O’zbekiston respublikasi qishloq



Download 321,92 Kb.
bet26/59
Sana11.03.2022
Hajmi321,92 Kb.
#489839
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   59
Bog'liq
Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti buxoro

“TO’RT ASL HAQIQAT”:


  1. SARVAM DUKHAM – butun borliq iztiroblardan iborat.

  2. SAMUDAY SATYAM – iztiroblarning kelib chiqish haqiqati. Iztiroblarning manbai – ehtiros va istaklarga to’la hayot.

  3. NIRODHAM SATYAM – iztiroblarga barham berish haqiqati. Iztiroblardan nirvanaga (sanskrit tilida – o’chish, so’nish degan ma’nolarni beradi) erishish orqali halos bo’dish mumkin.

  4. MARG SATYAM – iztiroblardan qutilish yo’li haqiqati.



SANSA RA
KARMA



DXAR MA

  1. SANSARA – tug’ilish va o’lish, yaralish va yo’q bo’lish singari jarayonning davriy ravishda muttasil bir holatdan ikkinchisiga o’tib, o’zgarib turishining falsafiy in’ikosi.

  2. KARMA – moddiy dunyodagi savob va gunoh ishlarga doir faoliyat natijasi yoki ular mohiyati va asoratining falsafiy qonuni.

  3. DXARMA – olamdagi mujassam narsa va hodisalarning universal tartibda saqlanish qonuniyatining falsafiy nazariyasi.

Budda iztiroblardan xalos bo’lish va nirvanaga erishishning sakkiz bosqichli yo’lini ishlab chiqqan. “To’rt asl haqiqat”ni anglab etish Buddaning ma’naviy ko’rsatmasiga binoan, “Sakkiz yo’l”ni o’zlashtirishdan boshlanadi:


Kishi bu bosqichlarni birin-ketin o’zlashtiradi, bir bosqichdan boshqasiga o’tishi bilan ijtimoiy hayot zanjirlaridan ozod bo’lib, ma’naviy erkinlikka erishadi, nir- vanaga Yaqinlashadi va mutlaq ruh (xudoning jismi)ga qo’shilishga tayyor bo’ladi.
Buddaviylik ta’limotiga ko’ra, nirvana kishi ichki dunyosining shunday holatiki, unda barcha hissiyotlar, hayotiy ko’nikmalar va dunyoga qiziqishlar so’nadi. Odam ichki o’zligidan va u orqali yashashga intilish asosida ruhning

to’xtovsiz qayta tug’ilishini hosil qiluvchi sabablardan xalos bo’ladi. Kishi ichki erkinlikka ega bo’ladi. Bu shunday erkinlik va ruhiy holatki, unga erishgan kishiga xatto xudolar ham havas bilan qaraydi.
Nirvanaga erishish yuli juda murakkab bo’lib, tashqi tomondan yordam bo’lmasa, kishi mustaqil ravishda unga erisha olmaydi. Shu bois bu yulni tanlagan kishilarga nirvanaga erishish holatida bo’lgan, lekin o’zi bosib o’tgan yo’ldan ko’proq odamlarning o’tishi uchun yordam berishga tayyor turuvchi avliyosifat odamlar — bodxisatvalar (sanskrit tilida — tabiatan uyg’otuvchi, ziyo beruvchi kishi degan ma’nolarni anglatadi) ustozlik qiladi.
Buddaviylik har qanday ko’rinishdagi keskinliklarga qarshi bo’lganligi sababli, nirvanaga erishish yulini tanlagan kishidan albatta tarki dunyo qilishni, hayot quvonchlaridan voz kechib, dunyo kezib yurishni talab qilmaydi. Tarkidunyolikni tanlagan odamlar odatda ibodatxona jamoalari - sangaga birlashib yashaydilar.
Buddaviylikda ibodatxonalar (hindularda samgalar deb ataladi) ruhoniylarning ierarxiya prinsipi asosida tashkil etilmagan Yagona tashkiloti va buddaviylikni tashviqot qiluvchi markazi bo’lib qolgan. Ibodatxonalarda jamoa a’zolaridan shaxsiy gigienaga amal qilishlari bilan birga, yashaydigan joylarining toza bo’lishi ham talab qilingan. Erkaklar sangalari bilan birga, ayollar sangalari ham tashkil etilgan. Ayollar sangalari kam sonli bo’lib, asosan aholi punktlariga Yaqin joylarda qurilgan. Bu erdagi diniy marosimlarni unga Yaqin turgan erkaklar sangalarining ruhoniylari bajarganlar.
Talabalarga buddaviylik dinidagi asosiy maqsad sansara zanjirini uzish va nirvanaga erishish ekanligini ta’kidlab o’tish joizdir. Buddizm nirvanasi ta’riflarining ichida ingliz olimi Ris Devidning bergan ta’rifi diqqatga sazovardir: “Nirvana – bu bilimimiz doirasidagi sabab-oqibat dxarmasi oqimi to’xtab, ruhning nomunosib va ezgu bo’lmagan amallardan xoli bo’lgan holati”.7 Nirvana insonning barcha turmush tashvishlaridan xoli bo’lgan, istagi ham, tuyg’u- ehtiroslari ham yo’q bo’lgan mutloq osoyishtalik holatidir yoki ruhning oliy holati. Nirvanaga erishgan odam sansara kishanlaridan butunlay ozod bo’ladi. “Tiriklik azob-uqubatlaridan qutilish buddizmning kvitessensiyasi – mag’zidan iborat”.8
Buddizm ta’limotining e’tiborga loyiq taraflaridan yana biri insonlarning azoblari, iztiroblariga sabab nafs va nodonlik balosi. Dunyodagi barcha baxtsizliklarga insonning o’zi sababchi. “Goutam vahiyga nozil bo’lgan vaqtida, hayot atalmish hayotning iztiroblarning hissiyotdan boshlanganligi ayon bo’lgan. Binobarin, hissiyotdan hayotga chanqoqlik, chanqoqlikdan mehr qo’yish, mehr qo’yishdan borliqning yaralishi, borliqdan tug’ilish, tug’ilishdan ehtiros, ehtirosdan





7 Введение в буддизм. Санкт-Петербург.1999 - С. 143.
8 Накорчевский А. Синто. Санк-Петербург. 2002 - С. 310.
umid, umiddan baxtsizlik, baxtsizlikdan xo’rlik, xo’rlikdan nochorlik va nochorlikdan iztiroblar kelib chiqqan”.9
Talabalarga dastlab buddaviylikning sig’inish ob’ekti xudolar emas, balki “qalb ko’zi ochilgan” va borliq haqidagi haqiqatni bilishga musharraf bo’lgan kishilar ramzida ifodalanganligini ta’kidlab o’tish darkor. Eramizning I-asrlaridan boshlab esa Buddaning tasviri tosh butlarda mujassam topib, xudo sifatida sajda qilingan. Ta’limotning yana bir e’tiborli joyi, ruh haqidagi mulohazalar. Buddaning ta’kidlashicha: “Ruh oddiy odam va o’zga din namoyandalari biladigan ma’noda mavjud emas”.10 Ayni shu o’rinda Qur’onu Karimdan quyidagi oyatni keltirsak: “(Ey, Muhammad), sizdan jon-ruh haqida so’raydilar. Ayting: “Ruh yolg’iz Parvardigorim biladigan ishlardandir”. Sizlarga juda oz ilm berilgandir”(1. “Al-isro” surasining 85-oyati).11
Ibodatxonalarda ruhoniylar diniy marosimlarni bajarish bilan birga, diniy ma’lumot olganlar, muqaddas yozuvlar matnini ko’chirganlar va boyitib borganlar. Ularning sa’y-harakatlari bilan milodiy I asrning boshlarida buddaviylikning_muqaddas kitobi «Tripitaka» (sanskrit tilida – uch savat degan ma’noni anglatadi) yozib tugallangan.




Download 321,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish