O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/20
Sana15.05.2022
Hajmi2,55 Mb.
#603995
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
sXqZrmHVJen1dP8qrVto1JM9OomY42EnfEEoAyp6

Porshen xalqalari
vazifasi bo’yicha kompression va moy sidirgichlarga 
bo’linadi. Ular legirlangan cho’yan yoki po’latdan tayyorlanadi. 
Kompression xalqa 1 (13-rasm, a) porshen va silindr devorlari orasini zichlash 
uchun xizmat qiladi, porshen tepasidagi bo’shliqdan karterga havo va gazlarning 
o’tishini hamda yonish kamerasiga karterdan moy chiqishini bartaraf etadi. Bir 
vaqtning o’zida kompression xalqalar porshendan silindr devoriga issiqlikni o’tkazadi 
va porshenni qizib ketishdan saqlaydi. 
13-rasm. Porshen xalqalarining tuzilishi va ishlash prinsipi 
a-xalqa turlari; b-bo’lakli moy sidirgich xalqa; d-porshen pastga va yuqoriga 
xarakatlanganda moy sidirgich xalqalarining ish sxemasi; e-skrebok tipidagi moy sidirgich 
xalqalarining porshen ariqchasidagi holati; 1-kompression xalqa; 2-moy sidirgich xalqa;
3 va 5-xalqalardagi kesiklar (qulflar); 4-moy sidirgich xalqadagi ariqcha; 6-moy sidirgich 
xalqadagi o’yiq; 7-kompression xalqadagi kesik; 8-po’lat xalqa; 9-o’q bo’ylab 
kengaytirgich; 10-radial kengaytirgich; 11 va 12-moy oqizish kanallari; 13-porshen;
14-silindr; 15 va 16-skrebok tipidagi moy sidirgich xalqalar 
Porshenning ustki bo’shlig’ining kerakli germetikligini taminlash uchun 
dvigatellarda ikki yoki uchta kompression xalqalar o’rnatiladi. 
Xalqalar silindrlar oynasiga zich, yorug’lik tirqishisiz, butun aylana bo’ylab 
yopishishi kerak. Silindrga qo’yilmagan xalqaning tashqi diametri (erkin holatda) 
silindrning ichki diametridan birmuncha katta bo’ladi. Aylana bo’ylab bir joyda 
xalqaning kesimi kesilgan. Shuning uchun silindrga qo’yilgan xalqa elastik 
qayishqoq bo’lib uning devoriga butun aylana bo’ylab yopishadi. 
Uncha katta bo’lmagan gaz miqdori porshen ustki bo’shlig’idan kompression 
xalqalarning ichki silindrik yuzasi bilan porshen ariqchasi yuzasi orasidagi tirqishga 
kiradi. Bunda gazlarning bosimi va tezligi sekin-asta kamayib boradi. Gazlar bosim 


- 16 - 
kuchi ham xalqani silindr sirtiga itaradi. Shunday qilib kompression xalqalar silindr 
sirtiga o’zining elastiklik kuchi va gazlar bosim kuchi tasirida itariladi. 
Porshen xalqalaridagi kesiklar 3 va 5 qulf deyiladi. Silindrga qo’yilgan xalqada 
bir necha millimetrga teng tirqish bo’lishi kerak, bu tirqish xalqa qiziganda uning 
uzayishiga imkon beradi. Ko’pchilik dvigatellarda porshen xalqalari to’g’ri burchak 
shaklli qulfga ega, bunday xalqalarni tayyorlash oson va kerakli zichlikni 
(germetiklikni) taminlaydi. 
Xalqalarning yon tomonlari porshen ariqchalari yuzalarida ishqalanishi tufayli 
ularning elastikligiga xalaqit bermasligi uchun xalqalar ariqchalarda balandligi 
bo’yicha ham bir necha yuzdan bir millimetrga teng tirqishlar bilan joylashtiriladi. 
Odatda yuqorigi porshen xalqalarida qulf tirqishlari, shu jumladan balandligi 
bo’yicha ham, pastnikilarga qaraganda katta bo’ladi. 
Qulflar orqali gaz qochishini kamaytirish uchun porshenda xalqalar shunday 
o’rnatiladiki, bunda ularning qulflari bir-biriga nisbatan 90…120
0
burchak ostida 
turadi. Ikki taktli dvigatellarda (P-10UD va uning modifikatsiyasida) xalqalar 
ariqchalarda porshenga burab kiritilgan cheklovchi vintlar yordamida tutib turiladi. 
Bu esa xalqalar uchlarining bir joyga yig’ilib, silindr oynasida, vertikal to’g’ri 
chiziqqa tushishining oldini oladi. 
Agarda porshen xalqalari silindr devorlariga tig’iz tegib turmagan bo’lsa, 
silindr devori va xalqalar orasidagi juda kichik tirqishdan yorib o’tayotgan gazlar 
xalqalarning qizib ketishiga va bu esa porshen va silindr devorlari orasida joylashgan 
moyning oksidlanishiga olib keladi. Bunda hosil bo’ladigan uglerodsimon modda 
(lak qatlami) porshen ariqchasining devori bilan xalqa orasidagi tirqishni to’ldiradi. 
Bunda xalqalarning harakati qiyinlashadi, ular elastiklik xususiyatini yo’qotadi va 
porshen ariqchalarida erkin harakatlana olmaydilar. Bu hodisa xalqa kuyishi deb 
ataladi (kokslanish), bunda dvigatel quvvatining kamayishi va moy sarfining ortishi 
kuzatiladi. 
Porshen xalqalarining silindr devoriga uzoq vaqt tig’iz yotishini taminlash 
uchun xalqalar aylana bo’ylab notekis radial bosim bera oladigan qilib tayyorlanadi. 
Qulfda eng katta bosim radial bosimning bunday taqsimlanishiga xalqalarni maxsus 
formada quyish va ularga mexanik ishlov berish bilan erishiladi. 
SMD-60, 
A-41, KamAZ-740 
dvigatellarining 
kompression 
xalqalari 
ko’ndalang kesimida to’g’ri burchakli trapetsiya shaklida bo’lib, qiyaligi ichki 
diametr tomonga 10
0
burchak ostida yotadi. Birinchi (yuqorigi) kompression 
xalqaning silindrik tashqi sirti xrom bilan qoplangan. Xromning umumiy qalinligi 
0.12…0.20 mm, shu bilan birga xromning 0.03…0.05 mm li ustki qatlami g’ovak 
bo’ladi. Bu qatlam xalqa va silindr gilzasining tez yeyilishiga (prirabotkaga) imkon 
beradi va ular orasidagi ishqalanishni kamaytiradi. 
Ikkinchi va uchinchi kompression xalqalar yuzalarining boshlang’ich yeyilishi 
(prirabotka)ni tezlatish uchun (D-245, SMD-60 dizellarda), gilzaga tegib turgan 
qismida ular uncha katta bo’lmagan (1.5
0
) konuslikka ega. Ular yupqa qalinlikda 
(0.005…0.006 mm) qo’rg’oshin qatlam bilan qoplanadi. KamAZ-740 dvigatelida 
ikkinchi xalqa yuzasi molibden bilan qoplangan. 
Shu maqsadni ko’zlab ichki diametri yo’nilgan 7 kompression xalqalar 
qo’yiladi. 
Bunday 
xalqalarni 
porshen 
ariqchalariga 
o’rnatganda 
ular 


- 17 - 
deformatsiyalanadi (buraladi) va konusli xalqaga o’xshab ishlaydi. Bu xalqalarning 
yo’nilgan qirrasi porshen tubiga qaratib o’rnatiladi. 
Moy sidirgich xalqalar silindr devoridan ortiqcha moyni sidirib pastga tushirish 
uchun kerak bo’ladi. Agarda silindrning ichki yuzasidan ortiqcha moyni sidirib 
tushirilmasa, unda u porshen ustki bo’shlig’iga o’tadi va issiq gazlar va detallar bilan 
uchrashadi, qisman yonadi, qisman oksidlanadi. Bu moy sarfining ortishiga va 
porshen tubida, silindrlar kallagi va devorida qurum hosil bo’lishiga olib keladi. Moy 
sidirgich xalqa 2 silindr oynasidan ortiqcha moyni sidirib tashlaydi va uni karterga 
yo’naltiradi. U turli xil tuzilishda bo’lishi mumkin. Korobkasimon xalqa qirrasi (13-
rasm, d) yuqoriga va pastga xarakatlanganda moyni sidiradi. Xalqa va ariqcha devori 
o’rtasidagi tirqish xalqadagi o’yiq 6 va porshendagi kanal 11 orqali moy karterga 
oqib tushadi.
ZIL-130 va ZMZ-53-11 dvigatellarining porshenlarida bo’lakli moy sidirgich 
xalqa qo’llaniladi (12-rasm, b). Uning detallari prujinali po’latdan yasalgan. Xalqa 
ikkita yupqa xalqalar 8, o’q bo’ylab 9 va radial 10 kengaytirgichlardan tashkil 
topgan. Xalqalar 8 orasida joylashgan o’qiy kengaytirgich 9 ularni yuqorigi va pastki 
porshen ariqchalari devoriga siqadi. Porshen ariqchasida diskalar orqasida joylashgan 
radial kengaytirgich 10 ularni silindr oynasiga qattiq siqadi. 
SMD-60 dvigatelida faqat bitta kengaytirgichli bo’lakli moy sidirgich xalqa 17 
(11-rasm) qo’llanilgan, biroq u o’qiy va radial kengaytirgichlar funksiyalarini 
bajaradi. 
D-65N dvigatelida har qaysi ariqchaga ishchi chiqig’i xromlangan sidirgich 
(skrebok) tipidagi ikkitadan moy sidirgich xalqalar 15 va 16 (13-rasm e) va radial 
kengaytirgich 10 o’rnatilgan. Bu xalqalar biri ikkinchisiga bog’liq bo’lmagan holda 
ishlaydi va silindr gilzasi yuzasiga oson moslashadi. Yuqorigi sidiruvchi xalqa 15 
ning pastki yuzasida joylashgan chuqurliklar o’tuvchi yoriqlar hosil qiladi, ulardan 
moy porshen ichkarisiga o’tkaziladi. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish