XUDOGA ISHONISH - Xristianlikda xudo bitta, lekin u uch qiyofalidir. U Ota xudo, O’g’il xudo (Iso Macih) va Muqaddas Ruhdan iboratdir. Ota xudo tug’ilish yo’li bilan paydo bo’lmagan, uni hech kim yaratgan emas. Olam va undagi mavjudotlar uning faoliyati mahsulidir. O’g’il xudo (Iso Masih) mo’’jizali ravishda tug’ilgan. U — xristianlikning asoschisi. Muqaddas Ruh esa Ota xudodan paydo bo’lgan24. Xristian-likdagi xudo obrazi boshqa dinlardagi xudo obrazlaridan farq qiladi. Masalan, Qadimgi Gretsiya xudolari kabi shuhratparastlik, odamlar taqdiriga befarqlik, aysh-ishratga moyillik, manmanlik, shafqatsizlik, qasoskorlik na odamlarga xos boshqa illatlar unda yuk. Xudolar o’rtasida hokimiyat uchun o’zaro keskin kurash ham yuq. Xristianlikda xudo odamlarning aql-idroki bilan tushunib bo’lmaydigan tilsimot bo’lib, u ilohiy dunyoda mavjud. Xudo muhabbatdir. U odamlarga hech qachon yomonlik qilmaydi. Yomonlik insonning birlamchi gunohkorligi va noto’g’ri turmush tarzining natijasidir25.
ISO MASIHNING XALOSKOR – MESSIYA EKANLIGIGA ISHONISH. Xudo Adam (Odam Ato) va Eva (Momo Havo)larning «birlamchi gunohi»ni afv etish va odamlarga ilohiy haqiqatni etkazish maqsadida o’z o’g’lini er yuziga yuborgan. Iso Masih erdagi hayot iztiroblari va o’limi bilan ularning gunohlarini o’z zimmasiga olgan. Odamlarga xalos bo’lishning to’g’ri yo’lini ko’rsatib, xristianlikka asos solgan;
ISO MASIHNING QAYTA TIRILISHIGA ISHONISH. Iso Masih o’ldirilganidan keyin uch kun o’tgach qayta tirilgan va 40 kundan keyin osmonga ko’tarilgan. U er yuziga yana bir marta oxiratda Dajjol (Antixrist)ni o’ldirib, o’liklar va tiriklarni so’roq qilish va ilohiy podsholikni qurish uchun qaytib keladi;
ODAMNING GUNOHKORLIGI VA UNDAN XALOS BO’LISHIGA ISHONISH. Xudo odamlarning ajdodi Adam va Evani o’zining jismiga o’xshash qilib yaratgan va ularga boqiy hayot baxshida etgan, moddiy dunyoga egalik qilish va boshqarishni buyurgan. Jannatda yashayotgan Adam va Eva xudodek bo’lishga intilib, man qilingan «donishmandlik» daraxtining mevasini eganlar. Oqibatda odam boshqa jonzodlar bilmaydigan yaxshilik va yomonlikni farqlay boshlagan, uyat nimaligini tushungan. Shu bois insoniyat hayotida cheksiz muammolar paydo bo’lgan. Xudo ularni bu qilmishlari uchun jazolagan: birinchidan, odamlar yalpi gunohkorlikka mahkum qilinganlar; ikkinchidan, boqiy haet imtiyozi bekor kilingan.
Xristianlikda birlamchi gunoh oqibatlaridan qutulish yullari ko’rsatilgan. Bu ish bir necha bosqichdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |