor yoki avtomobil dvigatelida 
silindrlari bir qatorga (1-rasm, a, b), yoki ikki qatorga joylashgan (1-rasm, c) bo’lishi 
mumkin.
1-rasm. Avtotraktor dvigatellari krivoship-shatunli mexanizmlari sxemalari 
Bir qatorli dvigatel silindrlari vertikal yoki vertikalga 20… 45
0
burchak ostida 
(M-412) joylashgan bo’lishi mumkin. Ikki qatorli dvigatellarda silindrlar o’qi 
orasidagi burchak 90
0
bo’lganda V-simon, agarda bu burchak 180
0
ni tashkil etsa 
gorizontal-oppozitli (silindrlari qarama-qarshi yotuvchi) dvigatellar deyiladi. 


- 4 - 
Porshenli ichki yonuv dvigatellarning krivoship-shatunli mexanizmi quyidagi 
qo’zgalmas va qo’zgaluvchan detallardan tashkil topgan (2-rasmga qarang): silindr 
kallagi 1, silindr 5, karter 6, porshen 4, porshen xalqalari 2 va barmogi 3, shatun 14, 
sirpanish podshipniklari 12, tirsakli val 8 va maxovik 7. 
2-rasm. Porshenli ichki yonuv dvigateli 
1-silindrlar kallagi; 2-porshen xalqalari; 3-porshen barmog’i; 4-porshen; 5-silindr;
6-karterning yuqori qismi; 7-maxovik; 8-tirsakli val; 9-karterning pastki qismi - taglik 
(poddon); 10-jag’;11-krivoship sapfasi (tirsakli valning shatun bo’yini); 12-tayanch (o’zak) 
podshipniklar; 13-tayanch (o’zak) bo’yinlar; 14-shatun; 15-kiritish klapani; 16-kiritish 
patrubkasi; 17-klapan prujinasi;18-kulachokli val (gaz taqsimlash vali);19-chiqarish 
patrubkasi; 20-chiqarish klapani; 21-yondirish svechasi
Karter, silindr va uning kallagi hamda boshqa qo’zgalmas (korpus) detallar 
dvigatelning asosini tashkil etadi. 
Silindr devori porshen harakatida yo’naltiruvchi bo’lib xizmat qiladi. Silindr 5 
da porshen 4 harakatlanadi. Porshen tubi bilan silindr kallagi tomonga o’girilgan 
stakan shakliga ega. Silindr bilan porshen orasidagi tirqish porshen xalqalari 2 bilan 
zichlanadi. Porshenning silindrda siljishi shatun 14 orqali tirsakli val 8 ning 
burilishiga olib keladi. Shatun ikkita yuqorigi va pastki kallaklarga ega. Yuqorigi va 
pastki kallaklar orasidagi masofa L shatun uzunligini tashkil etadi. 
Har bir silindr (yoki ular guruhi) uchun val 8 da alohida tirsak mavjud. Bu 
tirsak krivoship sapfasi 11, jag’lar 10 va tayanch bo’yin 13 lardan iborat. Shuning 
uchun ham dvigatel vali tirsakli deyiladi. Krivoship (tirsak) o’lchami radius R bilan 
aniqlanadi va u tirsakli val va krivoship sapfasi o’qlari orasidagi masofaga teng. 
Porshenning silindrda eng katta ko’chishi, yani krivoshipning ikki radiusiga teng 
S=2R miqdor porshen yo’li deb ataladi. Demak porshen yo’li - uning silindrda tirsakli 
valning har yarim aylanishida ketma-ket egallaydigan ikki holati o’rtasidagi masofa. 


- 5 - 
Porshenning tirsakli val o’qidan maksimal uzoqlashgan holatini shartli ravishda 
yuqori chetki nuqta (YCHN) va minimal masofada joylashgan holatini esa pastki 
chetki nuqta (PCHN) deyiladi. Chetki nuqtalarda porshen o’zining harakat 
yo’nalishini o’zgartiradi va uning ko’chish tezligi nolga teng bo’ladi. 
Porshenni chetki nuqtalardan chiqarish uchun tirsakli val 8 ga og’ir diskdan 
yasalgan maxovik 7 o’rnatilgan. Kengayish (ishchi) taktida aylanish xisobiga 
to’plangan kinetik energiyani maxovik dvigatel silindrlarida kechadigan yordamchi 
taktlarni amalga oshirish va tirsakli valda bir tekis aylanish hosil qilish uchun 
sarflaydi. 
Porshen yo’li S va silindr diametri D dvigatelning asosiy o’lchamlari bo’lib, 
zamonaviy avtotraktor dvigatellarida S/D = 0,7…1,5 atrofida bo’ladi. S/D < 1 
bo’lganda dvigatelni qisqa yo’lli; S/D = 1 da kvadratli; va S/D > 1 bo’lganda uzun 
yo’lli deyiladi. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish