O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/20
Sana15.05.2022
Hajmi2,55 Mb.
#603995
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
sXqZrmHVJen1dP8qrVto1JM9OomY42EnfEEoAyp6

Taqsimlash vali
8 (21-rasmga qarang) unda joylashgan kulachoklar 6 va 7 
bilan klapanlarning harakatini boshqaradi. Har qaysi kulachok yuritma orqali 
(turtgich, shtanga v.x) bitta kiritish yoki chiqarish klapaniga tasir etadi. Kulachoklar 
val bilan yaxlit etib tayyorlangan va ular dvigatel silindrlarining ish tartibiga muvofiq 
har xil burchak ostida aniq tartibda joylashtirilgan. Kulachoklar profili qabul qilingan 
gaz taqsimlash fazalari asosida dvigatel ishini taminlashi kerak. Kulachokning 
qavariq (garmonik) profili keng tarqalgan bo’lib, uni xoxlagan turdagi turtgich bilan 
qo’llash mumkin. 
Taqsimlash vallari po’latdan (ZIL-130, KamAZ-740 dvigatellarida) yoki 
modifikatsiyalangan cho’yandan (VAZ-2107 dvigatelida) tayyorlanadi. Taqsimlash 
valining tayanch bo’yinlariga, ekstsentrik va kulachoklariga termik ishlov beriladi va 
silliqlanadi. 
Pastda joylashgan taqsimlash vallari blok-karter devorlarida va pardevorlarida 
o’rnatilgan sirpanuvchi podshipniklarda aylanadi. Sirpanuvchi podshipnik sifatida 
bronza vtulkasi, antifriktsion cho’yan (D-245 dvigatelida), po’lat yoki ichiga 
antifriktsion qotishma quyilgan vtulkalardan (ZMZ-53-11 va ZIL-130 dvigatellarida) 
foydalaniladi. 


- 30 - 
20-rasm. Dvigatelning gaz taqsimlash diagrammasi va har xil mexanizmlarning 
shesternyalarini joylashish sxemasi 
a-A-41 dizelining gaz taqsimlash diagrammasi; b-ZMZ-53-11 karbyuratorli dvigatelning 
gaz taqsimlash diagrammasi d-A-41 dizelining taqsimlash yuritmasi va turli 
mexanizmlarida shesternyalarning joylashish sxemasi;
1-tirsakli val shesternyasi; 2-oraliq shesternya; 3-gidrokuchaytirgich nasosi yuritmasining 
shesternyasi; 4-yoqilg’i nasosi yuritmasining shesternyasi; 5-taqsimlash valining 
shesternyasi; 6-gidroosma tizimi yuritmasining shesternyasi; 7-moy nasosi yuritmasining 
shesternyasi; T, R, K- belgilar 
ZMZ-53-11 va ZIL-130 dvigatellarining taqsimlash vallari yoqilg’i nasosi 
yuritmasining ekstsentrigi 5 va moy nasosi yuritmasining hamda uzgich-
taqsimlagichning shesternyalari bilan yaxlit qilib tayyorlanadi. 
Ko’pchilik dvigatellar taqsimlash vallarining oldingi qismida uning yuritmasini 
shesternyasi 1 o’rnatiladi. 
Taqsimlash valining vtulkada o’q bo’ylab siljishi 0.1...0.5 mm oralig’ida 
chegaralanadi. Bu maqsadda ZIL-130 va ZMZ-53-11 dvigatellarida blok-karterning 
oldingi devoriga boltlar bilan mahkamlangan tirak flanets 2dan foydalaniladi. Flanets 
2 oldingi tayanch bo’yini 4 toretsi va taqsimlash vali yuritmasining shesternyasi 1 
gubchagi orasida o’rnashgan. Flanets 2ning qalinligi ajratish halqasi 3 qalinligidan 
kichik. Bu valning o’q bo’ylab siljishini taminlaydi. 
A-41 va SMD-60 dvigatellarida shunday printsipda ishlaydigan taqsimlash 
valining o’q bo’ylab siljishini cheklovchi qurilma mavjud. 


- 31 - 
21-rasm. ZIL-130 dvigatelining gaz taqsimlash mexanizmi 
1-taqsimlash vali yuritmasining shesternyasi; 2-tayanch flanets; 3-ajratkich xalqa;
4-tayanch bo’yin; 5-yoqilg’i nasosi yuritmasining ekstsentrigi; 6-chiqarish klapanlarining 
kulachoklari; 7-kiritish klapanlarining kulachoklari; 8-taqsimlash vali; 9-kiritish klapani; 
10-yo’naltiruvchi vtulka; 11-tayanch shayba; 12-prujina; 13-koromislo o’qi; 14-koromislo; 
15-rostlash vinti; 16-koromislo o’qining ustini; 17-chiqarish klapanining burovchi 
mexanizmi; 18-chiqarish klapani; 19-shtanga; 20-turtgich; 21-moy nasosi yuritmasining va 
uzgich-taqsimlagichning shesternyasi; 22-vtulka 
Ko’pchilik avtotraktor dvigatellarida taqsimlash vali shesternyalar, VAZ-2106 
dvigatelida ikki qatorli vtulkali zanjir, VAZ-2105 dvigatelida va DEU avtomobillari 
dvigatellarida esa-tishli tasma bilan aylantiriladi. Tasmaning tarangligi kronshteynga 
mahkamlangan rolik bilan avtomatik rostlanadi. 
Taqsimlash shesternyalari dvigatelning oldingi (qopqoq bilan yopilgan, 
karterning maxsus bo’limida) yoki orqa (SMD-60, KamAZ-740 va YAMZ-240BM 
dvigatellarida) qismlarida o’rnatilgan. 
Ayrim dvigatellarda tirsakli va gaz taqsimlash vallarining shesternyalari 
bevosita ilashmaga kirishadi, A-41 (20-rasm, v), SMD-18N va D-245 dvigatellarida 
esa ular oraliq shesternyalar orqali biriktirilgan. 
Aylanishning ravonligini yaxshilash va shovqinni kamaytirish uchun 
taqsimlash shesternyalari qiya tishli qilinadi. Shesternyalar po’latdan, legirlangan 
cho’yandan va tekstolitdan tayyorlanadi. Masalan, ZMZ-53-11 dvigatelida taqsimlash 
valining shesternyasi tekstolitdan yasalgan. Shesternyalar uchun har xil 
materiallarning qo’llanilishi ularning ishlashida shovqinni kamaytiradi. 
Tirsakli va taqsimlash vallarining shesternyalari shponkada o’rnatiladi. 
Ko’pchilik dvigatellarning oraliq shesternyasi blok-karter devoriga preslab 
o’tkazilgan qo’zg’almas po’lat o’qda aylanadi. 


- 32 - 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish