Birinchi bosqichda Iso Masih erga kelib, erdagi iztiroblari va o’limi bilan birlamchi gunohni o’z zimmasiga olgan.
Ikkinchi bosqichda Iso Masih erga oxiratda yana qaytib keladi, Antixristni engib abadiy hayot, baxt-saodat xukmron bo’lgan ilohiy podsholikni vujudga keltiradi. SHu
24 Васильев Л.С. История религий Востока. М.,1983. – С.86.
25 Введение в культурологию /От. Ред. Е.В.Попов. М., 1996. – С.220
vaqtdan boshlab, odamlarga berilgan «birlamchi gunoh» jazosi bekor qilinadi, insonlarning baxtli va boqiy hayot davri boshlanadi;
JANNAT VA DO’ZAXGA ISHONISH. Jannat va do’zax - odamlarning o’lganidan keyin erdagi xulq-atvorlariga ko’ra ruhlari oxiratgacha turadigan joy;
OXIRATGA ISHONISH. Xristianlik ta’limotiga binoan, oxirat boshlanishidan oldin erga Antixrist keladi va qiyomat-qoyim boshlanadi. Oxir- oqibatda Iso Masih erga qaytib kelib, Antixristni engadi. O’lganlar qayta tiriladi, tiriklar va o’lganlar qayta ajrim qilinib, Yangi hayot boshlanadi;
AXLOQ QOIDALARINING DINIY TA’LIMOTDAGI KATTA AHAMIYATI. Xristianlik axloqidagi ustuvor qoidalar xudoni sevish va Yaqin kishiga bo’lgan muhabbatdir. Yaqin kishini sevish odamning o’z Yaqin qarindoshlarinigina emas, balki u bilan bevosita muloqotda bo’lgan odamlarni ham sevishini bildiradi. Xudo asosiy axloqiy qadriyat sanaladi va odamlardagi mo’minlik, haqiqatni izlash, rahimdillik va tinchliksevarlik fazilatlari ulug’lanadi.
Demak, xristian dinida ham, boshqa dinlar singari, axloqiy masalalarga alohida e’tibor qaratilgan. Kishilarning o’zaro munosabatlarida samimiylik, sadoqat, ishonch, poklik va muhabbat eng asosiy fazilatlar deb ta’kidlangan.
Talabalarga ma’lum bir davrda jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy shart-sharoitlar ta’sirida kelishmovchiliklar – ichki nizolar kelib chiqishi oqibatida dinlarda bir necha oqimlar vujudga kelganligini tushuntirish darkor. Xristian dini ham bundan istisno emas. VI-asrga kelib xristian dinining jamiyatdagi tutgan mavqei o’zgargan. Milodiy 329 yilda xristianlik Rimda davlat dini sifatida tan olingan. Xristianlikning davlat diniga aylanishi munosabati bilan jamiyatdagi ijgimoiy-siyosiy va ma’naviy mavqei o’zgargan, cherkovnnng mulkdorlar sinfi vakillari manfaatlari va mavjud ijtimoiy-siyosiy tuzumni himoya kilish vazifalari ustunlik qila boshlagan. Davlat hokimiyati cherkovning aholi o’rtasidagi ta’sirini hisobga olgan holda, provinsiya (viloyat)larda ruhoniylarning eparxiyalarini (grekcha eparchia - rahbariyat, hokimiyat degan ma’nolarni anglatadi), ya’ni cherkov ma’muriy okruglarini tashkil etgan. Eparxiyalarga arxiepiskop (grekcha episkopos - nozir, nazoratchi degan ma’nolarni anglatadi) rahbarlik qilgan.
Xristianlik davlatni mustahkamlashga xizmat qilish bilan birga hokimiyat va boylik uchun kurash jarayoniga tortilgan. Usha davrda Rim davlatining zaiflashuvi cherkovning bu kurashdagi imkoniyatini yanada mustahkamlagan. Zero, kuchli markazlashgan davlat parchalanishi natijasida paydo bo’lgan kichik davlatlar cherkov kabi ittifoqchiga muhtoj edi. Aholining madadiga tayangan cherkov mavjud imkoniyatdan unumli foydalangan va siyosiy hokimiyat uchun kurashda faol ishtirok etgan. Bu kurashda Rim va Vizantiya xristian cherkovining yirik markaziga aylangan. Quddus, Aleksandriya, Antioxiya (Suriya, Arabiston, Kipr kabilarni birlashtirgan mustaqil pravoslav cherkovi) va boshka eparxiyalar ularga bo’ysundirilgan.
Rim yeparxiyasi xristian cherkovining eng qudratli tashkilotlaridan biri bo’lgan. G’arbiy Rim imperiyasi ag’darilganidan keyin (476 yil) uning xududida kichik davlatlar vujudga kelishi natijasida Rim eparxiyasining qudrati yanada ortgan. Rimda hokimiyat episkopning qo’liga o’tgan. Keyinchalik Rim episkopi papa (lotincha papa — ota, ustoz, murabbiy degan ma’nolarni anglatadi) unvonini olgan. VI1I asrning ikkinchi yarmida Apennin Yarimorolida Papa viloyati vujudga kelgan. Rim papasi diniy va dunyoviy hokimiyatga rahbarlik qiladigan bo’lgan. Papa o’z hokimiyatini butun Rim imperiyasi hududiga va boshqa erlarga yoyishga harakat qilgan.
Sharqiy Rim imperiyasida (Vizantiya) markazlashgan davlat G’arbiy Rim imperiyasi qulaganidan keyin ham uzoq vaqt davomida (XV asrning o’rtalarigacha) saqlanib qolgan. Konstantinopol cherkovi imperator hokimiyatiga bo’ysundirilgan. Kuchli imperator hokimiyati sharqiy cherkovni o’ziga bo’ysundirish bilan birga g’arbiy cherkovning mustaqilligini saqlab qolishga va o’z ta’sirini boshqa hududlarga yoyishiga ko’maklashgan.
Rim papasi va Vizantiya cherkovi o’rtasida xristianlikning markazi maqomini qo’lga kiritish uchun o’zaro kurash boshlangan. Bu kurash murosasiz tus olib, unda goh u, goh bu tomon ustun kelib turgan. Oqibatda 1054 yilda Rim va Konstantinopol cherkovlarida uzil-kesil ajralish yuz bergan. Xristianlik shu sanadan boshlab rasman ikki yo’nalishga bo’linib ketgan. Rim papasiga bo’ysunuvchi eparxiyalar katolik (butun dunyo) cherkovi, Konstantinopol patriarxiga buysunuvchi eparxiyalar esa pravoslavie (chin e’tiqod) cherkovi degan nom olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |