- 12 -
parmalangan, ulardan silindr ichki yuzasidan xalqalar yordamida sidirilgan ortiqcha
moylar porshen ichiga, keyin esa karterga oqib tushadi. Harakat birikmasini olish
uchun silindr va porshen biri ikkinchisiga diametri bo’yicha
sovuq holatda tanlab
olinadi. Bunda silindr bilan porshen yubkasi orasida uncha katta bo’lmagan tirqish
bo’lishi kerak. Tirqish qizigan porshen kengayganda silindrda tiqilib qolishigining
oldini olish va ular orasida moy pardasini hosil qilish uchun zarur.
9-rasm. D-240 dizelning gaz taqsimlash mexanizmi detallari bilan silindrlar kallagi
yig’ilmasi
1-silindrlar kallagi qistirmasi; 2-silindr kallagi; 3-chikarish klapani; 4-kiritish klapani;
5-klapan vtulkasi; 6 va 10-qistirmalar; 7-silindrlar kallagi qopqog’i; 8-klapan chetki
prujinasi; 9-ichki prujina; 11-qopqoq qalpog’i; 12-tayanch qistirma; 13-suxar; 14-qalpoq
gaykasi; 15-koromislo o’qi ustini; 16-ajratish prujinasi; 17-koromislo o’qi; 18-chiqarish
klapani; 19-kiritish klapani; 20-turtki; 21-shtanga; 22-rostlash vinti; 23-rostlash vinti
gaykasi; 24-koromislo; 25-chiqarish quvuri o’tkazgichi
Porshen balandligi bo’yicha notekis qiziydi, shu bilan
birga uning kengayishi
ham har xil: tubida katta, yo’naltiruvchi qismida kichik. Shuning uchun porshen
yuqori qismining diametri pastkiga (yubkaga) qaraganda birmuncha kichik qilinadi.
- 14 -
Ko’pchilik dvigatellar porshenlarining yo’naltiruvchi qismi oval shaklida,
ayrim karbyuratorli dvigatellarda – kesiklar bilan yasaladi (12-rasm). D-21A1, D-240
va boshqa dvigatellar porshenlarining bobishka joylashgan
tashqi yuzalaridan
metalning bir qismi olib tashlanib sovutkich deyiluvchi uncha chuqur bo’lmagan
to’g’riburchak shaklida kesik hosil qilinadi.
12-rasm. ZMZ-53-11 dvigatelining porsheni
Agarda porshenning yo’naltiruvchi qismi oval shaklida bo’lsa, uning kichik
o’qi porshen barmog’i tekisligida joylashadi. Bobishkada metalning katta qismi
yig’ilganligi tufayli bu tekislikda porshen kuchliroq qiziydi va buning xisobiga
ko’proq kengayadi. Shuning uchun dvigatel ishlaganda
porshen yubkasi ovaldan
silindrik holatga o’tadi va silindr bilan porshen orasidagi tirqish turli radial
yo’nalishlarda bir xilda bo’ladi. Kesiklar porshenning yo’naltiruvchi qismiga
elastiklik xususiyatini beradi va har xil harakat sharoitlarida uning silindr devorlariga
tekis tegib turishini taminlaydi. Yubkasida kesik bo’lgan porshen dvigatelga
o’rnatilganda (dvigatelga old tomondan qaraganda) kesik o’ng tomonda bo’lishi
kerak.
Silindr bilan porshen yubkasi oralig’idagi tirqish,
agarda yubka oval shaklida
yoki kesik bo’lsa, 0.05…0.10 mm ni tashkil etadi. Agarda porshen yubkasi silindrik
shaklida va kesiksiz bo’lsa, tirqish 0.18…0.26 mm bo’ladi.
Kerakli tirqish hosil qilish uchun silindrlar yoki ularning gilzalarini ichki
diametri bo’yicha va porshenlarni yubka diametri bo’yicha komplektovka qilganda
(yig’ganda), ular o’lchov guruhlarga bo’linadi. SMD-60 dizelida shunday guruhlar
ikkita, YAMZ-240BM dizelida esa - oltita. Bunday dizellarda o’lchov guruhlarining
belgilari (markirovka) gilzalarning yuqorigi sirti (torets)da
va mos holda porshen
tubida qayd qilinadi. Optimal tirqishni hosil qilish uchun porshen va gilzalarning
o’lchov guruhlari bir xil bo’lishi kerak.
Porshenning silindr bilan yeyilishini mos tushishini yaxshilash uchun ZIL-130,
ZMZ-53-11, YAMZ-240BM va boshqa dvigatel porshenlarining ishqalanish sirtlari
qo’rg’oshinning yupqa qatlami (0,004…0,06 mm) yoki kolloid grafiti bilan
qoplanadi. ZMZ-53-11 (12-rasm) va KamAZ-740 dvigatellarida
porshenning pastki
holatida tirsakli val posangilarining o’tishi va porshenni yengillashtirish uchun
yubkaning bobishka ostidagi bir qismi olib tashlanadi.
Porshenlarni massasi bo’yicha tanlashda ularning bir-biridan farqi zavod-
tayyorlovchi ko’rsatmasidan oshmasligi kerak. Masalan, SMD-60 dizelida u 10 g dan
- 15 -
oshmasligi kerak. Bunda ilgarilanma-qaytma harakatlanuvchi detallar massalarining
o’ta aniq, yani bir xil bo’lmasligidan kelib chiqadigan dvigatel titrashlari birmuncha
kamayadi.
Porshenni silindrga to’g’ri o’rnatish uchun ko’pchilik V-simon dvigatellarining
porsheni tubida strelka yoki belgi (metka) bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: