O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/20
Sana15.05.2022
Hajmi2,55 Mb.
#603995
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
sXqZrmHVJen1dP8qrVto1JM9OomY42EnfEEoAyp6

O’zak podshipniklar
. Tirsakli valning o’zak podshipniklari ikki turda: 
sirpanuvchi va dumalovchi bo’lishi mumkin. 
Siranuvchi 
podshipniklar 
o’zaro almashinadigan vkladishlar bo’lib, 
konstruktsiyasi bo’yicha shatun podshipniklari vkladishlaridan ko’p farq qilmaydi. 
Ko’pchilik dvigatellarda ular qoplangan po’lat alyumin tasmasidan tayyorlanadi. 
Alyumin qotishmasi qatlamining qalinligi 0.5…0.9 mm, qalayniki 0.003…0.009 mm. 
KamAZ-740 dizeli o’zak podshipniklarining vkladishlari ham uch qatlami, biroq 
ishchi qatlam sifatida qo’rg’oshinsimon bronza qo’llaniladi. 
O’zak podshipniklarning yuqori vkladishlari elvizak teshiklarga ega, bu 
teshiklar vkladishni asosga o’rnatishda blok-karterdagi kanallar bilan mos tushadi. Bu 
kanallar orqali moy asosiy moy magistralidan podshipniklarga olib kelinadi. 
Ayrim vkladishlarning ichki yuzasida teshik bilan tutashadigan ariqchalar 
qilingan. Ariqchalar tirsakli val jag’idagi qiya kanal orqali tegishli shatun 
podshipniklariga moy oqishi uchun xizmat qiladi. 
Har qaysi o’zak podshipnigining ustki vkladishi devordagi uyaga yoki blok-
karter pardevoriga, pastkisi – olinadigan qopqoqga qo’yiladi. Vkladishlar asosga 
natyag bilan o’rnatiladi. Bu o’zak podshipniklar shpilkalaridagi gaykalarni burab 
tortganda vkladishlarning asosga butun aylana bo’ylab jips yotishini taminlaydi. 
Vkladishlarning buralishi va o’qiy siljishi natyag tufayli blok-karter va o’zak 
podshipnik qopqog’idagi maxsus to’shakda bajarilgan ponasimon yoriqlarga kiruvchi 
mo’ylovchalar yordamida bartaraf etiladi. Pastki qopqoqlar blok-karterga boltlar yoki 
shpilkalar gaykalari bilan maxkamlanadi. Shpilka gaykalari qulf qistirmalar yoki sim 
bilan shplintlanadi, yani joyida qo’zg’almas etib tutib turiladi. Pastki qopqoqlar 
o’zaro almashinmaydigan bo’ladi. SMD-60 dizelida tirsakli val bo’yini va o’zak 
podshipnik vkladishi o’rtasidagi radial tirqish 0.100…0.156 mm oralig’ida, 
karbyuratorli dvigatel ZIL-130da – 0.026…0.065 mm ni tashkil etadi. 
Tisakli vallar ikkita, ayrim xollarda uchta ishlab chiqarish nominal 
o’lchamlarda tayyorlanadi. Shatun va o’zak podshipniklar vkladishlari mana shu 
o’lchamlarga mos holda komplektlanadi. 
Dumolovchi 
podshipniklarda 
ishqalanishga 
bo’lgan sarf sirpanuvchi 
podshipniklarga qaraganda bir muncha kam, biroq, bir necha tayanchi bo’lgan ko’p 
silindrli 
dvigatellarda 
ularning 
qo’llanilishi 
dvigatel 
konstruktsiyasini 
murakkablashtiradi. 
YAMZ-240BM dvigatelida va uning modifikatsiyalarida tirsakli valning o’zak 
podshipniklari sifatida dumalovchi rolikli podshipniklar xizmat qiladi. Blok-
karterning pastki qismida ettita pardevorlarda o’zak podshipniklari uchun to’shaklar 
ishlangan. Ularda rolikli podshipniklarning tashqi xalqalari o’qiy siljishdan ushlab 


- 23 - 
turish uchun presslab joylashtiriladi. Bunda ichki xalqalar bo’lmaydi, roliklar 
to’g’ridan-to’g’ri o’zak bo’yinlaridagi yugurish bo’lakchalarida dumalanadi. 
 
Maxovik
19 (15-rasm) kengayish taktida kinetik energiya to’plab, keyingi 
uchta tayyorlov taktlari davomida uni tirsakli valni aylantirish uchun sarflaydi. 
Maxovik tirsakli valning notekis aylanishini kamaytiradi va mashina-traktor 
agregatining o’rnidan qo’zg’alishida va qisqa muddatli zo’riqishlarni yengishda 
dvigatelning ishlashida to’plagan energiya xisobiga yengillashtiradi. 
Maxovik og’ir cho’yan diskdan yasalgan, ko’pchilik avtotraktor dvigatellarida, 
shuningdek SMD-60 dizelida flanets 18 ga boltlar 21 bilan mahkamlanadi. Tirsakli 
valni elektr starter yoki yurgizish dvigateli bilan aylantirish maqsadida maxovikning 
tashqi silindrik sirtida tishli gardish 28 presslangan. 
Ko’pchilik dvigatellarning maxovik to’g’ini sirtida yoki maxovik yon sirtida 
yuqori chetki nuqtani topish hamda yoqilg’i berish (yoqilg’i purkashining ilgarilatish 
burchagini o’rnatish) yoki o’t oldirishni ilgarilatish burchagini o’rnatish uchun belgi 
qo’yiladi. Masalan, A-41, A-01M dizellarida birinchi silindr porshenini YCHN ga 
o’rnatish uchun maxovik kojuxidagi shpilka burab chiqariladi va uzun tomoni bilan 
shu teshikka yana burab kiritiladi. Maxovikdagi teshikka shpilka tushmaguncha val 
asta-sekin aylantiriladi. 
D-160 dizeli maxovigining silindrik tashqi sirtiga «1-4 sil VMT» (YCHN) va 
«2-3 sil NMT» (PCHN) belgilari qo’yilgan. Ulardan klapanlar tirqishlarini rostlash va 
yuqori bosimli yoqilg’i nasosini o’rnatishda foydalaniladi. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish