Mavzu bo’yicha savollar:
Zardushtning vatani qaer?
Zardushtiylik qanday davrda yuzaga keldi?
Zardushtiylikning muqaddas kitobi nima?
Hozirgi paytda zardushtiylik diniga e’tiqod qiluvchilar qaerlarda mavjud?
Zardushtiylik ta’limoti asoslari nimalardan tashkil topgan?
Zardushtiylik amaliyoti nimalardan iborat?
Zartushtiylikda dafn marosimlari qanday?
MAVZU BUDDAVIYLIK DINI REJA:
Buddaviylik dinining vujudga kelishi.
Buddaviylik ta’limotining mohiyati.
6 Мэри Бойс. Зороастрийцы. Верование и обычаи. М., 1988, С4.
Markaziy Osiyoda buddaviylikning tarqalishi.
Tayanch so’z va iboralar: din, diniy e’tiqod, budda, jaynizm, braxmanizm, sansara, draxma, nirvana, karma, “Tripitaka”, hinayana, mahayana, kasta, nurlangan, bodxisatva, sanga.
Ma’lumki, har bir Yangi dinning vujudga kelishi din nuqtai-nazaridan ilohiy sabablar, dunyoviy, ilmiy nuqtai-nazardan esa ma’lum bir ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sabablar zamirida talqin etiladi. Talabalarga mana shu sabablarni har birini aniq tushuntirib berish kerak. Ushbu mavzu bo’yicha ma’lumotlarni N.F.Nizomiddinovning “Janubi-Sharqiy Osiyo diniy-falsafiy ta’limotlari” kitobining (2006 yilda chop etilgan) 58-75 betlarida, A.V.Norbekovning “Dinshunoslik asoslari” o’quv qo’llanmasining (2008 yilda chop etilgan) 90-102 betlarida topish mumkin.
Buddaviylik dini (sanskrit tilida buddha – osoyishtalikka va buyuk haqiqitga erishgan, “ilohiy ilm” nuridan munavvarlik ma’nolarini bildiradi) jahon dinlarining ichida eng qadimiysi bo’lib, jahon sivilizatsiyasining qadimgi markazlaridan biri bo’lgan Hindistonda miloddan avvalgi VI asrda yuzaga kelgan. Yangi dinning vujudga kelishi turli sabablar bilan bog’liq bo’lgan. Miloddan avvalgi VI asrda o’nlab knyazliklarga bo’linib ketgan Hindistonda, urug’-qabilachilik aloqalari va tartiblarining yemirilishi natijasida, davlat hokimiyatini markazlashtirishga harakatlar kuchaygan. Hindiston jamiyatini kastalar(portugal tilida casta – irq, urug’, tabaqa)ga bo’linib ketishiga sababchi bo’lgan braxmanizm bunday jarayonlarni rag’batlantirmagan. Kastachilikni muqaddaslashtirish bilan birga, diniy ta’limot, oliy haqiqat faqat hukmron braxmanlar uchun deb ta’kidlovchi braxmanizm jamiyatdagi Yangilanishga to’siq bo’lmoqda edi. Shu bois bir-biridan sun’iy ravishda ajratib tashlangan kastalarni umumiy maqsad atrofida birlashtirishga turtki beruvchi mafkuraga zarurat tug’ilgan.
Talabalarga kastalar haqida kengroq ma’lumot berilsa maqsadga muvoffiq bo’ladi. Yuqorida aytib o’tilganidek, kasta so’zi irq, qavm, tabaqa ma’nolarini beradi va muayyan kasb bilan shug’ullanadigan, o’ziga xos turmush tarzi, urf- odatlari, an’analari, tartib-qoidalari va h.k. bilan o’zgalardan ajratilgan va alohida yashaydigan ijtimoiy guruhni bildiradi. Kastaga mansublik nasl-nasabga qarab belgilangan. Hindistonda kastalar varna deb ataladi. Nikohda ham kuyov yoki kelin faqat shu guruh ichidan tanlangan. Kasb, huquq va majburiyatlar meros qoldirilgan. Kasta sistemasi pog’onadorlik – ierarxiya tartibida, kastalarning muqarrar tengsizligi, “oliy” va “past” tabaqalarga bo’linish asosida qurilgan bo’lib, shu nuqtai nazardan quyi kastaga mansub odamlar “xor” va “xazar qilinadiganlar” deb hisoblangan. Umuman, kastalarning kelib chiqishi etnik guruhlarning o’zaro aloqa jarayonlari taraqqiyoti bilan, ijtimoiy mehnat taqsimotining kelib chiqishi bilan, sinfiy jamiyat tarkib topishi jarayonlari bilan bog’liq. Braxmanizm va hinduizm dinlari kastachilikni muqaddaslashtirgan.
Hindiston jamiyati quyidagi kastalar bo’lingan edi:
Braxmanlar – ruhoniylar, oliy kasta.
Kshatriylar – xarbiylar.
Vayshiylar – xunarmandlar.
Shudralar – jismoniy mehnat bilan shug’ullanuvchi eng quyi kasta.
Do'stlaringiz bilan baham: |